Tailanddagi g'orda yosh futbolchilar qamalib qolgan. Ular yaqinlariga xat yozishdi
07 iyu 2018 16:39
Yangiliklar
Tailanddagi g'orda yosh futbolchilar qamalib qolgan. Ular yaqinlariga xat yozishdi
Tailanddagi Txam Luang g'orida yoshlar futbol jamoasining 12 nafar futbolchisi qamalib qolishgan.
23 iyun kuni yo'qolib qolib, 10 kundan so'ng Txam Luang g'orida topilgan bolalar yaqinlariga xat yozishdi.
"G'orni tark etganimizda, ko'p shirin ovqatlar tanovul qilishni istaymiz. Hurmatli o'qituvchilar, iltimos, hozircha ko'p uy ishi bermang" - deyiladi xatda.
Yosh futbolchilar murabbiyi ham ota-onalarga xat yozdi.
"Bizni qo'llab-quvvatlayotganingiz uchun raxmat. Bolalar sizdan beso'roq g'orga ketgani uchun hamma ota-onalardan meni kechirishlarini so'rayman" - deb yozdi murabbiy.
Maxsus xizmat vakillari futbolchi va murabbiylarni qutqarish operaciyasiga tayyorgarlik ko'rishmoqda. Oldinroq, g'orda kislorod tugayotgani haqida xabar berishgan edi.
O’xshash yangiliklar
19:25
Futzal bo'yicha JCH. Franciya Tailandni mag'lub etdi. Jahon chempionatida osiyolik jamoalar qolmadi 253
Fikrlar