So’nggi yangiliklar

11:43Сака "Арсенал"нинг чемпионлиги ҳақидаги гап-сўзларга эътибор бермаслиги айтди  0 11:20Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида ўқув-машғулот йиғинига киришди  1 10:44"Манчестер Юнайтед" Германия терма жамоаси ҳужумчисини нишонга олди  0 09:53Месси шарафига "Камп Ноу"да унинг ҳайкали ўрнатилади  4 09:26Португалия терма жамоаси устози Роналдунинг қизили ҳақида фикр билдирди  11 09:20Испания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи: "Бундай хатти-ҳаракатлари билан Ямал чўққида узоқ туролмайди"  7 09:00Мбаппе ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчи  2 08:32Португалия ЖЧ-2026 га чиққан тақдирда Роналду биринчи турни ўтказиб юборади  4 08:06"Ал Айн Кубоги". Бугун терма жамоамиз Салоҳ бошчилигидаги Мисрга қарши баҳс олиб боради  7 07:41ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида ярим финал учрашувлари бўлиб ўтди  0 02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  18 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  1 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Superliga. "Paxtakor" o'z maydonida "Nasaf" bilan jangovar durang o'ynadi. CHempionlik masalasi kelgusi turlarga qoladigan bo'ldi Yangiliklar

Superliga. "Paxtakor" o'z maydonida "Nasaf" bilan jangovar durang o'ynadi. CHempionlik masalasi kelgusi turlarga qoladigan bo'ldi

Coca Cola Superligasining 24-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

Superliga. "Paxtakor" - "Nasaf" 1:1

Gollar:  SHerzod Nasrullaev 27', Hojimat Erkinov 79'

"Paxtakor": 36. Pavel Pavlyuchenka, 3. Xojiakbar Alijonov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 7. Odiljon Xamrobekov (s), 8. Azizbek Turg'unboev, 17. Dostonbek Hamdamov (11. Po'latxo'ja Xoldorxonov 55'), 19. Pshemislav Banashak (10. Dragan CHeran 55'), 20. Xojimat Erkinov, 27. Sardor Sobirxo'jaev (77. Dilshod Saitov 68'), 28. Diyor Xolmatov, 88. SHaxzod Azmiddinov.

Zaxira: 35. Sanjar Quvvatov, 4. Dostonbek Tursunov, 6. Muhammadali O'runov, 23. SHerzod Azamov, 30. Matyu Stenvorden, 40. Kimi Merk.

"Nasaf": 35. Abduvohid Nematov, 2. Alibek Davronov, 5. G'olib G'aybullaev, 7. Akmal Mozgovoy, 8. Zafarmurod Abdirahmatov (10. Andres CHavez 90+1'), 9. Javohir Sidiqov (77. Oybek Bozorov 57'), 18. Bahrom Abdurahimov, 19. Mateus Lima (17. Suhrob Nurulloev 73'), 34. SHerzod Nasrullaev (21. Doniyorjon Narzullaev 90+1'), 88. Marko Stanoevich (99. Azizbek Amonov 57'), 92. Umarbek Eshmurodov (s).

Zaxira: 54. Adhamjon Musulmonov, 25. Bekjon Rahmatov, 32. Zafar Hakimov, 36. Azizjon Ahrorov.

Ogohlantirishlar: Akmal Mozgovoy 36', Javohir Sidiqov 56', G'olib G'aybullaev 81'


90+4. O'yin yakunlandi!

90+2. Azizbek Omonovning zarbasi noaniq bo'ldi!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. Po'latxo'janing zarbasi himoyachilardan o'tmadi.

86. So'nggi daqiqalar shunchaki "yonmoqda"! Har ikki jamoa ham to'p olishi bilanoq hujumga intilmoqda.

81. "Nasaf" endi faollikni oshirmoqda. 

Alijonovning o'ng qanotdan havolatib uzatgan to'pni Hojimat Erkinov darvozaga yo'llab gol urdi!

79. GOL! Erkinov hisobni tenglashtirdi!

76. Holmatovning uzoq masofadan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

75, To'p nazorati bo'yicha ustunlik: 65% - 35%

73. Lima Kruz o'ziga uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi, biroq noaniq...

70. "Paxtakor" maydonning raqib darvozasi joylashgan qismida faollik ko'rsatmoqda, biroq hujumlar xavfli tus olmayapti.

62. Aziz Turg'unboevning chap qanotdan erlatib bergan uzatmasini raqib himoyachisi oyoqlari uchi bilan maydondan chiqarib yubordi.

54. Alijonovning zarbasini Lima Kruz boshi bilan qaytardi.

52. Zafarmurodv va Hojimat o'zaro tortishib qoldi.

50. Alijonovning o'ng qanotdan uzatmasini "Nasaf" himoyachilari qaytarib yubordi.

47. Doston Hamdamov raqib jarima maydonchasida yiqildi, hakam hech narsa bo'lmaganini malum qildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45+2. Yana bir zarba Hojimat Erkinovdan! Darvozabon ushlab oldi...

45+2. Diyor Xolmatovning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

38. Diyor Xolmatovning zarbasi noaniq bo'ldi.

35. Havodan uzatilgan to'pni G'olib G'aybullaev ortga qaytarish umidida bosh bilan zarba berdi, ammo to'p "Nasaf" darvozasiga kirib ketishiga bir bahya qoldi...

34. To'p nazorati bo'yicha: 51% - 49%

30. Gol o'tkazib yuborgach "sherlar" yanada faollashdi. Jamoaning hujumlari soni oshmoqda. 

Zafarmurod Abdirahmatovning uzatmasidan so'ng mezbonlar jarima maydonchasida palapartishlik yuzaga keldi, to'pga egalik qilgan Nasrullaev darvozaga to'pni yo'lladi va gol urdi!

27. GOL! SHerzod Nasrullaev uchrashuvda hisobni ochdi!

25. Bahsda mezbonlar ancha faol. 

19. Turg'unboevning zarbasi noaniq bo'ldi.

17. Doston Hamdamov o'ziga uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi, darvozabon qaytardi!

16. "Paxtakor"ning qator hujumlari xavfli tus olmayapti. 

7. O'yin kutilganidek qizg'in boshlandi. Ikki jamoa ham to'pga ega chiqishi bilanoq hujumga o'tmoqda.

3. "SHerlar" dastlabki daqiqalarda to'p nazoratini o'z qo'liga olisha intilmoqda, mehmonlar esa pressingda faol.

1. "Yil o'yini" boshlandi!

- Uchrashuv 18:15 da boshlanadi.

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика