"Sochi" klubi "Fisht" stadionidagi bitta o'yin uchun 260 mln. so'mga teng pul to'laydi
31 iyu 2018 14:46
Yangiliklar
"Sochi" klubi "Fisht" stadionidagi bitta o'yin uchun 260 mln. so'mga teng pul to'laydi
"Sochi" bosh direktori Dmitriy Rubashko "Fisht" stadionining ijarasi qancha ekanligini aytdi.
"Kelishuv bor, tez orada ijara borasida shartnoma imzolaymiz.
Bugungi kunda stadionni bitta o'yinga ijaraga olish 2,1 mln. rubl (260 mln. so'm) turadi, hozircha shu narxda to'xtadik. Keyinroq bu masalani yana ko'rib chiqamiz.
Stadion qanchaga arzishini tushunishimiz kerak, chunki jahon chempionati yakunlandi va boshqa turnir boshlandi. Hammasini vaqt ko'rsatadi" - deydi Rubashko.
JCH-2018 vaqtida "Fisht" stadioni mundialning 4ta o'yiniga mezbonlik qildi.
"Sochi"ning FNL (ikkinchi darajali liga)dagi ilk ikki uchrashuvi 17 va 29 iyulda Slava Metreveli nomidagi Markaziy stadionda bo'lib o'tdi.
Fikrlar