So’nggi yangiliklar

17:08TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛ ўзбек шарҳида ва бошқалар  0 16:39ФИФА платформасига интеграция: ПФЛ клубларга қатъий талаб қўйди  1 16:14"2027 йилги футбол бўйича U-20 Жаҳон чемпионатига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш чора-тадбирлари тўғрисида"ги Президент Қарори эълон қилинди  0 15:40Тошкент футболи — 100 ёшда  2 15:18МЮ истеъдоди атрофида ажиотаж: 12 та клуб у учун саф тортди  1 14:50Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячисини мақтади  2 14:22Ла Лигада навбатдаги истеъфо  0 13:53Ван Дейк Салоҳ билан суҳбати ҳақида гапирди  2 13:24"Эмери эффекти": "Астон Вилла" клуб рекордини ўрнатди  9 12:56Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади  34 12:28Мадрид клуби "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини кузатмоқда  2 11:57Ўзбекистоннинг икки гранди МТЖ аъзосига қизиқмоқда  18 11:31Водий клуби "Нефтчи" легионерига кўз тикди  6 10:44Педри Мессининг 15 йил аввал ўрнатган рекордини янгилади  2 10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  2

Superliga. "Nasaf"ning qoqilishi intrigani qaytaradimi? "Neftchi" uchun ajoyib imkoniyat Yangiliklar

Superliga. "Nasaf"ning qoqilishi intrigani qaytaradimi? "Neftchi" uchun ajoyib imkoniyat

Superligada intizorlik bilan kutilgan final bosqichiga yaqinlashgan sari har bir ochkoning qimmati oshib bormoqda.

Birozdan so'ng boshlanadigan vodiy derbisida ham ochkolar qiymati katta sahnaga chiqadi. 

Chempionlik intrigasi

Chempionlik poygasidagi etakchi “Nasaf” Toshkentda “Bunyodkor”ga qarshi bahsdf o'yindagi ustunlikni saqlab qololmadi va 2:2 hisobidagi durangga rozi bo'ldi. Bu natija — chempionlik ritmiga zarba bo'ldi, raqiblar uchun esa yangi umid eshigini ochdi.

Eng yaqin taqibchi — Farg'onaning “Neftchi” jamoasi endi barcha etiborni o'z qo'liga olmoqda. Agar farg'onaliklar navbatdagi turda vodiy derbisida “Andijon”ni mag'lub etsa, ochkolar orasidagi farq atigi ikkiga qisqaradi. Bu esa chempionlik intrigasini yana qaytarishi, musobaqaga yangi nafas bag'ishlashi mumkin.

Vodiy derbisi — ikki jamoa, ikki yo'nalish

"Andijon" va "Neftchi" o'rtasidagi bahs har doim his-hayajonga boy bo'lgan. Superliga tarixida bu ikki jamoa 52 marta to'qnash kelgan, ustunlik asosan mezbonlar — "Neftchi" tomonida. “Burgutlar” esa oxirgi bor 2016 yilda farg'onaliklarni mag'lub etgan. Keyingi besh bellashuvda “Neftchi” ikki bor g'alaba qozongan, qolgan uch o'yin durang bilan yakunlangan.

So'nggi bahslar natijalari:
09.05.2025 — "Andijon" 0:2 "Neftchi"
25.09.2024 — "Andijon" 0:0 "Neftchi"
12.05.2024 — "Neftchi" 2:2 "Andijon"
31.08.2023 — "Neftchi" 0:0 "Andijon"
08.04.2023 — "Andijon" 0:2 "Neftchi"


Taqvim va kurash manzarasi

"Andijon" hali Superligada qolish masalasini to'liq hal qilmagan. Ustama ravishda OCHL-2 bahslari ham ularning yukini og'irlashtiradi. Jamoa oktyabr oyini “Surxon” va “Sho'rtan”ga qarshi muhim uchrashuvlar bilan yakunlaydi.

“Neftchi” esa OKMK va pastdagi jamoalar — “Sho'rtan”, “Surxon”, “Buxoro”ga qarshi maydonga tushadi. Agar ular bu seriyada barcha uchrashuvlarda g'alaba qozona olsa, “Nasaf”ni jiddiy bosim kutmoqda.


Xulosa

Superligada chempionlik poygasi yana qiziy boshladi. “Nasaf”ning bitta qoqilishi butun mavsum manzarasini o'zgartirishi mumkin. Bu orada “Neftchi”ning ruhiy ustunligi va qulay taqvimi intrigadan umid qilishga asos beradi. Ammo musobaqa so'nggi metriga yaqinlashar ekan, barcha narsa faqat jamoalarning maydondagi javobida aniqlanadi. Hozircha eng muhim savol ochiq: “Neftchi” bu imkoniyatdan foydalana oladimi yoki “Nasaf” yana o'z kuchini namoyon etadimi?

Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
05 okt 20:49:08
salom salom
Ravshan Ruzikulov foydalanuvchining fikriga javob berish
Bu yil neftchi chempion bo'lsin. Faqat poytaxt jamoalari yoki nasaf chempion bo'laveradimi. Vodiyga ham kubok borsin. Nasafni og'ir taqvim kutib turibdi. Chempionlikdan umid qilmasa ham bo'laveradi
Nasaf chempion
   
05 okt 21:40:12
Sayfuddinovich86
Sayfuddinovich86 foydalanuvchining fikriga javob berish
Nasaf chempion !!!
Nasafga o'xshashi yo'q !!! NASAF --- CHEMPION !!!
   
05 okt 16:56:22
Холмирзаев Комил
АДМИН. ФУТБОЛНИ КУРИБ КЕЙИН ФИКР ЕЗИШ КЕРАК ИККИ МАРТА ХАМ БУНЕДКОР ОЛДИНДА ЭДИ. НАСАФ ТЕНГЛАШТИРДИ БИРИНЧИ ГОЛНИ. БУНЕДКОР УРДИ ДУРАНГ ВАКТИ БУНЕДКОР ИККИНЧИ ГОЛНИ УРИБ ОЛДИНГА ЧИКДИ. НАСАФ. ТЕНГЛАШТИРДИ
-1   
05 okt 18:19:19
Ravshan Ruzikulov
Bu yil neftchi chempion bo'lsin. Faqat poytaxt jamoalari yoki nasaf chempion bo'laveradimi. Vodiyga ham kubok borsin. Nasafni og'ir taqvim kutib turibdi. Chempionlikdan umid qilmasa ham bo'laveradi
-1   
05 okt 17:46:08
barselona7
Интрига? Сунъий интрига. Пахтакор чемпион бўлган йилларда ҳам шунга ўхшаш сунъий интригалар ташкил қилиш одат эди. Аммо на мухлис қайтган стадионга на қизиқиш ортган чемпионатга. Қачонки ҳалоллик бўлса қачонки ўйинлар тақдири майдондан ташқарида ҳал қилинмаса ўшанда ҳақиқат интрига бўлади ўшанда мухлис стадионга қайтади.
-1   
05 okt 17:26:10
Холмирзаев Комил
АДМИН ХАТОНИ ТУГРИЛАГИНИНГНИ ХАМ ЕЗ БУЛМАСА МАНИ ЕЗГАНИМ ТУШУНАРСИЗ БУЛИБ КОЛАДИ
-1   
05 okt 16:46:26
Sayfuddinovich86
Nasaf chempion !!!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика