So’nggi yangiliklar

11:40Нагельсманн Германиянинг ноябрь ойидаги йиғинидан тажриба майдони сифатида фойдаланиш ниятида эмас  0 10:49АПЛнинг ўртамеёна жамоаси "Барселона" футболчисига 80 миллион евро беришга тайёр  3 10:00Стивен Жеррард Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  2 09:32"Реал" Винисиусга нарх қўйди  11 09:07Лионель Месси: "Умид қиламанки, қачондир қайтаман"  2 08:41Италия МТЖ собиқ мураббийи "Ал Садд" бош мураббийи бўлади (Фабрицио Романо)  2 08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёнинг иккита жамоаси плей-оффда. Кечаги кун натижалари билан танишинг  1 07:18U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун бизни гуруҳдаги ҳал қилувчи учрашув кутиб турибди  12 01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  8 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0 00:15Туркияда 1000 дан ортиқ футболчи қимор можароси сабабли четлатилди. Рўйхатда "Галатасарой" ва "Бешиктош" ўйинчилари ҳам бор  6 23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  3 22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  3

Superkubok-2022. Slavche Voyneski: "Mavsum yakunida ham sovrinlarni qo'lga kiritgan holda matbuot anjumaniga kirishni istayman" Yangiliklar

Superkubok-2022. Slavche Voyneski: "Mavsum yakunida ham sovrinlarni qo'lga kiritgan holda matbuot anjumaniga kirishni istayman"

O'zbekiston Superkubogi-2022 doirasidagi o'yindan keyingi matbuot anjumanida "Paxtakor" bosh murabbiyi Slavche Voyneski qatnashdi.

Unga o'yinning eng yaxshi futbolchisi Dragan CHeran hamrohlik qildi.

"Uchrashuv juda qiyin bo'ldi. Juda shakllangan jamoaga qarshi o'ynadik. Birinchi navbatda jamoa azolariga rahmat aytaman. Ular maydonda bor mahoratlarini ishga solishga harakat qilishdi. "Nasaf"ga qarshi o'ynash oson bo'lmadi, birinchi bo'limda raqib futbolchilariga imkon bergan holda o'ynadik. Ikkinchi taymda esa to'p nazoratini o'z tomonimizga og'dirgan holda g'alabaga erishdik. Superkubokni qo'lga kiritdik va bundan buyon xotirjam bo'lishimiz kerak emas. Mavsum yakunida ham sovrinni qo'lga kiritgan holda matbuot anjumanida qatnashishni istayman", - dedi Slavche Voyneski.

"Juda principial o'yin bo'ldi. Kubok finalidagi mag'lubiyat uchun revansh olishimiz kerak edi. Mavsumni yaxshi boshladik. Hozir ko'zimizni ochamiz va uch kundan keyin Samarqandda yana bir qiyin o'yin kutib turibdi. Yana bir bor chempionlikni qo'lga kiritmoqchimiz", - dedi Dragan CHeran.


- Suyunovning holati qanday?
- U tizza qismidan jarohat oldi. 24 soat ichida uning holati haqida to'liq malumot olamiz. Eldorning aytishicha bu joyidan oldin ham jarohat olgan ekan.

- CHeran baribir hujumchi ortida o'ynaydigan o'yinchi. Mavsum davomida u hujumda o'ynaydimi? Yoki Mirjahon Mirahmadovga ham imkon beriladimi?
- Mavsum uzoq davom etadi. SHu bois barcha futbolchilarga imkon beramiz, shu jumladan Mirahmadovga ham. Sof hujumchi sifatida o'ynash yoki hujumchi ortida o'ynash esa futbolchining o'ziga bog'liq.

- Murabbiy sifatida oldin ham sovrin yutganmisiz?
- Turkiyada ham sovrin yutganman, ammo Superkubokni ilk bor yutdim.

- "Paxtakor"dagi ilk matbuot anjumanida siz 100 foiz hujumkor o'ynaymiz degandingiz. Bugun "Paxtakor" qanchalik hujumkor o'ynadi deb o'ylaysiz?
- Birinchi galda hujumkor o'yin degan narsaga oydinlik kiritib olishimiz kerak bo'ladi. Bu 90 daqiqa davomida hujumda o'ynash emas kerak paytda hujumga o'tish va o'sha hujumdan natija chiqarish degani.

- Uch yildan buyon Superligada to'purar bo'layapsiz. Bu yil nechta gol urishni maqsad qilgansiz?
Dragan CHeran:
- Aniq bir raqamni ayta olmayman, futbol jamoaviy o'yin. SHu bois qancha gol ursam ham jamoamga foyda keltirsam bo'lgani. "Paxtakor" - ikkinchi uyim. Boshqa jamoaga o'tish haqida umuman o'ylamaganman.





Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика