So’nggi yangiliklar

16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  0 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  4 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  33 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  32

Sovuq havoda issiq o'yin, issiq havoda sovuq o'yin Yangiliklar

Sovuq havoda issiq o'yin, issiq havoda sovuq o'yin

Teglar :  PaxtakorNasafOCHL
Kecha kayfiyat ikki xil bo'ldi. "Nasaf"ning OCHL pley-off bosqichidagi g'alabasi kishini qanchalik xursand qilgan bo'lsa, "Paxtakor"ning Doxada mag'lubiyati dillarni shunchalik xira qildi.

Har holda bu - Osiyo chempionlar ligasi, bunda har bir klub Vatanimiz sharafini himoya qiladi. OCHLda jamoa nomlar bilan ajratilmaydi, hamma bu O'zbekiston jamoasi, bu Qatar klubi, bu Saudiya Arabistoni jamoasi deydi. 

Kecha Qarshida havo sovuq bo'ldi, bir kun oldin yoqqan qalin qor tufayli stadion oppoq qorga burkandi. Lekin o'yin kuni stadion ishchilari katta mehnat tufayli stadionni yaxshi holatga keltira olishdi. Buning ustiga qor to'xtagani va quyosh chiqqani ham yordam berdi.

Ko'p cho'zib o'tirmaymiz, "Nasaf"ning o'yini zo'r chiqdi. Hujumkor, mazmunli va manodor. Jamoa tarkibiga yangi kelib qo'shilgan serbiyalik himoyachi Slavko Lukich birinchi o'yinidayoq jamoaga kirishib keta oldi. Va eng qizig'i, U-23 Osiyo chempionatida o'ynagan yoshlardan Odil Hamrobekov, Aziz G'aniev va Bobir Abduxoliqov hali to'liq tiklanishga ulgurmay darhol asosiy tarkibda tushib, iliq taassurot qoldirishdi. 

Natija ham shunga yarasha bo'ldi. "Nasaf" 5:1 hisobida zafar quchib, OCHL guruh o'yinlariga yo'llanma oldi. Futbolda MURABBIY IMZOSI degan tushuncha bor, yani murabbiyning qandayligini jamoasi namoyish etayotgan futbol ko'rsatib beradi. Kechagi o'yinda ham bemalol ayta olamizki, Ro'ziqul Berdievning imzosi yaqqol ko'zga tashlandi.

Ana endi "Paxtakor" haqida to'xtalamiz. "Al Garafa"ga qarshi oson o'yin bo'lmasligini kutgandik. "Al Garafa" bungacha Uesli Sneyder bilan Mehdi Taremini qo'lga kiritganini ham bilardik. Ammo bu kechagi mag'lubiyat uchun bahona bo'lmasligi kerak. Natija o'z yo'liga, muxlislarni ko'proq "Paxtakor" ko'rsatgan o'yin xavotirga solmoqda. 

Ikkinchi taymdagi sal faollikni hisobga olmaganda, jamoa birinchi taymda umuman o'ynamadi hisob. Qolaversa, "Al Garafa" ham juda kuchli jamoa emasligi ko'rinib turibdi. "Paxtakor" bungacha undan-da kuchli raqiblarni safarda yutib kelishning uddasidan chiqqandi. Lekin kecha o'z xatolari tufayli mag'lub bo'ldi. 

Kechagi o'yinda bosh murabbiy SHota Arveladze imzosi umuman ko'rinmadi. To'g'risini aytganda, o'tgan yilning avgustidan beri Arveladze xohlayotgan futbolni sira tushunmayman. U shogirdlaridan qanday o'yin kutadi va mashg'ulotlarda nimani o'rgatadi, hayronmiz. SHu o'rinda selekciya haqida gapirmoqchi emasmiz. CHunki jamoaga kelgan futbolchilarning "Al Garafa"ni yutishga salohiyati bor, faqat bu erda hamma gap murabbiyda qolgandi. 

O'tgan yil katta maqsadlar evaziga olib kelgan SHota Arveladze oldiga qo'yilgan asosiy vazifalardan biri jamoani Osiyo chempionlar ligasiga olib chiqish edi. Ammo vazifa bajarilmadi va bundan keyin murabbiyning taqdiri nima bo'lishi nomalum. "Paxtakor" Arveladzega chiqish eshiklarini ko'rsatib, o'rniga boshqa murabbiy tayinlaydimi yoki gruziyalik mutaxassisga ishonishda davom etadimi, bu keyingi masala. 

Bosh murabbiydan talab qilinadigani jamoani kunma-kun, haftama-hafta "Al Garafa" bilan o'yinga tayyorlab pishitib borishi kerak edi. "Paxtakor" Turkiyada to'rtta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib hammasida g'alaba qozongan bo'lsa-da, kuchli jamoalar bilan o'ynamadi. Keyin Toshkentga qaytib "So'g'diyona"ni 7:0 hisobida taslim etdi, lekin bu nima foyda berdi?

Reyting: +77   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика