Suares mavsum oxirida jamoani tark etadi
15 may 2022 23:55
Yangiliklar
Suares mavsum oxirida jamoani tark etadi
"Atletiko" klubi hujumchi Luis Suares mavsum oxirida jamoani tark etishini elon qildi.
Klub bugun Ispaniya chempionatining 37-turidan o'rin olgan "Sevilya"ga qarshi bahs 35 yoshli urugvaylik futbolchi uchun "Vanda Metropolitano"dagi bo'lib o'tadigan so'nggisi bo'lishini malum qildi.
Yarim himoyachi Ektor Errera ham mavsum yakunlangach, Suares bilan birga “Atletiko”ni tark etadi.
Suares 2020 yil sentyabridan buyon “Atletiko”da to'p suradi. Joriy mavsumda hujumchi jamoasi safida 43 o'yinda 13 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ektor Errera 2019 yil iyulidan buyon “Atletiko Madrid”da o'ynab kelmoqda, joriy mavsumda u madridliklar safida 26 o'yinda ishtirok etdi va birorta gol ura olmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar