So’nggi yangiliklar

20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  3 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  12 19:35U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама (Матнли трансляция)  102 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  3 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  2 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  0 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  14 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  6 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  24 15:34Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси ЖЧ йўлланмасини муддатидан олдин ҳал этди!  6 15:18Ўзбекистон U-19 чемпионати — Осиёда йилнинг энг яхши ёшлар лигаси  1

Superliga va Pro liga klublarining yozgi taraddud rejalari. Turkiyadan Tojikistongacha Yangiliklar

Superliga va Pro liga klublarining yozgi taraddud rejalari. Turkiyadan Tojikistongacha

Jamoalar yozgi tanaffusga chiqib ketgani bilan ikkinchi davraga tayyorgarlik haqida allaqachon bosh qotirishni boshlab yuborishgan.

Odatda jamoalarimizni qish faslida xorijda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib borishiga odatlanganmiz. Yozda esa sanoqli klublar moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib Belarus yoki boshqa joyni tanlashadi. Bu yilgi yozgi taradduda Superliga va Pro liga klublari bir necha haftalik mashg'ulotlar, o'rtoqlik uchrashuvlari uchun qo'shni mamlakatdagi maskanlarga yo'l olishadi. 


"Neftchi" - Klub "Ural" bilan o'rtoqlik uchrashuvi doirasida Ekaterinburg shahrida qisqa vaqt bo'ladi. "Ural" bilan dastlabki uchrashuv 6 iyul kuni Farg'onada bo'lsa, 13 iyul kuni Ekaterinburg shahrida davom ettiriladi.



"Andijon" - Birinchi davrani ko'tarinki ruhda o'tkazgan "burgutlar" mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni yanada yaxshi olib borishni maqsad qilishgan. Klub bu borada Tojikiston variantida to'xtaldi. "Qayroqqum" suv ombori sohillarida joylashgan maskanda jamoa azolari 9-20 iyul kunlari yig'in o'tkazishni rejalashtirgan. Xabaringiz bor, FIFA kunlaridagi tanaffusda ham "Andijon" aynan o'sha manzilda mashg'ulotlar, o'rtoqlik uchrashuvlarini olib borgan edi. 


"Olimpik" - O'zbekiston olimpiya terma jamoasining o'zagini tashkil qiluvchi bu klub davralar oralig'ida yaxshi sharoitlarda shug'ullanadi, Kapadze doim shogirdlarini etarlicha qulayliklar yaratilgan joyda o'yinlarga tayyorlashga odatlangan. Klub bu yil iyul oyida Turkiyaning tog' oldi xududlaridan birida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib boradi. Bu borada sanalari hali malum qilinmadi. 

"Dinamo" -  30 iyun kunidan Toshkentda yig'in boshlagan Vadim Abramov shogirdlari poytaxtdagi bir haftalik tayyorgarlik jarayonini 6 iyul kuni yakunlashadi. Ushbu yig'inda «Lokomotiv-BFK»ga qarshi nazorat bahsi o'tkazilishi belgilangan.

Mavsumning ikkinchi qismi oldidan asosiy tayyorgarlik jarayoni esa Qirg'izistonda o'tkazilishi rejalashtirilgan. «Dinamo» jamoasi 10-24 iyul kunlari Issiqko'lda o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishadi. Qo'shni mamlakatdagi ikki haftalik yig'inda nazorat o'yinlari o'tkazilishi, tarkibda o'zgarishlar qilinishi rejalashtirilgan.


"Buxoro" - Superligada jon saqlash yo'lida kurashayotgan "Buxoro" taraddudni Tojikistonda davom ettiradi. Jamoa dastlab Toshkentda yig'iladi va Xo'jand shahriga yo'l oladi. U erda bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi ko'zda tutilgan. 

“Andijon SGS” - Murabbiylar shtabining tayyorgarlik rejasi va taklifiga binoan “Andijon SGS” iyul oyining 5-20 kunlari Tojikiston davlatining Xo'jand shahrida yig'in o'tkazishni maqsad qilgan. 

Mazkur xorij yig'inni tashkil etishdan ko'zlangan maqsad, futbolchilarning funkcional tayyorgarligini yanada kuchaytirish, qolaversa ikkinchi davra oldidan yangi futbolchilarni ko'rikdan o'tkazish.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика