So’nggi yangiliklar

10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  1 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  2 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  1 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  10 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  13 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  12

Superliga. "Qizilqum" safarda bir kishi kam bo'lib qolgan "Bunyodkor" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Superliga. "Qizilqum" safarda bir kishi kam bo'lib qolgan "Bunyodkor" bilan durang o'ynadi

Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Qizilqum" uchrashuvi yakunlandi.

"Bunyodkor" – "Qizilqum" 0:0

12.04.2025, 20:15

Bosh hakam: Rustam Lutfullin

Yordamchi hakamlar: Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin

Zaxira hakami: Diyar Temirbekov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

VAR: Naim Qosimov

AVAR: Roziyabonu Yusupova

Komissar: Adelya Kurmaeva

"Bunyodkor": 1. Abdumavlon Abdujalilov, 2. Nikoloz Mali, 4. Najmiddin Normurodov, 7. Odil Hamrobekov, 8. Martin Shroler (30. Sardor Abdunabiev, 81), 9. Imedia Ashortia (57. Amir To'raqulov, 81), 10. Rasul Yo'ldoshev (11. Temirxo'ja Abduxoliqov, 66), 18. Narimon Ahmadjonov, 23. Asadbek Rahimjonov, 74. Luis Kachorri, 77. Muzaffar Olimjonov (22. Aziz Amonov, 54)

Zaxira: 13. Hamidullo Abdunabiev, 17. Ollobergan  Karimov, 66. Aziz To'lqinbekov, 19. Farruh Qodirov, 21.Nosir Abdusalomov.

"Qizilqum": 1. Sanjar Quvvatov, 4. Ilhom Vahobov (23. Samandar Shukurullaev, 50), 88. Dushan Miyich, 5. Dilshod Komilov, 15. Nikola Kumburovich, 79. Diyor Rahmuatullaev (33. Sulton Rahmatov, 90+3), 77. Fayzullo Jumanqo'ziev (7. Davron Anvarov, 84), 8. Shahzod Rahmatullaev, 18. Farhod Bekmurodov, 11. Jambuli Jigauri, 10. Roman Papariga (70. Alen Mashovich, 90+3).

Zaxira: 30. Farhod Rahmatov, 6. Murodali Usmonov, 17. Akmal Muzaffarov, 22. Shahzod To'ropov, 9. Humoyun Abdualimov.

Ogohlantirishlar: Ilhom Vahobov (17), Roman Papariga (32), Nikola Kumburovich (75), Nikoloz Mali (75)

Chetlatish: Temirxo'ja Abduxoliqov (75)

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+5. Jigaurining jarimadan uzatmasi zarba bilan tugadi, ammo "Bunyodkor" posboni to'pni egallab oldi.

90+3. "Qizilqum" tarkibida ikki o'yinchi almashdi.

90+1. Omonov tomonidan yo'llangan zarbaga biroz aniqlik etishmadi.

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

87. "Qizilqum" futbolchisining xavfli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

84. "Qizilqum" o'zgarishga qo'l urdi.

81. "Bunyodkor" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

75.Temirxo'ja Abduxoliqov maydondan chetlatildi. U qo'pollik uchun emas, sportga xos bo'lmagan so'zlardan foydalangani uchun jazolandi. Shuningdek, yana ikki futbolchi ogohlantirildi.

74. Jumanqo'ziev "Bunyodkor"ning tezkor hujumini bartaraf etdi. Burchak uzatmasi zarba bilan yakunlandi. Quvvatov yana ishonchli harakat qildi.

73. "Bunyodkor" futbolchilarining navbatdagi zarbasi kuchli chiqmagani bois Quvvatovga qiyinchilik tug'dirmadi.

68. "Qizilqum" futbolchisining yaqin masofadan yo'llagan zarbasini mezbonlar himoyachisi qaytardi.

67. Zarba! Kachorri tomonidan yo'llangan zarba darvoza to'siniga tegib qaytdi.

66. "Bunyodkor"da o'zgarish sodir bo'ldi.

63. Omonov Kachorrini birga-bir vaziyatga chiqarishga harakat qildi, biroq uning pasi ko'ngildagidek chiqmadi.

59. Omonovning olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

58. Hamrobekovning pasi zarbaga aylandi, ammo Quvvatov hushyorlikni boy bermadi.

55. Ashortianing raqib jarima maydoniga uzatmasi o'tmadi. Burchak zarbasini Quvvatov urib yubordi.

54. "Bunyodkor" tarkibida o'zgarish amalga oshirildi.

52. "Bunyodkor"da yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. Olimjonov raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo u zarba berish o'rniga pas berishga qaror qildi, ammo noaniq.

51. Ahmadjonov tepgan to'pni Quvvatov egallab oldi.

50. "Qizilqum" tarkibida o'zgarish amalga oshirildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

40. "Bunyodkor" futbolchisi chap qanotdan raqib jarima maydoniga kirib borib, zarba yo'lladi, ammo noaniq.

34. Shroler raqib jarima maydoniga kirib borishga harakat qildi va burchak zarbasi ishladi.

32. Maydon markazida qo'pol o'yin namoyish etgan Papariga ogohlantirildi.

31. Shrolerning jarimadan yo'llangan zarbasini mehmon himoyachi qaytardi. Burchak uzatmasi esa mezbonlarning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

30. "Qizilqum" darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi.

27. Malining uzatmasini "Qizilqum" darvozaboni egallab oldi.

25. Rahmatullaevning zarbasiga aniqlik etishmadi.

23. Papariga ofsaydda qolib ketdi.

22. Ashortianing aylanma zarbasiga aniqlik etishmadi.

20. Raqibdan to'pni olib qo'ygan Jigaurining zarbasi rekoshet orqali maydon tashqarisiga chiqib ketdi. 

19. Ashortianing jarimadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

17. "Qizilqum" jarima maydonida yaqinida standart vaziyat yuzaga keldi. Maliga nisbatan fol ishlatgan Vahobov ogohlantirildi.

14. Mezbonlar tomonidan yo'llangan zarbaga aniqlik etishmadi.

12. Jumanqo'zievning pasini mezbon himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak zarbasi.

10. Zarba! Jigaurining raqib jarima maydoni yaqinidan yo'llagan zarbasi kuchli bo'lmadi. "Bunyodkor" darvozaboni to'pni egallab oldi.

6. "Qizilqum" burchak zarbasi ishlab oldi. Uzatmani himoyaga yordamga etib kelgan Kachorri qaytardi.

4. Zarba! Jumanqo'zievning pasidan so'ng Papariga noaniq zarba yo'lladi.

1. O'yin boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Bunyodkor" to'q binafsharang, "Qizilqum" qizil rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика