So’nggi yangiliklar

23:53Гирассини фақатгина 7 клуб сотиб олиши мумкин  1 23:39Манба: Самвел Бабаян - "Андижон" бош мураббийи!  9 23:13Райс "Олтин тўп"ни олиши мумкинми? Артета жавоб берди  0 22:52Андерсон Талиска: "Саудия чемпионати МЛСдан кучсиз эмас. Месси жамоаси у ерда 6:0га ютқазганди"  6 22:13Флик: "Ямал бу ўйинни унутиши керак"  1 21:48Дитмар Хаманн: "Бавария" Европанинг энг яхши жамоасига ютқазди"  0 21:25Луи Саа: "Мактомини "Барселона" ёки "Реал"га ўтиши керак"  7 20:54Ханс-Дитер Флик ҳимоядаги ўйин ҳақида: "Бу бизнинг услубимиз"  2 20:38"Goal" ЕЧЛ учун асосий фаворитлар рейтингини янгилади  12 20:15Пьянич "бутсаларини михга илди"  3 19:55Томори: "Ибрагимович — мен кўрган энг рақобатбардош футболчи"  0 19:35Эрон чемпионати. "Персеполис" "Шамс Азар"ни мағлуб этиб, етакчиликни қўлга олди, Остон Ўруновдан гол!  10 18:58"Манчестер Сити" "Эльче" ярим ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 18:32"Сўғдиёна"да узоқ йил ўйнаган Митрович жамоадан кетди  7 18:07Эрон АҚШнинг виза чекловлари туфайли ЖЧ-2026 қуръа маросимини бойкот қилди  14

Superliga. Ikkita penalti belgilangan o'yinda OKMK kambek evaziga "Paxtakor"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. Ikkita penalti belgilangan o'yinda OKMK kambek evaziga "Paxtakor"ni mag'lub etdi

Superliga 12-turi doirasidagi OKMK – "Paxtakor" bellashuvi yakunlandi.

Superliga

12-tur

OKMK – "Paxtakor" 4:2

Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 20:00

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Husniddin SHodmonov, SHavkat Rahmatov, Sardor Mirodilov

VAR: Asker Najafaliev

AVAR: Nikita Mustafin

Nazoratchi: Viktor Serazitdinov

Komissar: Vladimir Nazarov

Gollar: 0:1 — 14, Dragan CHeran (penalti), 1:1 — 34, Arixiro Sentoku (Aziz Xolmurodov), 1:2 — 45+3, Muhammadrasul Abdumajidov, 2:2 — 79, Xurshid G'iyosov (penalti), 3:2 — 90, Giorgi Papava, 4:2 — 90+7, Irakli Ruxadze (Baxtiyorjon Qosimov).

OKMK: 1.Valijon Rahimov, 2.Akramjon Komilov, 3.Sardor Rahmonov, 4.Mirjamol Qosimov (9.Ruben Sanches, 69), 7.Dilshod Ahmadaliev, 10.Xurshid G'iyosov, 15.Oybek Rustamov (8.Baxtiyorjon Qosimov, 90+5), 18.Aziz Xolmurodov (27.Ali Abdurahmonov, 69), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 28.Arixiro Sentoku (5.Giorgi Papava, 88), 77.Nodirbek Abdurazzoqov (99.Irakli Ruxadze, 69).

Zaxira: 35.Javohir Ilyosov, 11.Murod Toshmatov, 13.Eldor Begimov, 21.Saidafzalxon Axrorov.

"Paxtakor": 35.Pavel Pavlyuchenko, 2.Behruz Asqarov, 3.SHahzod Azmiddinov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 8.Diyor Xolmatov, 10.Dragan CHeran, 15.Diyorbek Ortiqboev, 17.Dostonbek Hamdamov, 27.Sardor Sobirxo'jaev (33.Doniyor Abdumannopov, 85), 31.Muhammadali Usmonov (7.Hojiakbar Alijonov, 71), 55.Muhammadrasul Abdumajidov.

Zaxira:  12.Vladimir Nazarov, 4.Abubakir Ashurov, 11.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 18.Saidumarxon Saidnurullaev, 19.Sunnatilla Poyonov, 20.Dilshod Abdullaev, 99.Abbos Ergashboev.

Ogohlantirish: Arixiro Sentoku (61), Nodirbek Abdurazzoqov (67), Behruz Asqarov (90+3), Irakli Ruxadze (90+8).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

90+7. GOL! Pressing natijasida to'pni olib qo'ygan OKMK hujumi Ruxadze gol bilan yakunlab, uchrashuvga nuqta qo'ydi. 

90+3. Asqarov G'iyosovga nisbatan qoidabuzarlik uchun ogohlantirildi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

90. GOL! Bir necha daqiqa ilgari maydonga tushgan Papava G'iyosovning zarbasidan so'ng darvozabondan qaytgan to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi.

88. OKMKda o'zgarish: Sentoku o'rniga Papava o'yinni yakunlab qo'yadi.

85. "Paxtakor"da o'zgarish: Abdumannopov Sobirxo'jaevni almashtirdi.

79. GOL! G'iyosovning 11 metrdan yo'llagan zarbasini Pavlyuchenko qaytardi, ammo qaytgan to'pni OKMK hujumchisi darvozaga joylab qo'ydi.

78. Penalti! G'iyosov raqib jarima maydonida "Paxtakor" himoyachilari tomonidan yiqitildi. 11 metrli jarimani jabrlanuvchining o'zi amalga oshiradi.

77. Hakam VAR ekranidan "Paxtakor" darvozasi tomon ehtimoliy penaltini ko'rib chiqmoqda. 

75. G'iyosovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

69. Mezbonlarda birato'la uch o'zgarish amalga oshirildi.

67. Sobirxo'jaevga nisbatan qo'pollik ishlatgan Abdurazzoqov ogohlantirildi. 

64. Xolmatovning zarbasi kuchli chiqmagan bois Rahimov uchun qiyinchilik tug'dirmadi.

61. Xolmatovning yuziga zarba berib yuborgan Sentoku ogohlantirildi.

56. Mezbonlarning navbatdagi xujumi G'iyosovning zarbasi bilan yakunlandi, himoyachilar to'pni qaytardi.

52. Xavfli vaziyat! CHeranning pasidan so'ng Xolmatov zarba yo'lladi, biroz noaniq.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym tugadi.

45+3. GOL! Hamdamovning jarimadan uzatgan to'pi Abdumajidovning OKMK darvozasini ishg'ol qilishi bilan yakunlandi. Hakam VAR bilan suhbatlashmoqda. Hujum chog'ida mehmonlar futbolchisi raqibga nisbatan qo'pollik ishlatgan bo'lishi mumkin.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

40. Xavfli vaziyat! Qosimovning uzatmasidan so'ng Xolmurodov zarba yo'lladi, birozgina aniqlik etishmadi.

34. GOL! OKMKning yaponiyalik futbolchisi Arixiro Sentoku Xolmurodovning pasini raqib darvozasiga to'g'rilab qo'ydi.


32. Xavfli vaziyat! Mezbonlarning tezkor qarshi hujumi G'iyosovning zarbasi bilan yakunlandi, "Paxtakor" himoyachisi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

31. Ahmadalievning uzatmasidan so'ng Abdurazzoqov yo'llagan zarba Xolmurodovniki singari ko'rinish oldi.

25. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan uzatilgan to'pga Xolmurodov bosh bilan zarba yo'lladi, ammo noaniq ko'rinish oldi.

24. Ortiqboev uzoq masofadan zarba yo'lladi, OKMK posboni to'pni ushlab oldi.

23. Xavfli vaziyat! Mezbonlarning yana bir vaziyati "Paxtakor" himoyachilari tomonidan qaytarildi.

21. Xavfli vaziyat! Mezbonlarning burchakdan uzatmasi Rahmonovning bosh bilan yo'llagan noaniq zarbasi bilan yakunlandi. 

20. Xavfli vaziyat! Komilovning uzatmasiga raqib jarima maydoni ichiga kirib borgan Xolmurodov zarba yo'llay olmadi, Aziz to'pni tepish o'rniga bo'ysindirishga harakat qildi.

14. GOL! CHeran penaltidan OKMK darvozasini ishg'ol qildi. Rahimov to'p yo'nalishini topa olmadi.


13. Penalti! Biroz avvalgi vaziyatda Hamdamovning uzatmasi Ahmadalievning qo'liga tegibdi.

12. Hakamni VAR tomon chorlashdi. OKMK darvozasiga penalti belgilanishi mumkin.  

11. Hamdamovning chap qanotdan bergan uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, Rahimov qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

10. Mezbonlarning yana bir standarti besamar yakunlandi.

7. Sobirxo'jaevning uzatmasini "Paxtakor" futbolchilari raqib darvozasiga to'g'rilab qo'ya olmadi.

6. CHeranning ajoyib uzatmasidan so'ng Usmonovning zarbasiga Komilov to'g'anoq bo'ldi.

4. Mehmonlarning xavfli hujumini To'xtaxo'jaev bartaraf etdi.

2. Mezbonlar ilk daqiqadayoq standart vaziyat ishlab oldi. Qosimovning burchakdan uzatmasi "Paxtakor" himoyachilari tomonidan bartaraf etildi.

1. Uchrashuv boshlandi.


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика