So’nggi yangiliklar

17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК. Таркиблар маълум  1 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  2 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  11 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  6 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  4 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1

"Spartak" - "Paxtakor" uchrashuvini qaysi kanal namoyish etishi malum Yangiliklar

"Spartak" - "Paxtakor" uchrashuvini qaysi kanal namoyish etishi malum

Rossiya va o'zbek futboli bayroqdorlari o'rtasidagi qiziqarli to'qnashuvning boshlanish vaqti aniq bo'ldi.

O'zbekistonning amaldagi chempioni "Paxtakor" va Rossiyaning 10 karra chempioni "Spartak" jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi tashkillashtiriladi. Tedesko boshqaruvidagi "Spartak" Rossiya premer ligasining ikkinchi davrasi oldidan o'z maydonida oxirgi tayyorgarlik o'yinini "sherlar"ga qarshi o'tkazsa, "Paxtakor" Superligadagi yangi mavsum oldidan Moskvada jiddiy imtihon topshiradi. 

Mazkur uchrashuvni translyaciya qilish huquqini Rossiyaning "Match TV" telekanali qo'lga kiritdi. 22 fevral kuni bo'lib o'tadigan "Spartak" — "Paxtakor" uchrashuvini "Match TV" to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etadi. O'yin Moskva vaqti bilan soat 13:55da, Toshkent vaqti bilan esa 15:55da boshlanadi. 

Ajoyib qarama-qarshilik Moskvadagi "Spartak"ning uy stadioni hisoblangan "Otkritie Arena"da bo'lib o'tadi.

SHu o'rinda Moskvada istiqomat qilayotgan va mehnat faoliyatini davom ettirayotgan o'zbekistonlik futbol ishqibozlarini mazkur o'yinga taklif qilamiz va "Paxtakor"ni ushbu ajoyib to'qnashuvda yolg'izlatib qo'ymasliklarini so'raymiz.

Malumot o'rnida shuni aytish kerakki, Osiyo chempionlar ligasining 2-turi doirasidagi "SHaxr Xodro"ga qarshi o'yindan keyin "Paxtakor"ning 5 nafar futbolchilari: Eldorbek Suyunov, Egor Krimec, Umar Eshmurodov, Abror Ismoilov va Igor Sergeev O'zbekiston milliy terma jamoasi ixtiyoriga jo'nab ketadi va "Spartak" bilan bo'ladigan bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика