So’nggi yangiliklar

02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  7 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  1 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  4 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0

Superligada hal qiluvchi palla yoxud chempion kim va "Dinamo"ning ortidan qaysi jamoa Pro ligaga yo'l oladi? Yangiliklar

Superligada hal qiluvchi palla yoxud chempion kim va "Dinamo"ning ortidan qaysi jamoa Pro ligaga yo'l oladi?

"Nasaf"ning kubokda g'olib chiqishi, "Navbahor"ning mag'lub bo'lgani va final atrofidagi voqealarga haddan ziyod ko'p to'xtaldik.

Etar. Kubok o'z egasini topdi. Buyog'da hali echimini topmagan masalalar talaygina. 


SUPERLIGA. KIM CHEMPION?


Yaqin yillarda chempionlik uchun bunchalik raqobat kechganin ko'rmaganman. Bu yil kim chempion bo'lsa ham katta farq kuzatilmaydi. Qiziqarli-a! Ko'pchilik o'ylashi mumkin, bunday intriga avval bo'lmagan, deb o'ylashi mumkin. Quyida 2013 yilgi O'zbekiston Superligasining jadvali. Intriga qaytdi. Buni sog'inganmidingiz?


Xo'sh, bu yilgi "uloq"ni kim oladi? Ayni paytda chempionlik uchun kurashayotgan 3ta jamoaning holatiga va keyingi uchrashuvlariga qaraymiz. 

"Nasaf" 46 ochko 

03.11.2022. "Dinamo" (uyda)

07.11.2022. "Neftchi" (uyda)

11.11.2022. "Olimpik" (safarda)


"Paxtakor" 45 ochko

02.11.2022. "So'g'diyona" (uyda)

07.11.2022. "Qizilqum" (uyda)

11.11.2022. "Bunyodkor" (safarda)

"Navbahor" 44 ochko

03.11.2022. "Lokomotiv" (safarda) 

07.11.2022. "Metallurg" (safarda)

11.11.2022. AGMK (uyda)

"Paxtakor" va "Nasaf" so'nggi 3ta turdan 2tasida raqiblarni uyda qabul qiladi. "Navbahor" esa safarda, faqat oxirgi o'yinni uyda o'tkazadi. Ochkolar teng kelib qolgan taqdirda birinchi galda o'zaro o'yinlarga qaraladi. Bunda "Nasaf" "Paxtakor"dan 4 ochko olgan, "Navbahor"ga 4 ochko bergan. Agarda Qarshi va Toshkent klublarinig ochkolarida muvozanat yuzaga kelganda ham chempionlik "Nasaf" tomoniga o'tib ketadi. 



"QO'QON-1912"DA UMID UYG'ONDI. "LOKOMOTIV" 11 YILDAN SO'NG...

Bir paytlar chempion bo'lib yurgan, OCHL musobaqalarida qatnashgan "Lokomotiv"ni kim ham shunday holga kelishini o'ylabdi, dersiz. Ammo bunday vaziyat jamoada birinchi marotaba bo'layotgani yo'q. "Lokomotiv"ni Superligada olib qolish missiyasini Korostichenko va Yelichich davom ettiradigan bo'ldi. Server Jeparovga hali vaqtli ekan katta jamoani boshqarish. Lekin klubga juda juda qiyin. Demak 23-turdan so'ng:

"Lokomotiv" 20 ochko, 13-o'rin

03.11.2022. "Navbahor" (uyda)

07.11.2022. "So'g'diyona" (safarda)

11.11.2022. "Metallurg" (uyda)

Toshkent klubi so'nggi bor 2010 yil Superligada 13-o'rinni egalab Pro (Birinchi) ligaga tushib ketgandi. 2011 yil jamoa quyi ligada chempion bo'lib qaytgan va 2012 yil elitani yaxshi o'tkazib bronza medallariga ega chiqqandi. 

23-turda "So'g'diyona"dan ustun kelgan qo'qonliklarda kichik umid uyg'ondi. Ayni paytda 21 ochko bilan 12-o'rinni egallab turishibdi. "Lokomotiv" bilan o'zaro o'yinlarda jamoa 4 ochko qo'lga kiritgan. 

02.11.2022. "Qizilqum" (safarda)

07.11.2022. "Bunyodkor" (uyda)

11.11.2022. "Dinamo" (safarda)

"Neftchi" (10-o'rin) va "Surxon" (11-o'rin) hisobida 26 ochkodan bor. Ular hali elitada qolish masalasini to'liq hal qilishganicha yo'q. Oldindagi 3ta uchrashuvda nima bo'lishini hech kim bilmaydi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика