So’nggi yangiliklar

14:36Вирц ёзда "Реал"га ўтадими?  1 14:08Парротт Ирландия терма жамоасининг ноёб ўйинчисига айланди  1 13:39U-19 чемпионати. "Машъал" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, 3-ўринни қўлга киритди  1 13:21Ўруновнинг клубдоши: "Эрон бошқа жамоа, ука"  11 12:54Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Эрон асосий таркибида йўқотиш  0 12:37Эксперт фикри. Санжар Турсунов: "Шу руҳда давом этсак Миср ҳам, бошқа рақиблар ҳам қўрқинчили бўлмайди"  3 12:10Самуэле Инасио: "Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати мен учун мундиал олдидан тажриба бўлди"  2 11:50Ўзбекистонлик ҳакамлар Бразилия – Франция учрашувида ишлайди  4 11:20МЮ Харри Магуайр бўйича якуний қарорга келди  4 10:42Исроиллик футболчи 99 йилга футболдан четлатилди  9 10:15"Реал"нинг икки нафар футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин   3 09:47Футзал. Бугун 5-тур баҳсларига старт берилади  0 09:20"Оила футболдан муҳимроқ." Адвокат оилавий сабабларга кўра ҳал қилувчи ўйин олдидан Кюрасао терма жамоасини тарк этди  1 08:55Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди  65 08:28Англия терма жамоаси 71 йиллик рекордни такрорлади  8

Superliga. 9ta klub dastlabki 3ta turda faqat bir xil formadan foydalandi. Bunga sabab nima? Yangiliklar

Superliga. 9ta klub dastlabki 3ta turda faqat bir xil formadan foydalandi. Bunga sabab nima?

Bugun Superligada 4-tur bahslari start oladi.

Ortda qolgan 3ta tur davomida klublarimiz foydalangan formalarga etibor qaratdik.

PFL mavsumdan oldin har bir klubimizning uy va safar formalarini taqdim etdi. Dastlabki uchta turda faqatgina 5ta klub uy va safar formalaridan foydalandi xolos. Bular "Navbahor", "Dinamo", "Qizilqum", "So'g'diyona" va "Metallurg".

9ta klub esa uyda ham, safarda ham bir xil rangli formalarda maydonga tushdi. Bazi klublarda ikkinchi forma hali ham etib kelmagan bo'lish ehtimoli katta. Bazi klublarda safar formalari bor, ammo rangi mezbon formasiga o'xshash bo'lgani bois boshqa futbolkada maydonga tushgan bo'lishi mumkin.

"Nasaf" faqat qizilda o'ynadi (safardagisi ko'k)
"Olimpik" faqat oqda o'ynadi (safardagisi qizil)
"Paxtakor" faqat oqda o'ynadi (uydagisi ko'k)
"Bunyodkor" faqat ko'kda o'ynadi (safardagisi oq)
"Neftchi" faqat sariqda o'ynadi (safardagisi yashil-oq)
OKMK faqat oqda o'ynadi (safardagisi ko'k)
"Andijon" faqat qizilda o'ynadi (safardagisi oq)
"Lokomotiv" faqat qizilda o'ynadi (safardagisi oq)
"Surxon" faqat sariqda o'ynadi (safardagisi ko'k)

P.S. Biroz avval PFL 4-turda klublar foydalanadigan formalarni elon qildi. Unga ko'ra "Lokomotiv" mavsumda ilk bor oq rangli futbolkada o'ynaydi. "Nasaf" ham birinchi marta ko'k rangli libosda maydonga tushadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика