So’nggi yangiliklar

20:54Рио Фердинанд: "Руни – АПЛ тарихидаги энг мукаммал ҳужумчи. Йиртқични Кейн, Ширер ёки бошқалар билан солиштирманг"  0 20:12Фарҳод Нишонов: "Бу ерда футбол ўйнаш жуда қийин бўляпти"  2 19:59ФИФА ЖЧ-2030ни 64 жамоагача кенгайтиришни режалаштирмаяпти  5 19:29"Рома"нинг 100 дан ортиқ қуролланган мухлислари Ниццада қўлга олинди  0 18:58"Ливерпуль" 35 млн. еврога сотиб олган ҳимоячи бу йил бошқа майдонга туша олмайди  0 18:36Футзал. Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси баҳси учун таркиблар маълум бўлди  21 18:25Пролига. "Жайхун" - "Олимпик-Mobiuz" 3:2  2 17:51ФИФАда ЖЧ-2030ни 64 та жамоагача кенгайтириш масаласи кўриб чиқилди  13 17:28Жиру Дембеле ҳақида: "Терма жамоада у "Олтин тўп" эгаси бўлиши мумкин деб ўйламаганман"  0 16:00Миржалол Қосимов ҳеч қачон "Андижон"га ютқазмаган   16 14:54"Сўғдиёна" билан ўйиндан олдин "Нефтчи"да битта йўқотиш  3 14:40"Навбаҳор"га 3 та гол урган "Бухоро" футболчиси кейинги турда майдонга тушмайди  4 14:28"Қизилқум" – "Насаф" ўйинида пенальти белгиланиши керакмиди? Суперлиганинг 22-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  28 14:22Гвардиола "Арсенал"га қарши ўйин ҳақида: "Фаолиятимда ҳеч қачон бунчалик узоқ ҳимояланмаганмиз"  6 13:31Гол уриб, қизил карточка олган Экитике кечирим сўради  2

Suriya U-20 bosh murabbiyi: "Tan olish kerak, O'zbekiston g'alabaga loyiq edi" Yangiliklar

Suriya U-20 bosh murabbiyi: "Tan olish kerak, O'zbekiston g'alabaga loyiq edi"

U-20 Osiyo kubogi doirasida O'zbekistonga qarshi bahsdan keyin Suriya U-20 termasi murabbiyi Mark Votte uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Yakunlangan o'yin haqida fikringiz?

- Tan olish kerak, O'zbekiston g'alabaga loyiq edi. Raqib jismonan juda kuchli bo'lgan ajoyib jamoa ekan. O'zbekiston safida 3-4 nafar fantastik darajada kuchli o'yinchilar bor ekan. O'yin davomida bizda ham 3-4 ta ajoyib vaziyatlar bo'ldi. Biroq faqatgina omad kelmaganligi evaziga bu vaziyatdan gol ura olmadik. Jamoamga alohida rahmat deb qolaman. Ular oxirgi 10 daqiqada juda ajoyib futbol kursatishdi. Vaziyatni o'nglashga urinishdi. O'zbekiston esa kurashuvchanlik ruhiga ega bo'lgan terma jamoa ekan. Bugun ular kuchliroq edi. 

- Ikki gol ham standard vaziyatlardan kiritildi. Bu jihatdan Suriya termasida muammo bor deb o'ylaysizmi?

- Bilasizmi, birinchi jarima zarbasi shunchaki fantastik tarzda amalga oshirildi. Men bu borada kimnidir ayblay olmayman. Darvozabon ham to'pni qaytarishga urindi, ammo buni iloji bo'lmadi. 14-raqamli o'yinchining zarbasi shunchaki ideal edi. Ikkinchi golda esa himoyachi to'pni maydondan chiqarib yuborishga urindi. Bu vaziyatda ham uni ayblab bo'lmaydi. SHuni takidlab o'tishim joizki, O'zbekiston safida 4-5 nafar super darajagi futbolchilar harakat qilishdi. Birinchi goldagi jarima zarbasi esa mukammal tarzda ijro qilindi. 

- Musobaqaning ochilish o'yinida mezbon terma jamoaga qarshi harakat qildingiz. SHu nuqtai nazardan qaralsa, keyingi ikki o'yin osonroq kechishini kutyapsizmi?

- Albatta, bugungi o'yindagi atmosfera shunchaki dahshat bo'ldi. Buning uchun barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Bunday muhitda o'ynash biz uchun juda zo'r tajriba bo'ldi. SHogirdlarim birinchi marta to'la stadionda futbol o'ynashmoqda. Bundan ular ham juda xursand bo'lishdi. Keyingi ikki o'yinda esa bor kuchimizni ko'rsatib, pley-off bosqichiga chiqishga harakat qilamiz. Bugun ham zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar juda yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Endi esa biz Indoneziyaga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.

- Muxlislar bilan to'lgan stadionda o'ynash jamoangiz o'yiniga salbiy tasir ko'rsatdi deb o'ylaysizmi?

- Menimcha, o'yinchilarim bunday to'la stadionda futbol o'ynashdan juda xursand bo'lishdi. Bu jihat aksincha jamoamga yaxshi tasir qildi. Aksariyat futbolchilarim o'z darajalaridagi o'yinni ko'rsatishdi va yaxshi harakat qilishdi. Bazida shunchaki omad kelmaydi. Yana takrorlayman, jarima zarbasi shunchaki zargarona amalga oshirildi. Ikkinchi gol esa xato sabab yuzaga keldi. Bugungi o'yinlari uchun futbolchilarimni ayblay olmayman. Aksincha, ularga minnatdorchilik bildiraman.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика