So’nggi yangiliklar

11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  5 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  6 09:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  2 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  5 08:08Гвардиола Чемпионлар лигасида қайси жамоага тўқнаш келишни истамаслигини айтди  11 07:31ЖЧ-2026 Саралаш. Бугун БААга қарши майдонга тушамиз  23 06:01Ёрқин Назаров: "БАА ақлли жамоа, ғалаба қозонмаслик мундиал вазифасини қийинлаштиради"  8 01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  2 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  3 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  6 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  1 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  3 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  5

Superliga. "Turon" 2 oydan keyin ochko ishladi, "Paxtakor" 20 yildan beri... Yangiliklar

Superliga. "Turon" 2 oydan keyin ochko ishladi, "Paxtakor" 20 yildan beri...

22-turning 2-kungi o'yinlari nihoyasiga etdi.

"Paxtakor" 4:2 "Qizilqum", 588 muxlis

"Turon" 1:1 "Surxon", 5 127 muxlis

"So'g'diyona" 1:1 "Qo'qon-1912", 2 210 muxlis

Mazkur bahslar haqida bazi qiziqarli malumotlarni taqdim qilamiz.

Toshkentdagi o'yin

1. "Qizilqum" O'zbekiston chempionatlarida "Paxtakor" ustidan g'alaba qozonolmayotganiga 20 yil bo'ldi (41 o'yin).

2. Umuman olganda, Navoiy klubi "Paxtakor"ni faqat 1 marta yutgan (2001 yil, 1:2).

3. Dragan CHeran "Paxtakor" libosidagi oltinchi xet-trigini rasmiylashtirdi. U bunga qadar "Buxoro" (2 o'yinda), "Nasaf", "Andijon" va AGMK jamoalari darvozasiga 1 o'yinning o'zida 3 ta gol urgan edi.

4. "SHerlar" qatorasiga 23-o'yinda ham "Qizilqum" darvozasiga yo'l topishdi.

5. Superliganing joriy mavsumida 2 bor "Paxtakor" ishtirokidagi o'yinlarni boshqargan Firdavs Norsafarov raqib darvozasi tomon 3 ta penalti belgiladi.

6. Ushbu bahsdan keyin "Paxtakor" 14-bor mamlakat chempioniga aylandi.

7. O'yinni 588 nafar ishqiboz stadionning o'zidan kuzatdi.

8. Uchrashuvdan keyin "Qizilqum" rasmiylari bosh hakam ustidan shikoyat yozishlarini malum qildi. SHuningdek, O'FAning etika qo'mitasi o'yindan so'ng kiyim almashtirish xonasiga kirib ketish jarayonida Ignatiy Nesterov va Abror Ismoilov o'rtasida ro'y bergan holatni o'rganib chiqsa kerak.

Yaypandagi o'yin

1. Murodbek Bobojonov ("Surxon") asosiy tarkibda maydonga tushgan qatorasiga 2-o'yinida gol urdi. Bunaqasi so'nggi bor 2016 yilgi mavsumda yuz bergandi. O'shanda "Neftchi" sharafini himoya qilayotgan forvard "Paxtakor" va "Nasaf" darvozasini ishg'ol qilgandi.

2. "Turon" 63 kunda deganda ochko ishla.

3. SHkvirin shogirdlarining 6 o'yindan iborat mag'lubiyatlari seriyasi yakunlandi.

4. "Turon" va "Surxon" joriy mavsumdagi himoyasi eng zaif jamoalar hisoblanishadi. Ikkala klub 22 o'yindan keyin 33 ta gol o'tkazib yuborishgan (+"Mashal" ham).

5. "Surxon" hujum chizig'i eng zaif jamoa bo'lib turibdi (22 o'yinda 12 gol).

6. Uchrashuvni 5 127 nafar ishqiboz stadionning o'zidan tomosha qildi.

Jizzaxdagi o'yin

1. Ulug'bek Baqoev murabbiylik faoliyatida ilk bor Baxtiyor Ashurmatov bilan durang o'ynadi.

2. "So'g'diyona" bu yil Asker Najafaliev ishlagan o'yinlarda yutqazmayapti (4 o'yin: 3 g'alaba, 1 durang). 

3. "Qo'qon-1912" esa toshkentlik referi boshqargan bahslarni yutolmayapti (2 o'yin: 1 tadan durang va mag'lubiyat).

4. Elyor Orifov Superligada 2020 yilning 3 martidan (AGMK bilan o'yin) buyon ilk golini urdi.

5. Jizzax klubining mag'lubiyatsiz seriyasi 7 o'yinga etdi. "So'g'diyona" so'nggi bor "Turon"ga engilgan edi (15-tur, 1:0).

6. "Qo'qon-1912"ning golli seriyasi 14 o'yinga etdi. Baxtiyor Ashurmatov jamoasi so'nggi bor 8-tur doirasida o'tgan "Paxtakor" bilan o'yinda maydonni golsiz tark etgan edi (3:0).

7. Uchrashuvni 2 210 nafar ishqiboz stadionning o'zidan tomosha qildi.

"Paxtakor"ni hakamlar chempion qildimi?

Muallif :
Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика