So’nggi yangiliklar

02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  0 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  215 23:58Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Вольфсбург"га 8 та гол урди  4 23:34Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" турнирни тарк этди  33 23:10“Навбаҳор” ўз сафига грузиялик футболчини қўшиб олди, у бунга қадар ҳам Ўзбекистонда ўйнаган  5 22:12Перес: "Жонажон Жиддага қайтдик"  5 21:13Лапорта: "Саудия Арабистони жаҳон футболининг марказига айланмоқда"  3 21:02Эшитдик-да! Бобир Абдихолиқов “Насаф”га қайтмоқда  14 20:55Англия кубоги. "Арсенал" "Портсмут"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Мартинеллидан хет-трик  4 19:41"Реал" янги шартнома бўйича Emirates’дан йилига 100 млн олиши мумкин. Клуб Adidas ва HP’ни ҳисобга олган ҳолда футболкада 300 миллион ҳомийга эга бўлишни хоҳлайди  1 18:35"Ал Иттиҳод" 38 ёшли Бенземага 2028 йилгача мўлжалланган шартнома таклиф қилди  2 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  2 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  14 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  79 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  3

SHuhrat Sadriddinov: "Turon" bilan o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz" Yangiliklar

SHuhrat Sadriddinov: "Turon" bilan o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz"

Pro-liganing 4-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Zomin" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar sardori SHuhrat Sadriddinovning fikrlari bilan qiziqdik.

- SHuhrat, "Buxoro" bilan bo'lib o'tgan o'yin haqida nimalarni ayta olasiz? Safarda, kuchli raqib maydoniga durang qayd etilishini ijobiy baholasa bo'ladimi?

- Avvalambor, barchaga assalomu alaykum. "Buxoro" bilan o'yinda qayd etilgan natijani albatta, ijobiy baholasa arziydi. Sababi biz bugun Superligada ham o'ziga yarasha nom qozona olgan kuchli raqib bilan o'ynadik. Bu jamoa bilan safardagi durang yomon natija emas deb o'ylayman. "Zomin" asosan yosh futbolchilardan shakllangan jamoa. Tarkibga etibor berilsa, 90-95 foiz o'tgan mavsum Birinchi ligada jamoamizni Pro-ligaga olib chiqqan futbolchilar o'ynamoqda.

- Klub rahbariyati joriy mavsumda jamoa oldiga qanday vazifalarni qo'ygan?

- Mavsum boshida klub rahbariyati biz bilan uchrashib yuqori o'rinlar uchun kurasha olishimizga ishonch bildirishdi. Murabbiylar shtabiga Toshkentning "Obod" jamoasidagi faoliyati bilan yaxshi tanish bo'lgan yosh murabbiy Bobur Zuhridinov ham kelib qo'shildi. Hozirda u jamoa bosh murabbiyi Asqar Umarovga yaqindan yordam bermoqda. Klub rahbariyati navbatdagi mavsumlarda Superliga yo'llanmasini jamoa oldiga vazifa sifatida qo'yilishini ham alohida takidlab o'tishdi. Hozirda klub infratuzilmasi ajoyib xolatga keltirilgan va bu jarayon davom etmoqda. 

- Avvalgi turlarda "Zomin" qayd etgan natijalar haqida qanday fikrdasiz? Masalan 1-turdagi ochilish o'yinida "Andijon" bilan 0:0 hisobida durang natija qayd etildi...

- Ochilish o'yinida "Andijon" bilan o'yindagi 0:0 hisobini ko'pchilik tasodif deya baholadi. Aslida natija o'z-o'zidan kelmaydi, barchasining ostida mashaqqat, mehnat yotadi. "Andijon" yaxshi shakllangan jamoa. Hozirda jamoani tajribali mutaxassis Viktor Kumikov boshqarmoqda. "Mashal" bilan o'yinda yutqazdik, "SHo'rtan"ni mag'lub eta oldik. Ishlashda davom etamiz.

- Siz jamoada sardorlik vazifasini ham bajarayapsiz. Aytingchi, bu futbolchiga qanday masuliyatlarni yuklaydi?

- "Zomin"da sardor Eldor Karimov hisoblanadi. U maydonga tusha olmagan o'yinlarda jamoa bosh murabbiyi tanloviga ko'ra, bu masuliyat mening zimmamga tushmoqda. Albatta, jamoa sardoriga bir qator masuliyatli vazifalar yuklanadi. 

- Navbatdagi turda Yaypanning "Turon" klubiga qarshi maydonga chiqasizlar. Ushbu o'yin oldidan nimalarni aytgan bo'lardingiz?

- "Turon" bilan o'yinga ertadan jiddiy tayyorgarlikka kirishamiz. Ushbu o'yinda ham g'alaba uchun maydonga chiqamiz. 

- Kuzatib borayapmiz, "Zomin"ni qo'llab-quvvatlash uchun ko'plab muxlislar stadionga muntazam tashrif buyurishadi. Joriy mavsumda ularga qanday natijalarni vada qilgan bo'lardingiz?

- Jamoamiz muxlislaridan hamisha minnatdormiz. Ular xatto noqulay ob-havo sharoitida ham stadionga kelib bizni qo'llab-quvvatlashmoqda. "Zomin" har doim muxlislar uchun o'ynaydi.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика