So’nggi yangiliklar

08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  0 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  4 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  5 02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  67 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  4 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  5 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда "Фулхэм" билан дуранг ўйнади  33 21:40БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Хорфаккан"ни мағлуб этди, Ғаниевдан иккита ассист  4 20:57"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки футболчисини нишонга олди  5 20:23Рабьога "Наполи", "Милан" ва турк клублари қизиқиш билдирмоқда  0 19:50ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда ғалабага эришди, Раҳмоналиев кетма-кет бешинчи ўйинда захирада қолдирилди  6 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  4 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  14

Superliga. "Paxtakor" Buxoroda 6ta gol urdi Yangiliklar

Superliga. "Paxtakor" Buxoroda 6ta gol urdi

Teglar :  BuxoroPaxtakor
Superliganing 29-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH

O'yin boshlandi. 3-daqiqada Yaxshiboevning jarima zarbasidan oshirgan to'pini CHeran darvozaga yo'lladi - 0:1.

11-daqiqada Yaxshiboevning aniq zarbasidan so'ng Tursunboev to'pni qaytardi. 15-daqiqada Omonovning zarbasidan keyin Suyunov to'pni ushlab oldi. 

19-daqiqada Gonsalveshning aniq zarbasidan so'ng Tursunboev to'pni ushlab oldi.

33-daqiqada Simichning oshirgan to'pidan so'ng Ismoil Gonsalvesh yaqin masofadan boshi bilan deyarli bo'sh darvozani ishg'ol qildi - 0:2. 

40-daqiqada burchak zarbasidan keyin raqib jarima maydonida chaqqonroq o'ynagan Ismael dublini nishonladi - 0:3.

60-daqiqada Tiago Bezerra 18 metrlardan belgilangan jarima zarbasini darvozaning yaqin yuqori burchagiga qoyilmaqom tarzda joylab qo'ydi - 0:4.

61-daqiqada qanotdan oshirilgan to'pni Akobir To'raev boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi - 1:4. 

73-daqiqada SHixov jarima maydoni tashqarisidan chiroyli gol muallifiga aylandi - 2:4.  

77-daqiqada uzoq davom etgan hujumni Farrux Sayfiev gol bilan yakunladi - 2:5. 

90+4-daqiqada Iskanderov yaqin masofadan darvozani ishg'ol qildi - 2:6

O'yin tugadi "Paxtakor" 6:2 hisobida g'alaba qozondi.


18:00 -  “Buxoro” — “Paxtakor” 2:6
Hakamlar: 
Vladislav Ceytlin, Rishat Nug'monov, Doniyor Saylavov, Komil Rasulov.
Nazoratchi: Dmitriy Roman.
Komissar: Laziz Qo'chqorov.

Gollar: Dragan CHeran 3, - 0:1 (Jasur Yaxshiboev). Ismoil Gonsalvesh 33, - 0:2 (Marko Simich). Ismoil Gonsalvesh 40, - 0:3. Tiago Bezerra 60, - 0:4. Akobir To'raev 61, - 1:4. Sanat SHixov 73, - 2:4. Farrux Sayfiev 77, - 2:5. Jamshid Iskanderov 90+4, - 2:6.

“Buxoro” : Tursunbaev Akmal, Amanov Bobir, Amanov  Arslanmurat, SHixov Sanat,  Mullajonov SHavkat, SHodmonov Behruz,  Hasanov Rabbimjon (To'raev Akobir, 46), Ismoilov Ergash, Larinov Vlad, Ibragimov Aziz,  Qahramonov Javohir.
Zaxira: Amonov Asilbek, Filiposyan Artyom, Erkinov SHahboz, Berdimurodov Raxmatullo, Jumaev Mirjalol, Nematov Suhrob, Bahodirov Qahramon, Muhiddinov Mirfayz.  

“Paxtakor”: Suyunov Eldorbek, Sayfiev Farrux, Krimec Egor (Tojiev Kamoliddin, 46), Simich Marko, SHorahmedov Akmal, Ahmadov Jahongir, Ahmedov Azimjon, Yaxshiboev Jasur, CHeran Dragan, Gonsalvesh Ismael (Abdurahimov Bahrom, 76), Bezerra Tiago.
Zaxira: Aleksandr Lobanov, Xojiakbar Alijanov, Dilshod Raxmatullaev, Masharipov Jaloliddin, Iskandarov Jamshid, Kozak Vladimir, Sindarov Sobit.

Ogohlantirishlar: Aziz Ibragimov 9, Jasur Yaxshiboev 70, Akobir To'raev 79, Behruz SHodmonov 82, Marko Simich 90, SHahboz Erkinov 90.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика