Srechko Katanec: "Dunyoning eng yaxshi terma jamoalari ham bir kuchli futbolchiga bog'lanib qolishgan"
20 noy 2022 21:00
Yangiliklar
Srechko Katanec: "Dunyoning eng yaxshi terma jamoalari ham bir kuchli futbolchiga bog'lanib qolishgan"
- SHomurodov zaxiraga olinganidan so'ng jamoamiz o'yinida xavfli vaziyatlar kamayib ketdi, Bobir Abdixoliqov o'yinga qo'shilganidan so'ng u zaxiradan maydonga tushganlardan kuchliroq ko'rindi. SHomurodov bilan biror jarohat ro'y bersa kelajakda uning o'rnini egallay oladigan futbolchi bormi?
- Agar dunyoning eng yaxshi terma jamoalariga qaraydigan bo'lsak, ular ham bir kuchli futbolchiga bog'lanib qolishgan. Benzemani nazarda tutyapman. Bu muammo faqat bizda emas.
Hujum chizig'imizda Eldordan tashqari boshqa yaxshi forvardlar bor, misol uchun Bobir Abdixoliqov kelajakda bizga yordam berishi mumkin. Aslida bir himoyachini zaxiraga olib, ikki hujumchini maydonga tushirmoqchi edim. Biroq rossiyaliklar o'yin nazoratini qo'lga olishdi, shu sababli tavakkal qilishni istamadim.
SHu bilan birga hujum chizig'ini kuchaytira oladigan Jaloliddin Masharipov, Otabek SHukurov, Odil Hamrobekovlar bor. Ularga biroz tajriba kerak.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar