So’nggi yangiliklar

13:2944 ёшли дарвозабон жаҳон рекордини янгилади  0 12:46"Осасуна" мураббийи "Реал"га қарши баҳсдаги четлатиш ҳақида: "Бу мен учун қизил карточка эмас"  12 12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  2 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  13 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  2 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  5 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  15 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  3 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  13 07:27Суперлига. Бугун 20-турга старт берилади  6 02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  1 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  71

"So'g'diyona"ga yo yangi murabbiy keladi yo Davron Fayziev qaytadi Yangiliklar

"So'g'diyona"ga yo yangi murabbiy keladi yo Davron Fayziev qaytadi

Oliy liganing boshqa klublari qatori "So'g'diyona" ham ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettiryapti.

Jizzaxliklar hozircha ikkinchi davraga hozirlikni Jizzaxda bosh murabbiysiz olib borishmoqda. Jamoa ertaga birinchi liga vakili "Zomin"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. 

"So'g'diyona" bu mavsum birinchi davrada 17 ochko jamg'ardi va hozircha 13-o'rinni egallab turibdi. Jamoa oxirgi ikkita uchrashuvda mag'lub bo'lganidan keyin bosh murabbiy Davron Fayziev ishdan bo'shatildi. 

SHundan beri futbolchilar bosh murabbiysiz mashg'ulot o'tkazib kelishmoqda. Mashg'ulotlarni olib borayotgan Diyor Fayzievda (Davron Fayzievning akasi) tegishli licenziya bo'lmagani uchun bosh murabbiy bo'lib ishlay olmaydi. U faqat yordamchi bo'lishi mumkin. 

Bizga etib kelgan gap-so'zlarga qaraganda klub rahbariyati ikkita murabbiyga taklif bilan chiqqan, biroq hozircha aniq javob olmagan. Lekin tez orada yangi bosh murabbiy kelishi kutilyapti, ammo aynan kim kelishi nomalum. Bu - futbol va unda hamma narsa bo'lishi mumkin, shu bois yangi murabbiy topilmagan taqdirda Davron Fayzievning o'zi "So'g'diyona"ga qaytishi mumkin.

X.Xoliqov


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика