So’nggi yangiliklar

13:01U-17 Осиё Кубоги финалида қизил карточка олган Сарсенбаев ЖЧ гуруҳ босқичида Ўзбекистон терма жамоасига ёрдам беролмайди  3 12:40Суперлига. 23-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 12:27Эксперт фикри. Диёр Мирзабоев: "Андижон" икки фронтга тайёр эмасдек кўринди, баъзи жамоалар таркиби Суперлига учун етарлича кучлимас"  0 11:55​"Нефтчи" мухлислари қаршисида "Динамо"ни доғда қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 11:31Аскер Нажафалиев Индонезия Суперлигасида ишлайди  0 11:26Ўзбекистон кубоги ярим финал ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  4 11:14Элит ОЧЛ. "Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашувини ким бошқариши маълум  6 11:09Владислав Цейтлин Роналду клубининг ўйинида ишлайди   1 11:02Элит ОЧЛ. Ўзбекистонлик ҳакамлар 2-турнинг иккита ўйинида ишлашади  0 10:58Футзал бўйича саралаш. Бошқа гуруҳларда кимлар бор?  0 10:54Футзал. Бугун терма жамоамиз Шарқий Тиморга қарши майдонга тушади  1 10:23Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг навбатдаги йиғинига чақирилган футболчилар маълум  4 10:01Элит ОЧЛ. Биринчи тур учун рамзий жамоа тузилди, ундан "Насаф" ўйинчиси ҳам ўрин олди   1 09:52Sofascore. Жароҳат олиб, майдони тарк этган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 09:21Гвардиола шахсий антирекордини янгилади  3

So'nggi imperator Yangiliklar

So'nggi imperator

“Imperator” desa, kimdir Kaligulani, kim pingvinni, allakim esa Pyotr ikkinchini tasavvur qilsa kerak. Mening xayolimda boshqasi gavdalanadi...

Rim – Italiya respublikasining poytaxti va bosh shahri. Bugungi kundagi  maydoni  1287,36 kv.km hisoblanadigan mazkur shaharga eramizdan oldingi 753 yilda aka-uka Romul va Rem tomonidan asos solingan, deb faraz qilinadi. “Rim” atamasi qadimgi dunyoda nisbatan kengroq manoni ifodalagan. Butun boshli imperiya mana shu shahar atrofida birlashtirilgan va mos ravishda shahar nomi mamlakat nomiga ko'chirilgan. Rim imperiyasining dovrug'i olamni tutgani-yu butun Evropa mana shu mamlakat bilan hisoblashishga majbur bo'lganidan xabaringiz bor. Hattoki, antik davrda shunday fraza bor edi: “Barcha yo'llar Rimga olib boradi”. SHaharning oqsuyak aholisi esa malakat shuhratidan behad g'ururlanar, boshqa yumush topolmaganidan koloniyalardan oqib kelayotgan qullar ijrosidagi vaxshiyona sahnalarni tomosha qilib, o'rni kelganda Kolizeyda o'tirgani holda ularning taqdirini birgina barmoq harakati vositasida(!) hal qilib qo'ya qolardi. Ehtimol, XX asrda dunyo xalqlari boshiga tuganmas ofatlar olib kelgan italyanlarning fashistik dunyoqarashi ajdodlardan meros bo'lsa, ne ajab!

Keling, hozir Rimning buguni, yaxshisi, Rim futboli haqida suhbatlashamiz. Mazkur shahar inglizlar ixtiro qilgan o'yin bobida sobiq imperiya istilolari singari shuhrat qozona bilmadi. Rimda futbol desa, kishining xayoliga “Olimpiko”, “Lacio” yoki “Roma” kelishi mumkin. Bazilar uchun esa Rim futboli faqat Franchesko Tottidan iborat.

Bu nomni bilmagan, hurmat qilmagan futbol muxlisi erning hech bir nuqtasida yo'q. Tottining faoliyati sovrinlar bilan to'lmagan. Uning karerasini atigi 3 ta so'zga sig'dirish mumkin: Rim, “Roma”, sadoqat. U buyuklikning oddiylikdan boshlanishini isbotlagani uchun sevimli. U sevgi ham sadoqatidan voz kechmagani uchun qadrli. 

Umrining 30 yilini 1 shahar, 1 ta klubga bag'ishlagan “gladiator” aynan sadoqati sabab afsonaga aylandi. Bugun Neapol Maradonasi, Milan Maldinisi bilan maqtansa, Rim o'z “imperatori” haqida og'iz ko'pirtirib gapiradi. Ammo Rimga qiyin, futbol kun sayin biznesga aylanib bormoqda. U o'zidan-da kattaroq bunday futbolchini boshqa uchratmasa kerak...

Abdulla Oripovning shunday satrlari bor: “Borliq go'zalliklar beraru bizga, Evaziga faqat hayrat so'raydi”. SHuni o'qir ekansiz, Tottini gollar emas, muhabbat buyuk qilgani haqida o'ylaysiz, sadoqatidan hayratlanasiz. Darhaqiqat, Francheskodan zo'rroq minglab futbolchilar topiladi, ammo odamiyroqlari yo'q.  

Florentino Perec juda ustomon odam. U mashinalarni, odamlarni, Krishtianu Ronaldu kabi o'nlab yulduzlarni, ehtimol, hakamlarni ham sotib olishi mumkin. Biroq, Tottini emas. Franchesko “Real”ning rad qilib bo'lmas taklifini rad qila olgan inson edi. O'ylab qolasiz, italyan futbolining tirik afsonasi 28 yillik butun faoliyati davomida atigi 3 bor oltin medal yutgan. U sovrinlarga, katta maoshga ega bo'lish uchun “qirollik klubi” yuborgan bir parcha qog'ozga imzo cheksa kifoya edi... Hozirgacha “gladiator” o'shanda xato qilgan deb o'ylardim. Bugun adashganimni his qilyapman.

G'olib bo'lish va g'oliblar tomonida bo'lish o'rtasida farq katta ekan. Haqiqatan ham agar futbol bir o'yin bo'lsa, Franchesko Totti uning abadiy g'oliblari qatoridan o'rin oldi. Futbolga Zlatanlar kerak, ammo Tottilarsiz o'z jozibasini tamomila yo'qotadi. SHunday ekan, atrofimizdagi “Totti”larni qadrlaylik. Hayotimizni tillalar, pullar emas, odamiy hislar bezab turadi...

Faxriddin Ro'ziev, O'zJOKU talabasi

Muallifning boshqa maqolalarini o'qish

Muallif :
Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика