So’nggi yangiliklar

00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:58А Серия. "Кальяри" - "Милан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  5 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:52Саудия Арабистони. "Ал Аҳли" - "Ал Насср" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  4 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0 19:33Украина чемпионатининг 2017 йилдаги энг яхши мураббийи "Нефтчи" U-21 жамоасида иш бошлади  4 19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  1

Srechko Katanec: "Xitoyga qarshi o'yin oddiy o'rtoqlik uchrashuvi hisoblanadi, natija hech qanday ahamiyatga ega emas" Yangiliklar

Srechko Katanec: "Xitoyga qarshi o'yin oddiy o'rtoqlik uchrashuvi hisoblanadi, natija hech qanday ahamiyatga ega emas"

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec va futbolchi Otabek SHukurov Xitoyga qarshi o'tkaziladigan o'yin oldidan matbuot anjumanida qatnashishdi.

- O'yin haqida

Srechko Katanec: - Jamoamiz o'yinga tayyor. Barcha futbolchilarimiz o'yinga tayyor. Jarohat yoki bosh muammolar yo'q. SHunday ekan, o'yinga tayyormiz deya olaman.

Ertaga biz uchun eng muhimi futbolchilarimizning jarohat olmasligi. Bunday maydon juda xavfli hisoblanadi. Bu oddiy o'rtoqlik uchrashuvi, natija hech qanday ahamiyatga ega emas. SHu sabab ham biz boshqacha uslubda o'ynashimiz mumkin. Ko'p futbolchilarga imkon berish, har xil taktikalarni sinab ko'rish ehtimolimiz bor. Eng asosiysi futbolchilarimizning hamjihatligini taminlash va keyingi muhim o'yinlarga tayyor holda etib kelish.

Otabek SHukurov: - Biz futbolchilar o'yinga tayyormiz. To'g'ri, bu o'rtoqlik o'yin, ammo bu biz uchun juda muhim o'yin. Terma jamoaning har bir o'yini muhim hisoblanadi. Muxlislarimiz bizdan faqat g'alaba kutishadi. Futbolchilarda ham kayfiyat alo, o'yinga tayyormiz.

- Xitoyga qarshi o'tkazilgan 2019 yilgi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz...

- 2019 yilgi Xitoyga qarshi o'yin haqida hech qanday malumotga ega emasman, xatto u davrda termani kim boshqarganidan ham xabarim yo'q, bu umuman ahamiyatsiz narsa. Eng asosiysi, bugungi tayyorgarligimiz. Xitoy terma jamoasi haqida ham hech narsa deya olmayman. Eng muhimi saralash o'yinlariga yaxshi kayfiyatda etib kelishimiz kerak.

- 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo'llanmalarning oshirilgani O'zbekiston terma jamoasiga ham foydaga ishlaydimi?

-  Albatta, barcha terma jamoa uchun ham ko'proq imkoniyat beradi. Biroq, saralash bosqichi qanday o'tishini oldindan aytib bo'lmaydi. Kimgadir oson, kimgadir qiyin bo'lishi mumkin. Buni vaqt ko'rsatadi. Lekin, takidlaganimdek, barcha terma jamoalarning imkoniyatlari yuqoriroq bo'ladi.

- Terma jamoa sardori Eldor SHomurodov nega ushbu yig'inlarga kelmadi?

- Eldorga shunchaki dam berishga qaror qildim. Boshqa hech qanday sabab yo'q.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика