So’nggi yangiliklar

15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  0 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  0 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  21 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  4 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  4 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  19 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4

Superkubok uchun Lopetegiga 4 xil taktik sxema Yangiliklar

Superkubok uchun Lopetegiga 4 xil taktik sxema

Xabaringiz bor, bugun tunda Evropa Superkubogi uchun bahsda maydonga Madridning ikki klubi "Real" hamda "Atletiko" jamoalari tushishadi.

Jamoa boshqaruvini yaqinda qo'lga olgan Lopetegi uchun og'ir sinov, mavsum deyarli boshlandi. "Real Madrid" bosh murabbiyi, o'zidan avval klubda ishlagan hamkasblari kabi qiyin tanlovni amalga oshirishi va yulduz futbolchilardan bazilarini asosiy tarkibdan tashqarida qoldirishga majbur. Bask tanlovi qanday bo'ladi va u bu vazifani qanchalik uddalaydi bugun birinchi sinovda ko'rib olamiz.

Ispaniyaning mashhur nashrlaridan biri hisoblanmish "Marca" murabbiy qo'llashi mumkin bo'lgan variantlarni tahlil qilishga harakat qilib ko'rgan. Lopetegi yarim himoya va hujumdagi 6 o'ringa, 7 nafar nomzodni qanday sig'diradi? Lopetegi uchun kunning asosiy bosh og'rig'i shunda.

1. Kazemiro zaxirada qolsa...


Bu juda jiddiy qadam bo'lardi. Sababi aynan Kazemiro so'nggi yillarda eng muhim va tarkibdan olinmaydigan futbolchi hisoblanardi. Kazemiro maydon markazida balansni taminlaydi, lekin Lopetegi to'pga ko'proq egalik qilish, o'yin tizginini o'z qo'lida ushlab turishni xohlaydi va bu yo'lda yuqori pressingga murojaat qiladi. SHu sababli ham murabbiy markazda Isko, Kroos va Modrich uchligini tanlashi mumkin.

2. Asensio zaxirada qolsa...


"Real Madrid" yangi mavsumda shubhasiz Marko Asensiodan umidi katta. Ammo, Lopetegi maydonning markaziy qismida zichlik yuzaga keltirishni istashi mumkin, bunda Beyl va Benzema hujumchi rolida bo'lsa, ularning o'rtasida, orqaroqda Isko harakat qiladi. Bunday taktika "Real"ni tezkorlikdan ayiradi, lekin pressing amalga oshirishda qo'l kelishi mumkin.

3. Benzema zaxirada qolsa...


Lopetegi "to'qqizlik"siz harakat qilib ko'rishi mumkin, lekin buning ehtimoli juda kam bo'lgan variantlardan biri.

4. Modrich zaxirada qolsa...

Katta ehtimol bilan, Luka Modrich o'yinni zaxira o'rindig'ida boshlaydi, chunki u jamoaga yaqinda qo'shildi va mashg'ulotlarni boshlaganiga hali ko'p bo'lmadi. Tahminimizcha, uzoq mavsum va og'ir JCH dan so'ng, futbolchi hali charchog'i chiqmagan va 100% tayyor emas.

"Marsa" talqiniga ko'ra taxminiy tarkiblar:

Nima bo'lgan taqdirda ham, Lopetegi iloji boricha oxirigacha asosiy tarkibini sir tutishga harakat qilyapti. Bu narsani mashg'ulotda Navas va Kurtuaning almashishidan ham, murabbiy ko'plab futbolchilarning oldiga kelib, indiindividual suhbatlar o'tkazganidan ham sezish mumkin.


Sports.ru saytidan Omonjon To'xtamirzaev tarjima qildi

Reyting: +28   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика