So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  0 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  14 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  168 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  54 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  9 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

O'zbekiston Superligasi. "Surxon" Samarqandda, "Neftchi" va "Qo'qon-1912" Yaypanda, "Olimpik" esa "Paxtakor"da o'ynaydi Yangiliklar

O'zbekiston Superligasi. "Surxon" Samarqandda, "Neftchi" va "Qo'qon-1912" Yaypanda, "Olimpik" esa "Paxtakor"da o'ynaydi

Bugun Superliganing yangi mavsumiga qura tashlanadi.

Unda jamoalar Berger tizimi asosida o'z raqiblarini bilib oladi. O'tgan mavsum yozning uch oyida “Qo'qon-1912”, “Surxon”, “Mashal” va “Andijon” jamoalari uy uchrashuvlarini boshqa stadionda o'tkazishiga to'g'ri keldi. Endilikda “Surxon” stadioni talab darajasiga kelguniga qadar klub o'z uy uchrashuvlarini Samarqanddagi “Dinamo” stadionida o'tkazadi. “Qo'qon-1912” esa Yaypandagi “O'zbekiston” stadionida raqiblarini qabul qiladi.

“Neftchi” va “Olimpik” jamoalari stadionida tamirlash ishlari olib borilayotgani tufayli, ular mavsum startida uy o'yinlarini boshqa arenalarda o'tkazadi. “Neftchi” Yaypandagi “O'zbekiston” stadionidan, “Olimpik” Toshkentdagi “Paxtakor” stadionidan foydalanib turadi.

Qura avvalida uy o'yinlarini bir stadionda o'tkazadigan klublar o'zaro juftliklarga ajratib olinadi. SHu orqali bir tur doirasida mazkur jamoalarning biri safarda, ikkinchisi esa uyda o'ynashi taminlanadi. Demak, qura avvalida quyidagi uch juftlik alohida ajratib olinadi: “Paxtakor” va “Olimpik”, “Dinamo” va “Surxon”, “Neftchi” va “Qo'qon-1912”.


Qurada sharchalarni tortish aynan mana shu jamoalardan boshlanadi. Bergerga ko'ra, quyidagi raqamlar o'zaro juft hisoblanadi:

1 va 8;

2 va 9;

3 va 10;

4 va 11;

5 va 12;

6 va 13;

7 va 14.

 

Malumot uchun. Agar juftlikka ajratib olingan jamoalarga 4 yoki 11 raqamlaridan biri tushsa, ushbu ikki klub 1-turdayoq to'qnash keladi. Qolgan kombinaciyalarda bunday holat kuzatilmaydi. 


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика