So’nggi yangiliklar

07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  1 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  0 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  6 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  5 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  11 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8

Sulsher "Derbi"ga qarshi o'yindan oldingi matbuot anjumanida Pogba, Brunu va jarohatlanganlar haqida gapirdi Yangiliklar

Sulsher "Derbi"ga qarshi o'yindan oldingi matbuot anjumanida Pogba, Brunu va jarohatlanganlar haqida gapirdi

Ertaga Angliya kubogi doirasida "Manchester Yunayted" jamoasi "Derbi Kaunti" mehmoni bo'ladi.

Biroz avval mankunianliklar bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

- Deniel Jeyms katta ehtimol bilan bu o'yinni ham o'tkazib yuboradi. Markus (Reshford) va Pol (Pogba) hozircha o'ynashga tayyor emas. O'ylashimcha, Aaron (Van-Bissaka) ham o'ynay olmaydi. Bugun u tekshiruvdan o'tadi, ammo u "Everton" bilan bahsda belida og'riq his qildi. SHunday ekan, u ertaga to'p tepa olmasligi mumkin.


Pol Pogba haqida

"Pol ochiq maydonda fizioterapevt bilan ishlashda davom etmoqda va keyingi haftaga qadar asosiy jamoa bilan birga shug'ullanmaydi. Keyin esa u formasini qachon tiklashini ko'ramiz, buning uchun vaqt kerak".

De Xeaning o'rniga Romero o'ynaydimi?

"Buni hal qilib ulgurmadik. Romero o'ynagan bellashuvlarda o'zini yaxshi ko'rsatdi. Ochig'ini aytsam, David har bir uchrashuvda ishtirok etayotgani uchun vijdonim qiynalmayapti. U ajoyib o'ynaydi, seyvlar qiladi".

Ueyn Runining qaytishi haqida

"U "Manchester Yunayted" uchun qantastik o'yinchi bo'lgan va bu erda uzoq yillar o'ynagan. U klubning eng yaxshi to'purari, u juda ko'p sovrinlar yutgan. Muxlislar buni qadrlashadi deb o'ylayman. Agar uchrashuv "Old Trafford"da o'tganida muxlislar Runini qaynoq kutib olishgan bo'lardi".

Brunu Fernandeshning jamoaga qo'shayotgan hissasi

"Hayron qolmayapman, chunki uning maydonda nimalar qila olishini va uning etakchilik sifatlarini ko'ryapman. Biz aynan shunday tasirni kutgan edik, lekin yuz foiz amin emasdik. Bazi o'yinchilar uchun adaptaciyaga 6 oy kerak bo'ladi. Ammo, biz uni sifatlari uchun qo'lga kiritishni istagandik. Brunuga bu erlar yoqmoqda. U jamoani ruhlantirib, atmosferani yaxshilamoqda".

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика