So’nggi yangiliklar

08:16Sofascore. Шомуродов кечаги баҳсда қандай баҳога лойиқ кўрилди  0 07:55Суперлига. Насаф ўз уйида ғалаба қозонди, Шароф Муҳиддиновдан СУПЕРГОЛ!  0 07:40Танишинг! "Насаф"нинг Суперлига-2025 учун тўлиқ қайдномаси  0 03:09Сергей Лушан: "Футболни озгина бўлса ҳам тушунадиган одам бир ойда жамоа йиғиб бўлмаслигини тушунади"  11 02:42А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Аталанта"га шармандали тарзда мағлуб бўлди  18 01:42Вадим Абрамов: "Бизни "Навбаҳор"дек жамоага қарши ўйиндаги дуранг ҳам қониқтирмасди"   11 00:21Киммихнинг "Бавария" билан янги шартномаси бўйича ҳужжатлар тайёр. Келишув 2029 йилгача мўлжалланган  1 23:55А Серия. "Рома" биринчи дақиқадаги гол эвазига "Эмполи"ни мағлуб этди, Шомуродов 72 дақиқа ўйнади  55 23:40Рўзиқул Бердиев: "Рубин Хебай бетоб экани сабаб бугун ўйнай олмади"  2 23:32РПЛ. "Рубин" Қозонда "Спартак"ни мағлуб этди, Ашурматов захирада қолдирилди  1 23:27АПЛ. Райснинг голи "Арсенал"ни МЮга қарши ўйиндаги мағлубиятдан асраб қолди  38 23:10Суперлига. "Навбаҳор" – "Динамо" 0:0, Ҳожимирзаев сўнгги дақиқаларда белгиланган пенальтини голга айлантира олмади  7 23:00Иван Бошкович: "Футболда барчаси ҳар доим сиз истагандек бўлавермайди"  5 22:55Ҳаким Фузайлов: "Мухлисларимизни 15 йил кутилган ғалаба билан табриклайман"  3 22:31Анвар Бердиев: "Хоразм" дарвозабони жуда яхши ўйнади"  6

Superliga. Mavsumning ilk o'yinida OKMK so'nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga "Buxoro"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. Mavsumning ilk o'yinida OKMK so'nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga "Buxoro"ni mag'lub etdi

Superliga 1-turidan o'rin olgan OKMK - "Buxoro" uchrashuvi yakunlandi.

Superliga

1-tur

OKMK – "Buxoro" 2:1

Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 19:30

Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev

Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov, Islom Nosirov

Zaxira hakami: Umidjon Rahimjonov

Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev

VAR: Roziyabonu Yusupova

AVAR: Sanjar Shoyusupov

Gollar: 1:0 — 11, Xurshid G'iyosov (Dilshod Ahmadaliev), 1:1 — 18, Anvar Jo'raev (Shahboz Jo'rabekov), 2:1 — 90+2, Ali Abdurahmonov (Saidafzalxon Axrorov).

OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 3.Sardor Rahmonov, 7.Dilshod Ahmadaliev, 10.Xurshid G'iyosov (6.Avazbek O'lmasaliev, 90+7), 15.Oybek Rustamov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 21.Saidafzalxon Axrorov, 23.Ajak Riak (27.Ali Abdurahmonov, 79)28.Arixiro Sentoku (99.Asad Sobirjonov, 68), 30.Abror Sarimsoqov (5.Giorgi Papava, 68), 77.Nodir Abdurazzoqov.

Zaxira: 25.Dilshod Yoqubov, 13.Eldor Begimov, 14.Akbar O'ktamov, 19.Ahmadullo Muqimjonov, 90.Abubakr Rizo Turdialiev.

"Buxoro": 1.Shirinboy Abdullaev, 5.Sardor Qulmatov, 8.Anvar Jo'raev (25.Frane Chiryak, 68), 10.Shohruz Norxonov (9.Husayn Ergashboev, 83), 17.Javohir Ro'ziev (6.Ravshan Xayrullaev, 83), 19.Bilol Tupliev (27.Muhammad Yo'ldoshev, 46), 33.Yosip Tomasevich, 88.Dominik Begich (77.Albert Nurullaev, 61), 93.Marko Kolakovich, 94.Frane Ikich, 97.Shahboz Jo'rabekov.

Zaxira: 21.Otabek Boymurodov, 4.Javohir O'tamurodov, 7.Muhammadsafo Fozilov, 77.Asilbek Qayumov.

Ogohlantirishlar: Arixiro Sentoku (28), Nodir Abdurazzoqov (38), Frane Ikich (59).


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+8. OKMK uchinchi golga yaqin keldi, ammo vaziyatdan foydalana olmadi.

90+7. OKMK tarkibida oxirgi o'zgarish amalga oshirildi.

Gol inobatga olindi. 2:1.

Hakam VAR bilan suhbatlashdi va vaziyatni VAR orqali ko'radigan bo'ldi. Hujum paytida o'yindan tashqari holat qayd etilgan bo'lishi mumkin.

90+2. GOL! Himoyadagi sherigi tomonidan oshirilgan to'pni raqib jarima maydonida qabul qilib olgan Abdurahmonov darvozaning olis pastki burchagini aniq nishonga oldi!

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. "Buxoro"da standart vaziyat yuzaga keldi. Jarimadan yo'llangan zarbalarning birinchisi jonli devordan qaytdi, ikkinchisi yuqorilab ketdi.

86. OKMK hujumchisi o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

83. "Buxoro" tarkibida yana ikki o'zgarish amalga oshirildi.

Zarbalar: 7(3)-7(5)

81. OKMKda jarima zarbasi yuzaga keldi. To'xtaxo'jaev tepgan to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

79. OKMK navbatdagi o'zgarishga qo'l urdi.

To'pga ega qilish ayni daqiqalarda (%): 62-38

77. Jo'rabekovning uzatmasi zarbaga aylanib ketdi. Ilyosov o'z o'rnida.

75. Hakam penalti yo'q ekanligini malum qildi. O'yin davom ettiriladi.

74. Xavfli vaziyat! Riakning raqib jarima maydonida yo'llagan zarbasi "Buxoro" himoyachisining qo'liga tekkan bo'lishi mumkin. Hakam VAR bilan suhbatlashmoqda. Bu orada futbolchilar yana tortishib qolishdi. 

72. "Buxoro" tezkor qarshi hujum natijasida yaxshi imkoniyatga ega bo'lgandi, biroq oxirgi pasdagi noaniqlik tufayli hujum barbod bo'ldi.

68. Ikki jamoa tarkibida o'zgarishlar amalga oshirildi.

66. Yo'ldoshev chap qanotda raqibidan o'tib ketdi, uning pasi sherigiga borishiga Ilyosov yo'l qo'ymadi.

66. Ahmadaliev o'ng qanotda bir nechta raqibini aldab o'tishga harakat qildi, ammo to'p aynan undan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

61. "Buxoro" tarkibida o'zgarish amalga oshirildi.

60. Zarba! Burchakdan uzatilgan to'pga Abdurazzoqov bosh bilan zarba yo'lladi, to'p darvoza to'siniga tegib, maydonni tark etdi.

60. G'iyosovning jarimadan uzatmasini Begich bartaraf etdi.

59. Frane Ikich Sentokuni libosidan ushlab qolgani uchun ogohlantirildi. 

59. Riak va G'iyosov hujum chog'i bir-birini tushunmadi, oqibatda mezbonlarning yana bir hujumi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

57. Yo'ldoshevning jarimadan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni Ilyosov egallab oldi.

55. GOL! Jo'rabekovning jarima maydoniga uzatgan to'pini Norxonov raqib darvozasiga joylab qo'ydi, biroq hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi.

54. OKMK hujumlari noaniq paslar tufayli ko'pincha muvaffaqiyatsiz yakunlanmoqda.

53. Jarimadan yo'llangan zarbasi OKMK futbolchilari maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

52. "Buxoro" yana o'ng qanotdan hujum tashkil etdi. Yakunda Jo'raev To'xtaxo'jaev tomonidan yiqitildi.

49. Rustamovning olisdan chap oyoqda tepgan to'pini Abdullaev egallab oldi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

46. "Buxoro" tarkibida o'zgarish: Yo'ldoshev Tuplievni almashtirdi.

Taym yakunlandi. Tanaffus.

45+3. OKMK futbolchilarining chap qanotdan uzatmasi himoyachilar tomonidan bartaraf etildi.

45+2. To'xtaxo'jaev Norxonovga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. Xavfli vaziyat! Ahmadalievdan raqib jarima maydonida to'pni qabul qilib olgan G'iyosov zarba berishga ulgurmadi, unga himoyachi qarshilik qildi.

44. Ahmadaliev o'ng qanotdan raqib jarim a maydoniga kirib bordi, ammo uning pasini raqib himoyachilari bartaraf etishdi.

42. "Buxoro" o'ng qanotdan tezkor hujum tashkil etdi, jarima maydnoniga oshirilgan to'pga Jo'raev eta olmadi.

38. Ikki jamoa futbolchilari o'rtasida to'qnashuv sodir bo'ldi. Abdurazzoqov "Buxoro" darvozaboniga biroz shikast etkazdi va ogohlantirildi.

36. Abdurazzoqovning burchakdan uzatmasi Rahmonovning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

36. Sentokuning zarbasi rekoshet hosil qilib maydonni tark etdi.

35. Riak yana burchak zarbasi ishlab oldi. Uzatma Begich tomonidan qaytarildi.

33. Riakning zarbasi Kolakovichdan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

32. Abdurazzoqovning uzatmasi "Jonli devor"dan o'tmadi.

31. Kolakovich Riakni ushlab oldi. OKMKda o'ng qanotda standart yuzaga keldi.

30. Abdurazzoqov bir raqibni aldab o'tib, zarba yo'lladi, "Buxoro" himoyachisi blok qo'ydi.

29. G'iyosov chap qanotdan jarima maydoniga yaqinlashib, oyog'ining tashqi qismi bilan ichkariga pas bermoqchi edi, himoyachilar yo'l qo'ymadi. Qarshi hujumda esa Ilyosov yana oldinga chiqishiga to'g'ri keldi.

28. Sentoku raqib futbolchisi Ikichga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

26. Ro'zievning olisdan yo'llagan zarbasini Ilyosov egallab oldi.

21. Jo'rabekovning jarimadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

18. GOL! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Anvar Jo'raev bosh bilan OKMK darvozasiga joylab qo'yib, hisobni tenglashtirdi! U mezbonlarning birorta o'yinchisi qo'riqlamayotgandi.


13. Norxonov raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi, biroq Ilyosov oldinga chiqib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

Eslatib o'tamiz, Superliganing 2024 yildagi mavsumidagi ilk gol "Navbahor" yarim himoyachisi Abror Ismoilov, 2023 yil "Olimpik" hujumchisi Ruslan Jiyanov, 2022 yil "Neftchi" hujumchisi Shahzod Ubaydullaev hisobiga qayd etilgandi. 2021 yil esa OKMK futbolchisi Elvin Fortes chempionatning yangi mavsumidagi ilk golga mualliflik qilgandi.

11. GOL! Ahmadaliev tomonidan o'ng qanotdan uzatilgan to'pni Xurshid G'iyosov "Buxoro" darvozasiga joylab qo'ydi va Superliganing 2025 yildagi ilk goli muallifiga aylandi!


9. Xavfli vaziyat! "Buxoro" futbolchilarining o'ng qanotdan uzatmasini Ilyosov qiyinchilik bilan qaytardi.

8. Dastlabki daqiqalarda "Buxoro" nisbatan faolroq, ular o'ng qanotdan ko'proq hujum tashkil etishga harakat qilmoqda.

5. Ikki jamoaning chap qanot himoyachilari maydonda sirpanib ketish natijasida bir martadan oddiy vaziyatda to'pni o'tkazib yubordi.

5. Fol. G'iyosovga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

3. "Buxoro" hujumi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

2. Hakam VAr bilan suhbatlashib, o'yinni davom ettirish lozimligini bildirdi.

1. Maydon markaziga yaqin nuqtada "Buxoro" futbolchisiga nisbatan fol ishlatildi.

1. O'yin boshlandi. OKMK oq, "Buxoro" to'q binafsharang liboslarda harakat qiladi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Bugun O'zbekiston Superligasining 2025 yilgi mavsumiga start beriladi.

Reyting: -6   

Fikrlar

+14   
07 mar 20:58:45
Soccerland777
Илтимос, шу мутасаддилар анави тангир тунгур музикани запрет қилсин, бош оғриб кетди. Суннат тўймаску бу....
+11   
07 mar 22:02:58
Tulkin Alimov
Soccerland777 foydalanuvchining fikriga javob berish
Илтимос, шу мутасаддилар анави тангир тунгур музикани запрет қилсин, бош оғриб кетди. Суннат тўймаску бу....
Суннат тўйгаям керакмас.
+11   
07 mar 21:32:41
Soccerland777
Стадион бўм-бўш.........- Стадионга нега бормайсиз? - Борганим билан барибир 2:1 бўлади-ку! (Ҳожибой Тожибоев)
+9   
07 mar 21:01:41
Жаҳонгир Пўлатов
Qachon Davlat pullari bn moliyalashtirilish to’txtatilsa shunda jamoalarda futbolga bo’gan qarash o’zgaradi. Hozir tayyor pulni so’virish bn band. O’yinni ahvolini qarela bey begi na mazmun bor na sifat na oldindan o’ylangan kambinatsiyala na bir taktik sxema
+8   
07 mar 22:03:39
Шухратжон Муйсинович
1- турдан ОКМКда мухлис йўқку
+8   
07 mar 19:58:39
Набижон Темиров
Илтимос шархловчи ўртамиёна шархланг, ОКМК егизиб қўйган бўлса хам ўртада туринг,акс холда ТВАРЮГА бўлиб қоласиз...........................................,
+8   
07 mar 19:42:32
Eldor Nishonov
Hardoimgidek efirga uzatish 5 minut qoganda boshlandi sudya xushtagini cholish bn tugidi Futbol Tv busa uz nomi bn boshlamisanmi 20 -30 minut oldin odamlar his qimidi uyindi sal muhitdi bizda baribir efir sifati nol
+7   
07 mar 20:44:08
Xan
кечаги рома-атлетко уйинларни курганлар бу уйинларни кургисиям келмайдида,уйини ахволига қараннлар,хар 3та пасни 2тарси хато кетяпти,тупни дуч келган тамонга тепиб юборишлар куп кузатиляпти,хайронман булар мавсумга таёрланишда нимани урганишаркина
+6   
07 mar 21:45:40
Doniyor 1800
Telefonda olishganmi nima balo sifat umuman yo'q translyatsiyani undan keyin shu fan clubdagilar kavkaz asirasi muzikasini bizni futbolga nima aloqasi bor futbol muxlis bilandaey muxlis kam
+6   
07 mar 21:41:35
Исрофил Муминов
Яна бошланди судяларни савияси пастлиги бухоро нохак ютказди нетерал мухлисман
+5   
07 mar 21:30:16
Баходиржон 1912
Ахвол Чатоқ футбол ўлибти
+5   
07 mar 20:32:23
1994 Nurafshon
Хакам ва вардагилар Косимовдан куркиб ишлаетгандек куриняпди акс холда Агмк уйинчиси кизил курсатиш керак булган вазиятни узини курмагандек курсатди вардагилар хам хакамга айтмади бу ерда купол килиб айтганда вар чичиворди бунака варни боридан йуги яхши.
+5   
07 mar 20:27:36
rustam
Зачем в Алмалыке футбол? Болельщиков нет! Но есть деньги!
+4   
07 mar 21:55:04
Arsenal_21_
Ex qaçon bizdi kuçli çempionat böladi. ? Hamma narsa suniy muhlis yöq öyinda sifat yöq endi boşlandi hali bunaqa ötkinçi öyinlar köp böladi çunki 16 taga oşirdik и так 14 ham köp edi bizga ! Super ligaga 10 jamoa ham köpdek tuyiladi bazida bunday ötkinçi öyinlarni körib.
+4   
07 mar 21:39:22
Sodiq Nazarov
Шу стадионни ўрнига деҳқончилик қилинса ҳалққа кўпроқ фойдали бўларди
Бунақа футболни боридан йўғи на ўйин бор на мухлис...
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика