SHukron Yuldashev: "Murabbiylarimiz barcha futbolchilarga birdek imkoniyat taqdim etishmoqda"
18 okt 2022 11:03
Yangiliklar
SHukron Yuldashev: "Murabbiylarimiz barcha futbolchilarga birdek imkoniyat taqdim etishmoqda"
Coca Cola Superligasining 22-turidan o'rin olgan “Lokomotiv" – "Olimpik" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar posboni SHukron Yuldashev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Qiyin o'yin bo'ldi. G'alaba uchun astoydil kurashdik. "Lokomotiv" ham ochko olish uchun jiddiy o'yin namoyish etdi.

- O'yindan oldin tezkor gol kutmanmidinglar?
- "Lokomotiv" qanday o'ynashini avvaldan bilardik. Gol yuzaga kelishiga sabab o'yindan tashqari xolatdagi yo'l qo'yilgan xato bo'ldi.
- Jamoada asosiy darvozabon yo'q. Masalan, bitta o'yinda zo'r o'ynab, keyingi uchrashuvda zaxirada o'tirish qiyinchilik tug'dirmaydimi?
- Albatta, bu hech kim uchun yoqimli emas. Biroq murabbiylarimiz barcha futbolchilarga birdek imkoniyat berishga harakat qilishyapti. Biz ular tomonidan berilgan ko'rsatmalarni bajaryapmiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar