So’nggi yangiliklar

19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  3 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  2 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  16 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  1 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  20 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  30 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  35

Superliga qurasi oldidan. Mutaxassis fikri: "Futboli rivojlangan mamlakatlar qura tashlashda boshqa tizimlardan ham foydalanmoqda" Yangiliklar

Superliga qurasi oldidan. Mutaxassis fikri: "Futboli rivojlangan mamlakatlar qura tashlashda boshqa tizimlardan ham foydalanmoqda"

Birozdan so'ng Superliganing 2025 yilgi mavsumiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Mazkur tadbir oldidan "Bunyodkor", "Andijon" klublari sobiq direktori, tajribali mutaxassis Ulug'bek Mirzaev fikr va takliflari bilan o'rtoqlashdi. 


"Har yili qura tashlash marosimi berger tizimida o'tkaziladi. Lekin futboli rivojlangan mamlakatlarda "Opta",  "SciSports" tizimlari yo'lga qo'yilgan. Taqvim tuzishda shulardan foydalaniladi. Bilasizmi, bugun futbol katta sport darajasidan ham oshib ketdi.   Hozir marketing, biznes, translyaciyalari bilan oldinga siljidi. Masalan men Superliga qurasini avtomatik tarzda tasodifiy usul bilan taqvim aniqlanishiga qarshiman. Buni yarim avtomatik tarzda amalga oshirsa bo'ladi.  Yani taqvimni tuzib turib, ayrim joylarini inson faktori asosida o'zgartirish mumkin. Nima uchun? Tasodifiy tanlash usulida bitta jamoa ketma-ket kuchli raqiblar bilan tushib qolishi mumkin. "Xorazm",  "Mashal" kabi jamoalar mavsumga qiynalibroq tayyorgarlik ko'rayotgan, tarkibi oddiyroq jamoalarni mag'lubiyatga uchrab qolishi ularning homiylari, muxlislarini, futbolchilarni sovutib qo'yadi. Masalan, APLda yarim avtomatik tarzda o'zlari o'zgartirish kiritishadi. Bitta jamoa qattiq zarba olib qolmasligi inobatga olinadi. Rossiya, Franciya, Italiyada o'zlari tuzib chiqadi. Qura o'tkazmay klublar bilan kelishib taqvimni tasdiqlashadi. 


Yana shunday holat borki,  "Paxtakor",  "Bunyodkor",  "Xorazm", "Mashal",  OKMK klublari Toshkent va Toshkent viloyatida o'ynashadi. Ularning uy o'yinlarini alohida kunlarga qo'yish kerak. Muxlislarda uchrashuvlarni stadionda kuzatish imkoni ko'proq bo'lardi. Katta bellashuvlarni alohida kunlarga ajratish maqsadga muvofiq hisoblanardi. Deylik "Neftchi"ning o'yinlariga Andijon, Farg'onadan ko'p muxlislar kelishi mumkin. 


Bizda Termiz issiq xudud. Bu bilan "Surxon" ko'proq safarda o'ynashini taminlash mumkin. Misol uchun OCHLda qatnashadigan "Andijon",  "Nasaf"ga engilroq raqiblarni ro'baro' qilish mumkin. Yana o'tgan yili futzal bo'yicha Jahon chempionati o'yinlari Andijonda o'tkazildi. Bu jamoaning uy o'yinlariga to'g'ri kelib qoldi. Taqvim tuzishda mana shu kabi omillarni hisobga olish zarur",- deydi Ulug'bek Mirzaev.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика