So’nggi yangiliklar

09:53“Рома“ ҳужумчисига Туркия грандлари қизиқиш билдирмоқда  0 09:19“Реал Мадрид“ 60 миллион евролик трансфер бўйича келишувга эришди (Фабрицио Романо)  1 08:49Сергей Лушан: “Беш баллик тизимда менимча, жамоа ўйинини 3 баллга лойиқ кўрса бўлади”  1 08:20Мавсум якунида Ла Лигадан тушиб кетадиган яна бир жамоа номи маълум  2 07:51Аббосбек Файзуллаев кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  2 07:24Дахшат. “Аякс“ чемпионликни ПСВга “совға“ қилмоқда  4 02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  3 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  48 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  2 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  1 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  15 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  2 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1

Superliga. Ikkita qizil kartochka ko'rsatilgan va gol hisoblanmagan o'yinda "Nasaf" "Surxon"ni mag'lub eta olmadi Yangiliklar

Superliga. Ikkita qizil kartochka ko'rsatilgan va gol hisoblanmagan o'yinda "Nasaf" "Surxon"ni mag'lub eta olmadi

Bugun O'zbekiston Superligasining 21-tur uchrashuvlariga start berildi.

Nasaf

Zoran Marushich - 17'

Superliga. 21-tur

18/10/2024, 18:00

1
:
1
Tugadi

Surxon

Abdug'afur Haydarov - 62'

45'
90'
17'  Zoran Marushich
17'  SHerzod Nasrullaev
69'  SHerzod Nasrullaev
75'  Igor Golban (Dilshod Komilov)
75'  Javohir Sidiqov (Marko Stanoevich)
75'  Stefan CHolovich (Murodbek Rahmatov)
75'  Bobir Abdixoliqov (SHohjahon Sultonmurodov)
89'  G'olib G'aybullaev (Jambuli Jigauri)
62'  Abdug'afur Haydarov
62'  Asilbek Jumaev
63'  Farrux Ikromov (Asadbek Karimov)
65'  Sunnatulloh Hamidjonov
72'  Sarvar Abduhamidov
76'  Sarvar Abduhamidov (Nodirxon Nematxonov)
87'  Sunnatulloh Hamidjonov
90'  Behruz SHaydulov
90'  Asadbek Karimov (Tamirlan Jamalutdinov)

Superliga, 21-tur

"Nasaf" - "Surxon" 1:1
18 oktyabr 2024 yil. Qarshi, "Markaziy" stadion. 18:00
Hakamlar: Rustam Lutfullin, Ruslan Serazitdinov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Jahongir Noraliev
VAR: Akmal Rahimov
AVAR: SHohruh Azamov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Bekzod Aripov.

Gol: 1:0 — 17, Zoran Marushich (SHerzod Nasrullaev), 1:1 — 62, Abdug'afur Haydarov (Asilbek Jumaev).

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 5.G'olib G'aybullaev (70.Jambuli Jigauri, 89), 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdirahmatov, 9.Javohir Sidiqov (88.Marko Stanoevich, 75), 10.Bobir Abdixoliqov (3.SHohjahon Sultonmurodov, 75), 19.Stefan CHolovich (6.Murod Rahmatov, 75), 22.Igor Golban (4.Dilshod Komilov, 75), 32.Zoran Marushich, 34.SHerzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov.

Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 21.Doniyor Narzullaev, 23.Kuach Yuel, 28.SHuhrat Muhammadiev.

"Surxon": 1.Artyom Potapov, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 5.Jamoliddin Xo'janiyozov, 6.Behzod SHamsiev, 8.Humoyun SHerbo'taev, 10.Dmitriy Pletnev, 11.Abdug'afur Haydarov, 14.Sarvar Abduhamidov (4.Nodirxon Nematxonov, 76), 27.Asilbek Jumaev, 66.Behro'z SHaydulov, 98.Farruh Ikromov (77.Asadbek Karimov, 63, 9.Tamirlan Jamoliddinov, 90+2).

Zaxira: 86.Davron Merganov, 15. Diyor Ramazonov, 20. Sardor Mahmudov, 22.Javohir Jo'raev, 80.Diyor Jaloliddinov, 88.Mirjalol Abdumutalov.

Ogohlantirishlar: Sunnatulloh Hamidjonov (65), Sarvar Abduhamidov (72), Behro'z SHaydulov (90+6).

CHetlatish: SHerzod Nasrullaev (69), Sunnatulloh Hamidjonov (87, ikkinchi ogohlantirish).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+6. Ogohlantirish.

Behro'z SHaydulovga sariq kartochka ko'rsatildi.

90+5. Zarba!

Marushichdan yana bir urinish va Potapovdan yana bir mahoratli harakat.

90+3. Xavfli vaziyat!

"Surxon" qarshi hujumda qulay vaziyatdan foydalana olmadi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

87. CHetlatish.

Hakam G'aybullaevga nisbatan qo'pollik ishlatgan Hamidjonovga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatdi va uni maydondan chetlatdi. 

85. Zarba!

Marushich bir raqibini aldab o'tib, zarba yo'lladi. Potapov yana ishonchli harakat qildi.

84. Zarba!

Komilovning olis masofadan chap oyoqda yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.

78. Zarba!

Stanoevich tomonidan yo'llangan zarbani Potapov qaytardi.

75. O'zgarishlar.

"Nasaf" tarkibida birato'la to'rtta o'zgarish amalga oshirildi. Surxon"da esa bitta o'zgarish ro'y berdi.

74. Zarba!

Marushichning zarbasini Potapov egallab oldi.

72. Ogohlantirish.

Janjal ishtirokchilaridan biri Abduhamidovga sariq kartochka ko'rsatildi.

69. CHetlatish.

Ikki jamoa futbolchilari o'rtasida janjal yuzaga kelishi oqibatida Nasrullaevga qizil kartochka ko'rsatildi. VAR aloqaga chiqdi.

65. Ogohlantirish.

Hamidjonovga sariq kartochka ko'rsatildi.

62. GOL!

"Surxon" hisobni tenglashtirdi! Abdug'afur Haydarov raqib jarima maydonida chap oyoqda "Nasaf" darvozasining uzoq burchagini aniq nishonga oldi!

58. Zarba!

Abdixoliqovning navbatdagi zarbasiga ham aniqlik etishmadi. Hozircha Bobirning "ketmoni uchmayapti".

55. Zarba! 

"Nasaf"ning standarti CHolovichning zarbasi bilan yakunlandi, biroq Pletnyov to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

53. Zarba!

SHerbo'taevning jarimadan yo'llagan zarbasini Nematov egallab oldi.

49. Xavfli vaziyat! 

Abdixoliqov chap qanotdan oldinga bordi va Marushichga pas berishga harakat qildi, biroq  Potapov to'pni egallab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45+2. Zarba!

CHolovich dribling evaziga o'ng qanotda uch raqibidan o'tib ketib, markazga pas berdi. Abdixoliqovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Potapov yuzi bilan qaytardi. "Surxon" darvozaboni ancha vaqtdan so'ng bugun ham maydonga qaytmaganida, hisob yirik ko'rinish hosil qilishi mumkin edi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

44. Xavfli vaziyat! 

Bozorov raqibdan to'pni olib qo'ygancha o'ng qanotdan oldinga bordi va Abdixoliqovga pas berdi, biroq raqib himoyachisi to'pni qaytardi.

41. Xavfli vaziyat!

G'aybullaev raqib futbolchisining darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketishiga yo'l qo'ymadi. U Ikromovning qanday pas bermoqchi ekanligini uqib oldi va xavfni bartaraf etdi.

38. Zarba!

CHolovichning o'ng qanotdan uzatmasini Abdixoliqov bosh bilan darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi. U juda qulay nuqtada va darvoza chizig'iga atigi 4-5 metrlar yaqin masofada edi.

34. Zarba!

SHerbo'taevning chamasi 20-25 metrlardan yo'llagan jarima zarbasini Nematov qaytardi.

32. Bahsli vaziyat.

Burchak uzatmasidan so'ng Hamidjonovning zarbasi G'aybullaevning qo'liga tekkan ko'rinadi. Hakam VAR bilan muloqotga kirishdi va o'yinni davom ettirish kerakligini malum qildi. To'p qo'lga tekkan bo'lsa ham vaziyat yaqin masofada bo'lgani uchun penalti belgilamaslikka asos bor edi. 

27. GOL!

Bozorovning ajoyib pasidan so'ng Abdixoliqov raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va raqib darvozasini ishg'ol qildi. Biroq u o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan.

22. Zarba!

"Nasaf"ning burchak uzatmasi Golbanning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

21. Xavfli vaziyat!

Abdixoliqov chap qanotdan katta tezlikda oldinga borib, markazga pas berdi, biroq raqib himoyachilari to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

17. GOL! 

Nasrullaev tomonidan oyoqning tashqi qismi bilan uzatilgan to'pni Marushich bosh bilan darvozaga to'g'rilab qo'ydi!

16. Zarba!

Mezbonlarning navbatdagi kombinaciyasi G'aybullaevning zarbasi bilan yakunlandi. Marushichning pasidan so'ng jarima maydonida G'olibning chap oyoqdagi yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

12. Zarba!

Abdixoliqov raqib jarima maydoniga kirib bordi va chap oyoqda zarba yo'lladi, biroq Potapov o'z mahoratini ko'rsatdi. 

11. Xavfli vaziyat! 

Bozorovning superpasidan so'ng chap qanotdan oldinga borgan Abdixoliqov jarima maydoniga kirib bordi va zarba yo'llash o'rniga pas berishga qaror qildi, biroq "Surxon" himoyachilari xavfni bartaraf etishdi.

9. Fol

Abduhamidov hujumda qoidabuzarlik sodir etdi. U raqib futbolchisini aldab, jarima maydoni ichiga kirishga harakat qilib ko'rgandi.

6. Zarba!

O'ng qanotdan uzatilgan to'p Marushichning zarbasi bilan yakunlandi. "Surxon" himoyachisiga tekkan to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi. 

4. Xavfli vaziyat! 

"Nasaf"ning ikki futbolchisi raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi. Biroq Potapov epchillik bilan to'p yo'liga peshvoz chiqdi.

2. Xavfli vaziyat!

Sidiqovning standart vaziyatdan uzatgan to'piga Golban zarba bera olmadi. Uning himoyachi ekanligi bilinib qoldi. Qolaversa, u to'pni o'ziga qalar etib kelishini kutmagandi.

1. O'yin boshlandi. "Nasaf" qizil, "Surxon" sariq rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика