So’nggi yangiliklar

15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  0 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  0 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  4 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  2 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  3 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  2 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  3 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  12 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  11 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  1 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  3

Tahlil. Pro liga yoqasidagi jamoalarning bugungi kundagi vaziyati qanday? Yangiliklar

Tahlil. Pro liga yoqasidagi jamoalarning bugungi kundagi vaziyati qanday?

Mavsum poyoniga etib borayotgan sari jamoalarning qaysi o'rinni egallashi, chempionlik va tushib ketadigan jamoalar bo'lib boradi.

Lekin bizning Superligada intriga hali so'ngani yo'q. Turdan-turga vaziyatini og'irlashtirayotgan "Turon" kechagi g'alabasidan so'ng umid uqunlari yana qayta uyg'ondi. "Olimpik" ham hali kafolatlamagan, lekin imkoniyatlari nisbatan yaxshiroq. Timur Kapadze jamoasi ayni paytda 22 ochko bilan 11-o'rinni egallab turibdi. Oldinda ularni yana 5ta uchrashuv kutmoqda. 

"Olimpik"

24-tur. "Neftchi" - "Olimpik"

19-tur. "Buxoro" - "Olimpik"

21-tur. "Surxon" - "Olimpik"

25-tur. "Olimpik" - "Navbahor"

26-tur. "Metallurg" - "Olimpik"

"Qizilqum"

"Qizilqum" so'nggi o'yinlarda ketma-ket ochkolarni qo'lga kiritayotgan edi. Lekin kechagi durang aslo qoniqtirmasligi aniq edi. Bordi-yu, kecha 3 ochko qo'lga kiritgan taqdirda "Olimpik"ka etib olardi. Unutmaslik kerakki, "Olimpik" "Qizilqum"ga nisbatan 2ta ko'p o'yinda maydonga tushadi. Navoiyliklarni oldinda 3ta o'yini qoldi. Uchta sinovning bari vodiy klublariga qarshi. 

24-tur. "Qizilqum" - "Andijon"

25-tur. "Neftchi" - "Qizilqum" 

26-tur. "Qizilqum" - "Turon"

"Turon"

"Turon" uchun "So'g'diyona" ustidan qo'lga kiritilgan g'alabaning qiymati o'ta yuqori bo'lishi mumkin. Ayni paytga kelib Yaypanliklar bir pog'ona yuqoridagi "Qizilqum"dan 3 ochkoga ortda qolyapti va zaxirasida 1ta o'yini bor. So'nggi turda ikki qo'shnilar Navoiyda uchrashishadi. Katta ehtimol bilan mana shu bahs ko'p narsani hal qilib berishi kerak. 

24-tur. OKMK - "Turon"

19-tur. "Turon" - "Neftchi"

25-tur. "Turon" - "Andijon"

26-tur. "Qizilqum" - "Turon"

"Buxoro"

Ulug'bek Bakaev jamoasi endi qanday bo'lmasin ertaga "Paxtakor" bilan kamida 1 ochko qo'lga kiritishi shart. Raqib chempionlik uchun kurashayotganini va darajasini hisobga olsak, "Buxoro"ga mo'jiza yordamga kelishi kerak bo'ladi.

23-tur. "Buxoro" - "Paxtakor"

24-tur. "So'g'diyona" - "Buxoro" 

19-tur. "Buxoro" - "Olimpik"

25-tur. "Buxoro" - OKMK 

26-tur. "Andijon" - "Buxoro"

Ochkolar teng kelib qolgan taqdirda o'zaro o'yinlar faktori birinchi darajaga chiqadi. Bu boradagi vaziyatni ko'rib chiqamiz. 

"Olimpik"

"Qizilqum" bilan 0:0, 1:0 (4 ochko)

"Turon" bilan 1:0, 2:0 (6 ochko)

"Buxoro" bilan 3 ochko (javob uchrashuvi bor) 

"Qizilqum"

"Olimpik" bilan  0:0, 0:1 (1 ochko)

"Turon" bilan 0:0 (javob uchrashuvi bor)

"Buxoro" bilan 1:0, 0:1 (teng)

"Turon"

"Qizilqum" bilan 0:0 (javob uchrashuvi bor)

"Olimpik" bilan 0:1, 0:2  

"Buxoro" bilan 1:2, 3:2  (teng)

Tushuntirish. Reglamentga yuzlanamiz 

8.3. Ikki va undan ortiq qatnashchi to'plagan ochkolari teng bo'lib qolsa, ularning o'rni quyidagi ketma-ketlik bo'yicha aniqlanadi. 

- O'zaro uchrashuv (lar) natijasiga ko'ra;

- O'zaro uchrashuvlarda olingan ochkolar natijasiga ko'ra;

- O'zaro uchrashuvlarda urilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqiga ko'ra;

- Barcha uchrashuvlarda urilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqiga ko'ra;

- Barcha uchrashuvlarda urilgan to'plar soniga ko'ra;

- Barcha uchrashuvlarda raqib maydonida urilgan to'plar soniga ko'ra;

- Barcha uchrashuvlarda erishilgan g'alabalar soniga ko'ra;

- Barcha uchrashuvlarda uchralgan mag'lubiyatlar sonining aks tasiriga ko'ra;

- Barcha uchrashuvlarda safar o'yinlarida erishilgan g'alabalar soniga ko'ra;

- Barcha uchrashuvlarda uy o'yinlarida uchralgan mag'lubiyatlar sonining aks tasiriga ko'ra;

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика