So’nggi yangiliklar

12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  0 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  6 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  3 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  9

Sobit Sindarov “Buxoro”ni nega tark etdi? Yangiliklar

Sobit Sindarov “Buxoro”ni nega tark etdi?

“Mashal” davralar oralig'idan unumli foydalangan holda tarkibga “Buxoro”da o'ynagan Sobit Sindarovni qo'shib oldi.

SHundan keyin biz futbolchi bilan bog'lanib, yangi jamoasi borasidagi fikrlariga quloq tutdik.

“Buxoro”ni tark etishi borasida

- Bu jamoani tark etishimga bosh murabbiy bilan hech qanday muammo bo'lgani yo'q. Menga ishonch bildirayotgan va munosabatlarimiz ko'ngildagidek edi. Ketishimga asosiy sabab shuki, klub direktori  bilan kelishmovchilik bo'ldi. U bergan vadasini ustidan chiqqani yo'q. SHu sabab “Buxoro”ni tark etdim. 

U erdagi faoliyati to'g'risida

- Hammasi yaxshi edi. Meni barchasi to'laqonli qoniqtirayotgandi. Yuqorida aytganimdek, klub direktorining lafzidan chiqmagani sababli, jamoani almashtirishga qaror qildim. 

“Mashal”ga o'tishi borasida

- Muborakliklar meng ikki yildan beri taklif bilan chiqayotgandi. Natijada, Superliganing bir qator jamoalaridan takliflar bo'lishiga qaramay, men “Mashal” bilan shartnoma imzolashga qaror qildim. Aniqrog'i, klub bilan  mavsum yakuniga qadar shartnomaga imzo chekdim. 

Superligaga chiqish imkoniyati xususida

- Bizda bu borada yaxshi imkoniyat bor. Oldimizda turgan o'yinlarda ijobiy natijalar ko'rsatish, kerakli ochkolarni jamg'argan holda jamoani  elitaga qaytarishni rejalashtirganmiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика