So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Superliga. Ikkita penalti, qizil kartochka: "Paxtakor" Navoiyda qiyin g'alabaga erishdi Yangiliklar

Superliga. Ikkita penalti, qizil kartochka: "Paxtakor" Navoiyda qiyin g'alabaga erishdi

Coca Cola Superligasi 18-turi doirasidagi "Qizilqum" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Coca Cola Superligasi

18-tur

QIZILQUM – PAXTAKOR - 2:3

Navoiy. "Yoshlar" sport majmuasi. 19:30

Hakamlar: Rustam CHoriev, Aleksandr Sidorov, SHohruh Azamov, Komiljon Rasulov  

VAR hakami: Nayim Qosimov  

AVAR: Akmal G'iyosov  

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: Bekzod Aripov 

Gollar: Diyor Xolmatov 14, - 0:1 (Farruh Sayfiev). Odiljon Hamrobekov 25, - 0:2 (Diyor Xolmatov). Islom Kenajboev 42 penalti, - 1:2. Sardor Sobirxo'jaev 78, - 1:3 (Farruh Sayfiev). Akaki SHulaya 90+7 penalti, - 2:3.

"Qizilqum": 35.Javohir Ilyosov, 6.Murodbek Rahmatov (79.Diyorbek Rahmatilloev, 76), 10.Islom Kenjaboev, 11.Akaki SHulaya, 13.Nikolay Tarasov, 23.SHerali Jo'raev (4.Ilhomjon Vahobov, 46), 25.Azizbek Usmonov, 30.Islomjon Toshpo'latov (7.Davron Anvarov, 56), 44.Jo'rabek Mannonov, 77.Giorgi Kuxianidze (28.Akmaljon Muzaffarov, 82), 92.Marko Simonovski (17.Muhammadali G'iyosov, 56).

Zaxira: 22.Artyom Makosin, 2.Baxtiyar Gurgenov, 9.Humoyun Abdualimov, 38.Abduxoliq Tursunov, .

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Azizbek Turg'unboev (9.Mixal Kuxarchik, 84), 10.Dragan CHeran (2.Behruz Asqarov, 46), 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Pshemislav Banashak (11.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 86), 27.Sardor Sobirxo'jaev (40.Kimi Merk, 84), 28.Diyor Xolmatov, 30.Metyu Stinvorden (88.SHahzod Azmiddinov, 69), 34.Farruh Sayfiev.

Zaxira: 36.Pavel Pavlyuchenko, 4.Dostonbek Tursunov, 20.Hojimat Erkinov, 77.Dilshod Saitov, .

Ogohlantirishlar: SHerali Jo'raev 24, Odiljon Hamrobekov 32, Azizbek Turg'unboev 37, Akaki SHulaya 73, Po'latxo'ja Xoldorxonov 90. 

CHetlatish: SHahzod Azmiddinov 90+4.


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH




90+7. O'YIN TUGADI, "Qizilqum" - "Paxtakor" 2:3

90+7. GOL! AKAKI SHULAYA! Penaltidan gol urib hisobni qisqartirdi 2:3

90+4.  QIZIL KARTOCHKA! SHahzod Azmiddinov darvozaga kirib ketayotgan to'pni qo'li bilan qaytargani uchun

90+4. PENALTI! "Paxtakor" darvozasi tomon! 

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shildi

90. Ogohlantirish. "Paxtakor". Po'latxo'ja Xoldorxonov

86. O'zgarish. "Paxtakor". Banashak o'rniga Xoldorxonov tushdi

84. O'zgarishlar. "Paxtakor". Sobirxo'jaev va Turg'unboev o'rniga Kimi Merk va Kuxarchik tushdi

82. O'zgarish. "Qizilqum". Kuxianidze o'rniga Muzaffarov tushdi

78. GOL! SARDOR SOBIRXO'JAEV! Himoyachi to'pni Ilyosovga uzatishda xato qildi, Banashak to'pni Sayfievga qoldirdi, Sayfiev esa Sobirxo'jaevga oshirdi, Sardor bo'sh darvozani osongina ishg'ol qildi - 1:3.

76. O'zgarish. "Qizilqum". Rahmatov o'rniga Rahmatilloev tushdi 

73. Ogohlantirish. "Qizilqum". Akaki SHulaya

69. ZARBA! "Paxtakor"ning tezkor qarshi hujumi, Hamdamovning uzatgan to'pini Sobirxo'jaev darvozaga yo'lladi, Ilyosov to'pni qaytarishga erishdi!

69. O'zgarish. "Paxtakor". Jarohat olgan Stinvorden o'rniga Azmiddinov tushdi

67. UXX! Stinvorden kutilmaganda to'pni oldirib qo'ydi, G'iyosov Quvvatov bilan birga bir chiqib ketayotganida Hamrobekov to'pni qaytarishga erishdi!

65. Zarba! Yana Vahobovning zarbasidan keyin Quvvatov o'z o'rnida!

63. ZARBA! Vahobovning chap oyoqda yo'llagan kuchli zarbasidan keyin Quvvatov to'pni qiyinchilik bilan qaytardi!

57. UXXX! G'iyosov birga bir vaziyatga chiqib borib kuchli zarba yo'lladi. Quvvatov "Paxtakor"ni muqarrar goldan saqlab qoldi..

56. O'zgarishlar. "Qizilqum". Toshpo'latov va Simonovski o'rniga Anvarov va G'iyosov tushdi

56. UXX! Xolmatov uzatgani to'pni Hamdamov boshi bilan darvozaga yo'lladi, ustunga tegib darvozaga borgan to'pni Ilyosov qiyinchilik bilan ushlab oldi. Qo'shimchasiga o'yindan tashqari holat bor ekan.

53. Xavfli vaziyat! SHulaya burchakdan uzatgan to'pni Tarasov boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroz noaniq!

46. Ikkinchi taym boshlandi 

46. O'zgarish. "Paxtakor". CHeran o'rniga Asqarov tushdi

46. O'zgarish. "Qizilqum". Jo'raev o'rniga Vahobov tushdi



45+2. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 1:2

45+1. ZARBA! Sardor Sobirxo'jaevning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasidan keyin Ilyosov to'pni qaytardi

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi

43. ZARBA! "Paxtakor"ning tezkor javobi, Hamdamov oshirgan to'pni CHeran yaqin masofadan aniq zarba bera olmadi

42. GOL! ISLOM KENJABOEV! Juda kuchli zarba bilan gol urdi, Quvvatov to'p yo'nalishini topgandi, ammo zarba kuchidan uni to'sa olmadi - 1:2

41. PENALTI! "Paxtakor" darvozasi tomon. Hamdamov Akaki SHulayani yiqitgani uchun

40. "Qizilqum"ning hujumi, o'ng qanotdan SHulaya oldinga bordi va ikki raqibni aldab zarba berdi, zarba kuchsiz chiqdi

38. Xavfli vaziyat! "Qizilqum" hujumchisi Marko Simonovski raqib jarima mayoniga kirib zarba berdi, Hamrobekov to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi

37. Ogohlantirish. "Paxtakor". Azizbek Turg'unboev

32. "Qizilqum"da jarima to'pi, SHerali Jo'raevning yo'llagan zarbasi juda yuqoridan ketdi

32. Ogohlantirish. "Paxtakor". Odiljon Hamrobekov

25. GOL! ODILJON HAMROBEKOV! Diyor Xolmatovning jarimadan uzatgan to'pini Hamrobekov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 0:2

24. Ogohlantirish. "Qizilqum". SHerali Jo'raev

20. Akaki SHulai o'ng qanotdan oldinga bordi va Hamrobekovni aldab o'tdi, Sayfiev uni qo'pollik bilan to'xtatdi. Burchakka yaqin joydan belgilangan jarima to'pidan naf chiqmadi.

14. GOL! DIYOR XOLMATOV! CHap qanotdan Sayfiev uzatgan to'pni Xolmatov bir harakat bilan darvozaga yo'lladi - 0:1

10. Dastlabki 10 daqiqada darvozalar oldida xavfli vaziyatlar yaratilgani yo'q.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 19:30da boshlanadi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика