So’nggi yangiliklar

12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  0 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  0 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  1 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  3 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  7 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  5 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  2 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  1 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Пахтакор" билан шартнома имзолади  8 00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  4 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  13

"So'g'diyona": Tanishing raqibimiz “Neftchi”! Yangiliklar

"So'g'diyona": Tanishing raqibimiz “Neftchi”!

Teglar :  So'g'diyonaNeftchi
O'zbekiston Superligasi 2-tur doirasida “So'g'diyona” o'z maydonida Farg'onaning “Neftchi” klubini qabul qiladi.

O'TGAN  MAVSUMDA

Birinchi davrada 7-turida “So'g'diyona”  o'z maydonida “Neftchi”ni qabul qilgan edi. Ushbu bahsda Abdurahmon Abdulhakov 90 daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo'lgan edi.

Ikkinchi davraning 22-turida “So'g'diyona” safarda “Neftchi”ga qarshi bahs olib borgan edi. O'yinning 10 daqiqasida Azamat Isroilov hisobni ochgan bo'lsa, 84 daqiqada SHerzod Hakimov penaltidan hisobni tenglashtirgan edi. 1:1


BAHSNI  AZIZ ASIMOV  BOSHQARADI

“So'g'diyona” (Jizzax) – “Neftchi” (Farg'ona)

Hakamlar: O'yinni Aziz Asimov  boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Mo'min Madjidov (Namangan),Rasul Fozilov (Namangan)lar yordam berib borishadi. Zahiradagi hakam Ravshan Abduvohidov(Qarshi).

Nazoratchi: Sardor Najafaliev

Komissar – S.Qudratullaev


O'ZARO USTUNLIK


“So'g'diyona” hamda “Neftchi”  klublari oliy ligada shu kungacha 44 bor kuch sinashishgan.“Neftchi” hisobida 28 ta, “So'g'diyona” hisobida 7 ta g'alaba mavjud. 9 o'yinda  durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik farg'onaliklar tomonida:  92:34. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 93 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa, jizzaxliklar 30 ochkoni qo'lga qiritgan.  “Neftchi”ning eng yirik g'alabasi 7:0, “So'g'diyona”ning eng yirik muvaffaqiyati  2:0.

 “So'g'diyona” maydonida o'tgan barcha uchrashuvlar:

22.04.2017 «So'g'diyona» – «Neftchi» 0:1
26.08.2016 «So'g'diyona» – «Neftchi» 1:0
12.09.2015 «So'g'diyona» – «Neftchi» 0:1
21.05.2014 «So'g'diyona» – «Neftchi» 2:0
13.04.2013 «So'g'diyona» – «Neftchi» 2:1
23.04.2011 «So'g'diyona» – «Neftchi» 0:2
25.06.2009 «So'g'diyona» – «Neftchi» 0:3
08.08.2008 «So'g'diyona» – «Neftchi» 1:1
12.03.2006 «So'g'diyona» – «Neftchi» 0:3
01.10.2005 «So'g'diyona» – «Neftchi» 0:0
15.03.2004 «So'g'diyona» – «Neftchi» 0:2
18.08.2002 «So'g'diyona» – «Neftchi» 2:3
14.04.2001 «So'g'diyona» – «Neftchi» 1:2
03.08.2000 «So'g'diyona» – «Neftchi» 0:2
11.09.1999 «So'g'diyona» – «Neftchi» 2:1
01.11.1998 «So'g'diyona» – «Neftchi» 1:1
09.09.1997 «So'g'diyona» – «Neftchi» 2:0
01.10.1995 «So'g'diyona» – «Neftchi» 0:4
07.12.1994 «So'g'diyona» – «Neftchi» 3:3
16.05.1993 «So'g'diyona» – «Neftchi» 1:1
07.06.1992 «So'g'diyona» – «Neftchi» 0:0


O'ZARO O'YINLAR HAQIDAGI FAKT:

Jizzaxdagi 21 ta o'yindan 5 tasida “So'g'diyona”, 10 tasida “Neftchi”  g'alaba qozongan.  6 ta o'yinda durang natija qayd etilgan.

O'YIN VAQTI VA JOYI

Yoshlar ligasi 9 mart soat 16:00 da G'allaorol tumanidagi “G'allaorol” stadionida bo'lib o'tadi. Asosiy tarkib bahsi soat  10 mart kuni  20:00 da “So'g'diyona” stadionida o'tkaziladi.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика