Sneyder: "Hozir "Ayaks" "Real"ni mag'lub etishi uchun qulay vaqt"
29 dek 2018 17:12
Yangiliklar
Sneyder: "Hozir "Ayaks" "Real"ni mag'lub etishi uchun qulay vaqt"
"Real" va "Ayaks" sobiq yarim himoyachisi Uesli Sneyder ushbu jamoalar o'rtasida o'tkaziladigan CHempionlar ligasining 1/8 final o'yini haqida fikr bildirdi.
"Hozir "Ayaks" "Real"ni mag'lub etishi uchun qulay vaqt. Madrid klubi ayni damda oldingi yillar kabi kuchli deb o'ylamayman. "Ayaks" - yuqori saviyali futbolchilarga ega yosh jamoa. Ular yaxshi harakat qilishmoqda, ayniqsa uyda. "Real"ga qarshi bahs qiyin o'tadi.
Hali ham "Real"ni yaxshi ko'raman. Ammo madridliklarni ogohlantirib qo'yay: Agar "Ayaks" birinchi o'yinda yaxshi natijaga erishsa, "Real" navbatdagi bahsda vaziyatni o'nglay olmaydi. Bu "Ayaks"ga o'z kuchiga baho berish uchun yaxshi imkoniyat. Qiziq o'yin bo'ladi" - deydi Sneyder.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar