So’nggi yangiliklar

20:55"Челси" етакчисини жамоада сақлаб қолиш учун унга катта маош таклиф қилмоқда  2 20:26Анвар Ғофуров: "Бугун бизга омад кулиб боқди деб ўйлайман"  0 20:10Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  51 20:05Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" яхши ҳимояланди ва жипс ҳаракат қилди"  5 19:50Роналду Португалиянинг ўртоқлик ўйинларини ўтказиб юборадиган бўлди  0 19:37Ислом Исмоилов: "Гол ўтказмаслик сериясини узоқ давом эттиришни мақсад қилгандик"  11 19:25Мирко Йеличич: "Ҳозирча даражамиз "Нефтчи" билан бир хил эмас ва буни тўғри тушуниш керак"  2 19:15Суперлига. "Нефтчи" – "Локомотив" 3:1   1 19:14"Андижон" "Машъал" устидан ишончли ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 18:40Суперлига. "Сурхон" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Насаф"дан устун келди  47 18:26Рафинья Неймарнинг Жаҳон чемпионатида Бразилия терма жамоасига қўшилиши ҳақидаги саволга жавоб берди  1 18:00Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди  71 16:25Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қозоғистон U-16'га мағлуб бўлди  1 15:36Шармандагарчилик давом этади: CAF Садио Манеден Африка Миллатлари Кубогининг энг яхши ўйинчиси совринини қайтаришни талаб қилди  12 14:41Руни тарихдаги энг ёмон Жаҳон чемпионатини айтди  13

Statistika aldamaydi yoxud bir yil oldin "Lester" qaysi pog'onada edi? Yangiliklar

Statistika aldamaydi yoxud bir yil oldin "Lester" qaysi pog'onada edi?

Kecha Angliya premer-ligasi 16-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuvda "Lester" klubi o'z uyida "CHelsi"ni qabul qilib 2:1 hisobida zafar quchdi.

Bu g'alabadan so'ng Klaudio Raneri boshchiligidagi "tulkilar" Angliya premer-ligasida yana peshqadam bo'lib olishdi. "Lester" bir yil oldin APLda 16ta turdan so'ng 10 ochko bilan musobaqa jadvalining eng so'nggi (!) pog'onasida joylashgandi. Roppa-rosa bir yildan so'ng bu jamoa dunyoning eng tomoshabop ligasida birinchi o'ringa chiqib oldi. Qizig'i o'tgan mavsum shu davrda birinchi o'rinda borgan Londonning "CHelsi" klubi esa bu yil 15 ochko to'plab 16-pog'onada bormoqda. "Lester" bir yil oldin 16ta turda raqiblar darvozasiga bu yil Jeymi Vardi urgan gollar bilan teng miqdorda to'p kiritgan!

Biz Evropaning top-5 chempionatlarini taqqoslab chiqishga qaror qildik. Bir yil oldin xuddi shuncha o'yindan keyin qaysi jamoa qanday pog'onada edi?


APL-2015


APL-2016


O'tgan yil bilan taqqoslasak faqat Evropa top-5 chempionatlarining faqat bittasida peshqadam o'zgarmagan. Bu Germaniya bundesligasidir. "Bavariya" 2015 yilda ham, hozir ham o'z chempionatida katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda. Bir yil oldin Dortmundning "Borussiya" klubining ahvoliga havas qilib bo'lmasdi. Klopp boshchiligidagi jamoa 16ta o'yinda 15 ochko to'plab musobaqa jadvalining 16-pog'onasida edi. Hozir esa Tomas Tuxel boshchiligidagi dortmundliklar "Bavariya"ni izma-iz taqib qilib kelishmoqda. Qizig'i 2015 yil "Borussiya" 16ta o'yinda 17ta gol urgandi, 2016 yilgi mavsumda klub hujumchisi Per Emerik Obameyangning bir o'zi 16ta uchrashuvda 18ta to'p kiritdi.


Germaniya-2015


Germaniya-2016


Franciya chempionatida ham o'zgarishlar etarlicha. Bir yil muqaddam chempionatda "Marsel" klubi peshqadamlik qilayotgandi. PSJ ikkinchi o'rinda edi. Hozir Parij klubi katta farq bilan birinchi o'rinda bo'lsa, "Marsel" 9-pog'onani egallab turibdi. Bu yil ikkinchi o'rinda borayotgan "Anje" klubi o'tgan yil ligada umuman yo'q edi. Debyutant jamoa "Monako" bilan bir xil ochko to'plab PSJni quvishda davom etmoqda.

Franciya-2015


Franciya-2016


Appenin yarim orollarida 2015 yil 16ta turdan so'ng "Yuventus" atiga bitta mag'lubiyat bilan yakka peshqadam edi. Ayni paytda turinliklar to'rtinchi pog'onani egallab turishibdi. Rimning "Lacio" klubi o'tgan yil ligada uchinchi edi, hozir esa 12-pog'onada bormoqda. "Milan" barqaror o'yin ko'rsatishda davom etmoqda. Sababi "rossonerlar" bir yil oldin ham hozir ham 25 ochko bilan 7-o'rinda qayd etilgan. Milan shahrining yana bir jamoasi hisoblangan "Inter" esa 2015 yilda 11-o'rinda borayotgandi. Ayni paytda "neradzurrilar" Italiya A seriyasining eng cho'qqisida borishmoqda.


Italiya-2015


Italiya-2016


La Ligada o'tgan yil Madridning "Real" klubi 55ta gol urib, 39 ochko bilan peshqadam edi. Hozir Rafael Benites boshchiligidagi jamoa 32ta gol va 30 ochko bilan uchinchi pog'onada bormoqda. Bir yil oldin "Barselona" 36ta gol va 35 ochko bilan ikkinchi edi. Bu yil ham 15ta turdan so'ng kataloniyaliklar 36ta gol urishdi va 35 ochko jamg'arishdi, lekin jamoa birinchi o'rinda. 2015 yil mavsumning shu davrida 9-o'rinda borgan "Selta" hozir 4-o'rinni egallab turibdi.


Ispaniya-2015


Ispaniya-2016


Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика