So’nggi yangiliklar

12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  1 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  0 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  3 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  7 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  5 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  2 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  1 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Пахтакор" билан шартнома имзолади  8 00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  4

Superliga: “Nasaf” - “Buxoro”. Prevyu Yangiliklar

Superliga: “Nasaf” - “Buxoro”. Prevyu

Teglar :  NasafBuxoro
“Nasaf” 9 mart juma kuni o'z maydonida Superliganing 2-tur uchrashuvini “Buxoro” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Mazkur uchrashuv ikki qo'shni viloyat futbolida derbi maqomiga ega. Yani, futbol ishqibozlari bu safar qo'shnilar derbisi guvohi bo'lishadi.


O'zbekiston Superligasi-2018. 2-tur
“Nasaf” (Qarshi) – “Buxoro” (Buxoro)
09.03.2018. “Markaziy” stadion. 18:00da
Bosh hakam: 
Viktor Serazitdinov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Ravil SHoyaxmetov (Toshkent), Akbar Po'latov (Toshkent)
Zaxira hakami: Isxax Ibrohimov (Nukus).
Nazoratchi: Rashid Aytekov (Toshkent).    
Uchrashuv komissari: Roman CHernikov.

O'zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar milliy chempionatimizda shu paytgacha o'zaro 40 marta kuch sinashganlar. O'zaro bo'lib o'tgan  uchrashuvlarning 21 tasida "Nasaf"ning qo'li baland kelgan. 9 uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan bo'lsa, 10 uchrashuvda buxorolik futbolchilar g'alabaga erishgan.

To'plar nisbati bo'yicha ham ustunlik "Nasaf" tomonida 69-39. “Nasaf”ning “Buxoro” jamoasi ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g'alabasi - 6:0. Bu uchrashuv 2001 yili 30 may kuni Buxoroda bo'lib o'tgan. “Buxoro” jamoasi esa 5:1 - eng yirik hisobda g'alabaga erishgan. Bu uchrashuv ham 1999 yili 20 iyunda Buxoroda bo'lgan.


Qarshidagi o'zaro uchrashuvlarga oid

Ushbu jamoalar milliy chempionat doirasida Qarshida o'zaro 20 marta kuch sinashganlar. Qarshida bo'lgan uchrashuvlarning 14tasida jamoa g'alaba nashidasini surgan. Qolgan 6 uchrashuvda durang natijalar qayd etilgan. “Buxoro” jamoasi hozirgacha Qarshida “Nasaf”ni mag'lubiyatga uchrata olgani yo'q.

Qarshidagi o'zaro uchrashuvlarda darvozalarga jami 49ta to'p kiritilgan, to'plar nisbati 49-9 tashkil etmoqda. Ustunlik "Nasaf" tomonida.

"Nasaf" Qarshida o'tkazilgan uchrashuvlarda “Buxoro”ni etti marta 3:0 hisobida va bir marta 4:2, 3:1 hisoblarida mag'lubiyatga uchratgan. Mazkur jamoalar Qarshidagi uchrashuvlarda uch mart maydonni golsiz tark etishgan.

Qarshida bo'lib o'tgan  so'nggi besh uchrashuv  

09.03.2017. “Nasaf” – “Buxoro” 2:1
09.09.2016. “Nasaf” – “Buxoro” 3:0
22.08.2015. “Nasaf” – “Buxoro” 0:0
29.03.2014. “Nasaf” – “Buxoro” 3:0
16.03.2013. “Nasaf” – “Buxoro” 3:1

Uchrashuvlarning boshlanish vaqti

“Nasaf” – “Buxoro” uchrashuvi 9 mart juma kuni “Markaziy” stadionda soat 18:00da boshlanadi. Mazkur jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi uchrashuv esa 8 mart kuni “Geolog” stadionida soat 16:00da boshlanadi. Barcha futbol ishqibozlarini ushbu uchrashuvlarga taklif etib qolamiz.



Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика