Sulsher argentinalik futbolchining “Manchester Yunayted”dan ketishini taqiqlab qo'ydi Yangiliklar

Sulsher argentinalik futbolchining “Manchester Yunayted”dan ketishini taqiqlab qo'ydi

Markos Roxo Manchesterda qoladigan bo'ldi.

“The Sun” xabariga ko'ra, Markos Roxo qishki transferlar vaqtida “Yunayted”ni tark etishni rejalashtirgandi. Biroq jamoa ustozi Ole-Gunnar Sulsher 29 yoshli himoyachining ketishiga taqiq qo'ydi. Bunga Roxoning so'nggi o'yinlardagi harakatlari sabab sifatida ko'rsatilayotgani aytilmoqda.

Eslatib o'tish joiz, yozgi transferlar vaqtida Markosning “Everton”ga o'tishi amalga oshmay qolgandi.

Roxo joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida APLda 2 ta o'yinda maydonga tushdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика