So’nggi yangiliklar

09:10"Барселона" етакчиси жароҳат олди  0 08:37Бугун ёшларимиз Аргентинага қарши иккинчи учрашувини ўтказади  1 08:03Вадим Абрамов: «Нотўғри ўйнадик, кетма-кет икки ўйинда ҳам одатдаги ўйинимизни кўрсата олмаганимиз мени кўпроқ безовта қилади»  0 07:29Теннис афсонаси "Реал Мадрид" президенти бўлмоқчи  1 01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  3 01:42Миллатлар лигаси. Испания, Португалия, Сербия, Руминияда ғалаба, Беларусь ва Шимолий Ирландия нурсиз дуранг ўйнади  10 01:31"Ливерпуль" туркиялик футболчига қизиқмоқда  2 00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  3 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  5 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  13 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  3 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  36 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0

TAHLIL. Superliga jamoalari istefogacha qanday holatda edi va istefodan keyin nima o'zgardi? Yangiliklar

TAHLIL. Superliga jamoalari istefogacha qanday holatda edi va istefodan keyin nima o'zgardi?

Mavsumning ekvatoridan o'tdik. CHempionat va kubok bahslari avj pallasida.

Barcha jamoalar o'z maqsadi yo'lida kurashmoqda. Natijasi ko'ngildagidek bo'lmagan klublar esa murabbiylarga birin-ketin katta ko'chani ko'rsatishayotgani bor gap. Keling bir tahlil qilib ko'rsak, ushbu istefolargacha jamoa qanday natija qayd etayotgan ediyu, istefodan keyin nima o'zgardi? Quyida batafsil mulohaza yuritishga harakat qilaman.


"Paxtakor"

Birinchi davradan so'ng Slavche Voyneskiga javob bergan "Paxtakor" uning boshchiligida birinchi davraning 12ta uchrashuvida 6ta g'alaba, 5ta durang, 1ta mag'lubiyat qayd etgan holda 23 ochko to'pladi, to'plar nisbati 16-7. Turnir jadvalida 3-o'rin. Mazkur natijalar ichiga Superkubokda "Nasaf" bilan bahsda qo'lga kiritilgan g'alabani ham qo'shamiz. Ikkinchi davradan boshlab esa jamoani Maksim SHackix maydonga boshlab tushdi. Uning qo'l ostida jamoa Superligada 5ta bahsda 2ta g'alaba, 3ta durang 9 ochko to'plashga erishdi. To'plar nisbati 9-6. Turnir jadvalida 3-o'rin. Ko'rinib turibdiki, natijalarda katta farq kuzatilmadi.



"Bunyodkor"

Bu erda vaziyat boshqacha. "Bunyodkor" SHuhrat Maqsudovga 8-turda "Metallurg" (1:1) bilan o'yindan so'ng chiqish eshiklarini ko'rsatishga qaror qilgandi. Raqamlarga qaraymiz: jamoa Maqsudov boshqaruvida 8ta uchrashuvda 3ta g'alaba, 2ta durang 3ta mag'lubiyat, O'zbekiston kubogida 2ta g'alaba, 1ta durang 7 ochko qayd etib navbatdagi bosqichga yo'llanma oldi. Superligada 11 ochko ishladi. Bu paytda jamoa turnir jadvalida 7-o'rinni egallab turgandi. Maqsudovdan keyin murabbiylik postini qabul qilib olgan Karpenkoning natijalariga razm solsak, Superligada 9ta uchrashuv, 2ta g'alaba, 3ta durang, 4ta mag'lubiyat 9 ochko + O'zbekiston kubogi nimchorak finalida "Lokomotiv"dan mag'lubiyat. Turnir jadvalida 9-o'rin. Odatda jamoalar vaziyat va natija yaxshilanishi uchun murabbiyni o'zgartiradi. "Bunyodkor"da aksi kuzatilyapti. Taqqoslab olavering.



"Lokomotiv"

Poytaxtning uchinchi klubidagi murabbiylar o'zgarishi qanchalik naf keltiradi buni bir nechta o'yindan so'ng bilib olamiz. Fakt shuki, "Lokomotiv" Denis Korostichenkoga 16-turda imkoniyat berdi. Klub mazkur bahslarda 5ta g'alaba, 2ta durang, 9ta mag'lubiyat qayd etdi. Korostichenko davrida jamoa turnir jadvalida 10-o'ringa joylashgandi. Server Jeparov endigina 2ta bahs o'tkazdi va ikkisi ham bir raqib "Nasaf"ga qarshi. Bu o'yinlar uning murabbiylik salohiyatiga baho berish uchun etarli emas. 



"Neftchi"

Birinchi davradagi qoniqarsiz natijalar "Neftchi"ni quyiga sho'ng'ishiga olib keldi. Natijada Ilhom Mo'minjonov ketib, o'rniga Vitaliy Levchenko tayinlandi. Mo'minjonovning statistikasi: 13ta o'yin, 2ta g'alaba, 5ta durang va 6ta mag'ulbiyat, 13-o'rin. Hozircha Levchenko qandaydir tub o'zgarish qildi, deyish qiyin. Boisi endi 3ta uchrashuv o'tdi (1ta zaxira o'yini bor), 1tadan g'alaba, durang va mag'lubiyat. So'nggi uchrashuvda "Qizilqum" ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba hisobiga farg'onaliklar 12-pog'onaga ko'tarildi. 



"Qo'qon-1912"

2020 yildan beri Baxtiyor Ashurmatov bilan ishlab kelayotgan "Qo'qon-1912" endilikda Davron Fayzievga ishonch bildirmoqda. Birinchi davradan so'ng 3ta g'alaba, 3ta durang va 7ta mag'lubiyat bilan 12 ochko jamg'argan qo'qonliklar ikkinchi davrani ketma-ket 4ta durang bilan boshlashdi. Ushbu ochkolar  jamoaga 1 pog'ona yuqorilash imkonini berdi. 



"Dinamo"


Samarqand klubida ham murabbiylarning o'zgarishi natijalarga ijobiy tasir qilayotgani yo'q. Rogan boshqaruvida jamoa 9ta turda 6 ochko ishladi va 14-o'rinda ketayotgandi. Undan keyingi murabbiy Andrey SHipilov vaziyatni o'nglay olgani yo'q, 5ta o'yin, 1ta durang va 4ta mag'lubiyat. Jamoani qutqarib qolish missiyasini Vadim Abramov davom ettirishga kirishdi. Hozircha "Dinamo" ushbu murabbiy boshchiligida o'tkazgan 3ta uchrashuvning barchasida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.


Bu albatta ayni paytgacha bo'lgan jarayon va to'liq xulosa emas! O'z jamoalarida yaqinda ish boshlagan murabbiylarga omad tilab qolaman. Mavsum oxirida esa mazkur mavzuga yana qaytaman. Salomat bo'ling.  

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика