Superliga. "Шo'rtan" bir kishi kam bo'lib qolgan "Paxtakor" maydonida yutqazdi
27 apr 20:00
Yangiliklar


Superliga. "Шo'rtan" bir kishi kam bo'lib qolgan "Paxtakor" maydonida yutqazdi
"Paxtakor" – "Шo'rtan" 1:0
27.04.2025. 18:00
Bosh hakam: Olim To'ychiboev
Yordamchi hakamlar: Шohruh Azamov, Rasuljon Fozilov
Zaxira hakami: Alisher Rahimqulov
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
VAR: Ahrol Risqullaev
AVAR: Roziyabonu Yusupova
Komissar: Шerzod Rajabov
Gol: 1:0 – 4, Igor Sergeev (Hojiakbar Alijonov)
"Paxtakor": 12. Vladimir Nazarov, 22. Umar Adhamzoda, 55. Muhammadrasul Abdumajidov, 3. Шahzod Azmiddinov, 7. Hojiakbar Alijonov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 27. Sardor Sobirxo'jaev (8. Diyor Xolmatov, 90+3), 47. Jonatan Lukka, 21. Bashar Resan (9. Ibrohim Ibragimov, 82), 11. Igor Sergeev (30. Otabek Jo'raqo'ziev, 90+3), 94. Brayan Riaskos (1. Nikita Шevchenko, 77)
Zaxira: 17. Doston Hamdamov, 77. Dilshod Saitov, 31. Muhammadali Usmonov, 20. Dilshod Abdullaev, 6. Muhammadali O'rinboev
"Шo'rtan": Шohruh Eshbo'taev, 4. Ulug'bek Xudoyberdiev, 3. Шohjahon Sultonmurodov, 55. Azizbek Pirmuhammadov, 17. Javohir Hasanov (47. Asilbek Anvarov, 86), 15. Jo'rabek Mannonov, 8. Шahboz Nuriddinov (99. Kamron Saidazimov, 60), 77. Asadbek Saitxonov (88. Abbos Ergashboev, 86), 24. Doniyor Narzullaev (11. Daler Шaripov, 78), 33. Bekjon Rahmatov, 10. Temur Mamasiddiqov
Zaxira: 35. Шerzodbek Abduraimov, 7. Bekzod Suvonov, Sardor Sadullaev, 70. Mirjalol Jumaev, 14. Abror Toshqo'ziev
Ogohlantirishlar: Шahboz Nuriddinov (27), Bashar Resan (54), Umar Adhamzoda (79)
Chetlatish: Vladimir Nazarov (75)
MATNLI TRANSLYACIYA
O'yin yakunlandi.
90+3. "Paxtakor"da oxirgi o'zgarishlar amalga oshirildi.
90. Ikkinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berildi.
89. Mehmonlarning navbatdagi hujumi Ergashboevning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.
86. "Шo'rtan" yana ikki o'zgarishga qo'l urdi.
83. Adhamzoda va Xudoyberdiev o'rtasida havodagi to'p uchun kurashda to'qnashuv sodir bo'ldi.
82. "Paxtakor"da yana bir o'zgarish ro'y berdi.
79. Adhamzoda Шaripovga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.
78. Jarimadan yo'llangan zarba "jonli devor"ga tegib qaytdi.
77. "Paxtakor"da majburiy o'zgarish amalga oshirildi.
Aytgancha, jamoaning braziliyalik darvozaboni jarohat olgan. Шu bois u maydonga tusha olmaydi. Zaxira varianti – Nikita Шevchenko.
72. Jarima maydoni chizig'i tashqarisida qo'l bilan o'ynagan Nazarov ogohlantirildi. Hakam VAR monitori orqali ehtimoliy chetlatishni ko'rib chiqib, uni maydondan chetlatdi.
71. Raqib jarima maydonida sherigidan to'p qabul qilib olgan Adhamzoda yiqildi, hakam esa o'yinni davom ettirish lozimligini takidladi.
66. "Paxtakor" futbolchilari Resanni raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqarishga urindi, ammo Eshbo'taev chaqqonroq harakat qilib, to'pni egallab oldi.
62. Riaskosning zarbasi Pirmuhammedovga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
60. "Шo'rtan" tarkibida o'zgarish amalga oshirildi.
54. Raqib futbolchisini qarshi hujumda to'xtatib qolgan Resan ogohlantirildi.
52. "Шo'rtan"ning navbatdagi hujumi zarba bilan yakunlandi, ammo mehmonlar yana ofsaydda qolib ketdi. Bugun bu holat ko'p ko'zga tashlandi.
50. Mamasiddiqovning raqib jarima maydonidan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi.
47. "Paxtakor" standart vaziyatga ega bo'ldi. Resanning pasidan keyin Riaskos zarba yo'lladi, "Шo'rtan" darvozaboni to'pni egallab oldi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Taym yakunlandi.
45+2. "Paxtakor"ning ikki-uch nafar futbolchisi raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda qolgandi, ammo Resan ularga uzatma berishga noaniqlikka yo'l qo'ydi, to'p "Шo'rtan" darvozaboniga borib tushdi.
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
44. "Paxtakor" kombinacion hujum tashkil etdi. Adhamzodaning yakuniy pasini raqib himoyachisi qaytardi.
40. Adhamzoda hujumda fol ishlatdi.
37. Alijonov boshlagan hujumni Riaskos davom ettirdi, ammo raqib himoyachilari pas kelayotgan Sergeevning zarba yo'llashiga yo'l qo'ymadi.
34. Alijonovning oshir masidan so'ng sherigi chap qanotdan oldinga bordi, biroq raqib futbolchisidan o'zib keta olmadi.
30. Hamraliev tomonidan yo'llangan zarba noaniq ketdi.
27. Sobirxo'jaevga nisbatan qo'pol o'ynagan Nuriddinovga sariq kartochka ko'rsatildi.
25. Alijonov raqibning o'ng qanotdan boshlagan hujumini yo'qqa chiqardi.
22. "Paxtakor" standart vaziyatga ega bo'ldi. Uzatma burchak zarbasi ishlash bilan yakunlandi.
21. Hasanovning raqib jarima maydoni ichida yo'llagan zarbasini Nazarov oyoqlari bilan qaytardi.
18. Sobirxo'jaevning bosh bilan uzatmasidan keyin Sergeev raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi, ammo u to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi.
15. Nuriddinovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.
14. Alijonovning uzatmasi "Шo'rtan" darvozabonining qo'llariga borib tushdi.
9. Mamasiddiqovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. "Шo'rtan" hujumchisiga tibbiy yordam ko'rsatildi. Ammo o'yin qoidasi buzilmagan ekan.
6. Adhamzodaning uzatmasi Sergeevning zarbasi bilan yakunlandi. Eshbo'taev o'z o'rnida.
4. GOL! Alijonovning ajoyib uzatmasini Sergeev "Шo'rtan" darvozasiga to'g'rilab qo'ydi!
1. O'yinni mezbonlar boshlab berdi.
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Paxtakor" to'q binafsharang, "Шo'rtan" oq rangli liboslarda harakat qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Португалия футбол олиб киромабдими халиям мураббий