So’nggi yangiliklar

01:55Лига 1. Хвичанинг дубли ПСЖга "Осер" устидан ғалабани тақдим этди  0 01:14"Ливерпуль" янги битимни эълон қилди  1 00:47Баҳром Ҳайдаров: "Иккита мағлубиятдан сўнг фожиа ясаш нотўғри"  1 00:45Гвардиола мавсумда 16 та ўйинда мағлуб бўлди. "Ман Сити" устози фаолиятидаги антирекордни янгилади  4 23:38Рўзиқул Бердиев: "Қўқон-1912" анча курашувчан жамоа эканлигини билардик"  4 23:30Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Файҳа" сўнгги дақиқаларда урилган голлар эвазига "Ал Ухдуд"ни мағлуб этди, Шукуров 90 дақиқа ўйнади  1 22:46Суперлига. "Шўртан" мавсумдаги илк ғалабасини бир киши кам бўлиб қолган "Андижон" устидан қўлга киритди  80 22:31Англия кубоги. "Манчестер Сити" финалда "Кристал Пэлас"га мағлуб бўлиб, жорий мавсумда соврин ютиш имкониятини қўлдан чиқарди  84 21:51Вадим Абрамов: "Жуда ёмон ўйин намойиш этдик. Мухлислардан узр сўрайман"  3 21:31Улуғбек Бакаев: "Мағлубиятли сериядан сўнг қайд этилган дурангни яхши натижа деб ҳисоблайман"  9 21:20"Ливерпуль" 35 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 20:57Суперлига. "Қўқон-1912" ўз майдонида "Насаф"га мағлуб бўлди   28 20:42Германия Бундеслигасида 2024/25 йилги мавсум якунланди  3 20:38РПЛ. "Рубин" меҳмонда учта тўп ўтказиб, мағлубиятга учради, Ашурматов бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 20:00Суперлига. Захирадан тушганлар ўзини кўрсатган "Бухоро" – "Динамо" ўйинида жанговар дуранг қайд этилди  24

Srechko Katanecga maktub. Sultonov va To'raev terma jamoaga munosibmi? Yangiliklar

Srechko Katanecga maktub. Sultonov va To'raev terma jamoaga munosibmi?

Superliganing ortda qolgan 6ta turi shunday xulosa beryapti. Boshqa variantlar ham ko'rmayapman.

Tasavvur qiling 2 kundan so'ng O'zbekiston terma jamoasi yig'inni boshlaydi. Srechko Katanec tarkibga jalb qilingan futbolchilar ro'yxatini elon qildi. Taxminan darvozabonlar O'tkir Yusupov, Valijon Rahimov va Abduvohid Nematov chaqiriladi. Parallel olamda esa  bunday bo'lishi adolatdan hisoblanmaydi.  O'tkir Yusupov borasida etirozga o'rin yo'q. Biroq keyingi ikki darvozabon vazifasini ayni paytdagi holatiga ko'ra Akbar To'raev va Suhrob Sultonov bajarishi tarafdoriman. Terma jamoada o'sha paytning eng kuchlilari o'ynashi kerak. Qolgan darvozabonlarni bu bilan erga urish yoki past nazar bilan qarash niyatim yo'q. Har birining kuchli tarafi bor. Quyida esa men tilga olgan ikki posbon haqida fikr yuritaman. 

Suhrob Sultonov 

Bugungi kunda "Bunyodkor"ning ikkinchi o'rinda yurishi-yu, muvaffaqiyatlarida 60 foiz ishni aynan Suhrob Sultonov bajarmoqda. 6-turdan so'ng 14ta klub darvozabonlari orasida darvozasidan eng kam to'p olib chiqqan (3ta) posbon ham u bo'lib turibdi. 

Fleshskore portalida seyvlar aksariyat hollarda xato hisoblanadi. Oddiy misol, kechagi "Nasaf"ga qarshi bahsda "Bunyodkor" tomoniga 1ta seyv qayd etilgan. SHu bois o'zim hisoblab ko'rishga qaror qildim. Mening hisobim bo'yicha Suhrob Sultonov bu mavsum 14 marotaba seyvni amalga oshirdi. 6ta o'yinda "Bunyodkor" darvozasi tomon 29ta aniq zarba yo'llangan. SHundan deyarli 50 foizini bartaraf qilishga muvaffaq bo'lgan. 

Ikkinchi fakt, bu mavsum hakamlar "Bunyodkor" darvozasiga 2 bor penalti belgiladi va ularning ikkisini ham Sultonov qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Kiper "Bunyodkor" - "Nasaf"ning  o'tgan mavsum ikkinchi davrasida Qarshidagi uchrashuvda ham so'nggi daqiqalarda penaltidan gol urilishiga yo'l qo'ymagan edi. 


Akbar To'raev 

Dastlab saytimizda elon qilingan xabarda Akbar To'raev 5ta o'yinda 9ta seyv qilinganligi yozilgandi. Biroq biz bu borada yanada aniqroq malumot oldik. Taqdim qilingan statistikada darvozabon 5ta o'yinda 15ta seyv qilgani oydinlashdi. Kecha ham 3ta foydali harakatni amalga oshirganini hisoblasak, raqamlar 18taga chiqadi. Bu degani har bir o'yinda 3tadan seyv qilayotganini anglatadi. Akbar To'raev ham joriy mavsumni barqaror o'tkazishda yuqoridagi hamkasbidan qolishmayapti. Jamoaviy ko'rsatkichlar deyarli bir xil. "Neftchi" ortda qolgan tur davomida 4 marotaba raqiblariga gol urishiga imkoniyat berdi. 

Srechko Katanec nima qilayotganini yaxshi biladi, gap so'z bo'lishi mumkinmas. Hali rasmiy o'yinlar yo'q, sinab ko'rishni ayni pallasi. Mayli o'ynatmagan taqdirda futbolchi terma jamoaga kerakligini, o'sha muhitni, murabbiy etiborini his qilsin. Akbar To'raev so'nggi bor terma jamoada maydonga tushganida men maktab o'quvchisi edim. Sultonov esa bir marotaba bo'lsada terma jamoada imkoniyat olishga haqli.


 

O'sha fikrimda qolaman, terma jamoada shu vaqtdagi eng kuchlilari o'ynashi kerak!

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика