So’nggi yangiliklar

17:05Неймар Бразилиянинг 2025 йилги сўнгги ўртоқлик ўйинларига чақирилмади  0 16:38Футбол агенти футболчини қурол билан қўрқитди  0 16:10"Локомотив" U-14 Туркиядаги халқаро турнирда чемпион бўлди  1 16:02Ўткир Юсупов тикланиш жараёнини Тошкентда давом эттирмоқда  2 15:49​"Фиорентина" бош мураббийи истеъфога чиқарилди  0 15:24Хаби Алонсо "Ливерпул"га қарши ўйин олдидан дадил баёнот берди  6 14:58Артета футбол ташкилотларидан "Арсенал" футболчиларини ҳурмат қилишни талаб қилди  4 14:33"Насаф" "Ал Ваҳда"га имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 14:09Игорь Сергеев: "Агар сиз ўзингизни ўйлаб ўйнасангиз, ҳеч нарса ўхшамайди"  4 13:48Ўзбекистонлик ҳакамлар U-17 Жаҳон чемпионатида Англия ва Франция иштирокидаги ўйинларда ишлайди  2 13:25U-17 Жаҳон чемпионати. Парагвай – Ўзбекистон учрашувида ишлайдиган ҳакамлар маълум  3 13:02Суперлига сўнгги тури ва плей-офф саналарига ойдинлик киритилди  9 12:42Голларга бой ўтган "Пахтакор" – "Бунёдкор" тўқнашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 12:18Суперлига. 28-тур учрашувларини бошқариб борувчи ҳакамлар эълон қилинди  5 11:50Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ 10 ноябрь куни сафарга отланади  17

Superliganing 23-turida hakamlar qabul qilgan bahsli qarorlar tahlili. Rossiyalik mutaxassisimizdan navbatdagi tekshiruv Yangiliklar

Superliganing 23-turida hakamlar qabul qilgan bahsli qarorlar tahlili. Rossiyalik mutaxassisimizdan navbatdagi tekshiruv

Hakamlik bo'yicha ekspertimiz, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!") Superliganing 23-tur uchrashuvlarida hakamlar qabul qilgan bahsli qarorlarning tahlilini tayyorladi.

"Paxtakor" – "Lokomotiv" (VIDEO)

"Paxtakor" futbolchisi hujumdagi ehtiyotsizlik tufayli qoidabuzarlik amalga oshirdi. U sodir etgan qo'pollikda qo'rs harakat qilish, tezlik ham yo'q, shunchaki yarim himoyachi ehtiyotsizlik bilan, qolaversa, biroz kechikib kurashga kirdi. Sariq kartochka, katta ehtimol bilan, sportchiga xos bo'lmagan xatti-harakatlari uchun ko'rsatilgan, chunki qoidabuzarlikdan keyin o'yinchi hakamlarning qaroriga noroziligini ko'rsatdi. Bu holat uchun bitta sariq kartochka etarli. Hakam to'g'ri qaror qabul qildi.


"Surxon" – "Qizilqum" (VIDEO)

Ushbu vaziyatni ikkita qismga ajratish mumkin: birinchisi ikki o'yinchi o'rtasidagi kurash bo'lsa, keyingisi himoyachining to'pni qo'l bilan o'ynash jarayoni (ikkinchi rakursdan namoyish etilgan sekinlashtirilgan takroriy vaziyatda to'p qo'lga qanday tekkanini ko'rishingiz mumkin).

Birinchidan, o'zaro yakkama-yakka kurashga qoidabuzarlik sifatida qaralmaslik kerak. Ikkala o'yinchi qo'llari va tanasi bilan bir-birini turtmasdan, poziciya uchun deyarli muvozanatni saqlagan holda kurash olib bordi. Ikkinchidan, himoyachi poziciya uchun kurashda yutqazdi, shu bois u ko'ngilsiz holatga tushib qoldi, ikkala qo'lini yon tomonga tashladi, go'yoki o'zini orqadan turtilayotganday ko'rsatishga harakat qildi. SHunday bo'lsa-da, to'p tanadan yonga yoyilgan o'ng qo'lga tegdi. Qaror: sankciyasiz 11 metrlik jarima zarbasi. Hakam haq edi.


"Nasaf" – "Bunyodkor" (VIDEO)

Bu vaziyatda o'yindan tashqari holat mavjud emas, chunki jarima zarbasidan to'p etkazib berilganda gol urgan hujumchining poziciyasi hisobga olinishi kerak. Bu vaziyatda barcha hujumkor o'yinchilar to'g'ri holatda joylashgan. Keyin to'p himoyachi tarafga keladi, shundan so'ng to'pni gol urgan o'yinchi qabul qilib oladi. Agarda bu uzatmani himoyachi tomonidan amalga oshirilmagan, balki rikoshet orqali deya hisoblasak ham, baribir, barcha hujum qilayotgan o'yinchilar dastlab to'g'ri poziciyada joylashgandi. Gol to'g'ri kiritildi.



"Navbahor" – "Olimpik" (VIDEO)

Takroriy lavhalarning hech biri hujum qilayotgan o'yinchining raqibini turtib yuborgan yoki ushlab qolganiga asos bo'la olmaydi. Hujumchi yuqoriga sakrab, qo'llarini himoyachi tomon harakatlantirmasdan, to'p uchun kurashdi va gol uradi. Menimcha, golni hisoblash kerak, chunki bu kurashning ruxsat etilgan darajasi sanaladi. Qo'llarning raqibning orqa qismi yoki elkasida bo'lishi bu qoidalarni buzish degani emas. Ushbu epizodda hakamlar buni to'g'ri fahmlashdi.


"Qo'qon-1912" – "So'g'diyona" (VIDEO)

Hujum qilayotgan o'yinchi to'p uchun kurashda g'alaba qozonadi va boshi bilan darvoza tomon zarba berdi. Keyin esa to'p qo'lini yon tomonga cho'zib, tana qismining maydonini oshirgan himoyachining qo'liga tegdi. Bu holat qoida buzilishi sanaladi. Penalti belgilanishi va sariq kartochka ko'rsatilishi lozim. Hakamlar to'g'ri qaror qabul qilishdi.



AGMK – "Dinamo" (VIDEO)

Bir necha soniya farq oralig'idagi ikkita epizodni o'z ichiga olgan baholash qiyin bo'lgan qiyin vaziyat hisoblanadi.

Birinchi vaziyatda himoyachi hujumchiga tik holatda ro'baro' keladi. Himoyachi bu tarzda harakat qilib katta tavakkal qiladi, biroq u bir vaqtning o'zida to'p uchun o'ynaydi, so'ngra inerciya holati tufayli hujumchi bilan to'qnashuv sodir bo'ladi. Epizodni baholash uchun yaxshiroq takroriy vaziyat namoyish etilmagan, ehtimol bu holatda to'p uchun harakat yo'qdek va dastlab hujumchiga nisbatan kontakt bo'lgandek go'yo. Ammo takroriy vaziyatlarga qarab, qulay poziciyada joylashgan va to'qnashuv tafsilotlarini bevosita kuzatib, uni baholashga harakat qilgan hakamning qaroriga ishonmaslik uchun hech qanday asos yo'q.

Ikkinchi holat ham bahsli: himoyachining tizzasi bukilgan holatda oyoq bilan harakatga kirishdi. Biroq to'qnashuv vaqtida hujumchi himoyachi bilan to'qnashib, biroz orqaga tisarilgandek ko'ringan. Bu erda men ham hakamning o'yinni davom ettirish qarorini qo'llab-quvvatlayman.


AGMK – "Dinamo" (VIDEO)

Yana bir qiyin epizod. To'g'ridan yoki boshqa tomondan yaxshi rakurs namoyish etilmagan. Biroq oxirgi rakursga qarab, o'yinchi to'pni qisman elkasining yuqori qismi bilan o'ynaganini anglash mumkin. Hakamning qarorini tasdiqlash uchun o'yin qoidalarining matni va rasmiga nazar solishimiz mumkin (98-99-betlar), bu erda qo'l chegarasi aniq ko'rsatilgan. SHuningdek, unda shunday yozilgan: "To'pni qo'l bilan o'ynash chegarasi qo'ltiqosti qismi sanaladi". Ushbu epizodda o'yinchi to'pga bu chegaradan yuqoriroq tana qismi bilan tekkan. To'g'ri echim o'yinni davom ettirish hisoblanadi. Hakamlar to'g'ri qaror qabul qilishdi.


SHu tariqa, hakamlar ettita epizodning barchasida to'g'ri qaror qabul qilishdi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика