So’nggi yangiliklar

13:11"Манчестер Юнайтед" 17 ёшли колумбиялик истеъдодни сафига қўшиб олмоқчи  1 12:44Трамп Эрон вакилларининг ЖЧ қуръасида қатнашишига тўсқинлик қилмоқда  1 12:15Жамолиддин Раҳматуллаев: "U-20 Жаҳон чемпионатининг Озарбайжон ва Ўзбекистонга берилиши катта мотивациядир"   1 11:53Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Тошкентда Озарбайжон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  2 11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  18 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  0 10:08"Шўртан"ни янги мураббий бошқаради  7 09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  6 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  15 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  4 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  10 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  38

SHuhrat Rahmonqulov: “Qura biz uchun omadliroq keldi. Lekin har bir o'yin qiyin o'tishi aniq” Yangiliklar

SHuhrat Rahmonqulov: “Qura biz uchun omadliroq keldi. Lekin har bir o'yin qiyin o'tishi aniq”

Teglar :  SHuhrat Rahmonqulov
Kecha Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Jahon chempionati-2018 saralashining 3-bosqichi uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi “A” guruhidan o'rin olib, JCHga chiqish yo'lida Eron, Janubiy Koreya, Qatar, Xitoy hamda Suriya terma jamoalari bilan bahs olib boradi. Ushbu qura to'g'risida ko'pchilik o'z fikrlarini bildirib o'tmoqda. Biz ham o'z vaqtida milliy terma jamoamiz safida xarakat qilgan sobiq futbolchi, bugungi kunda “Paxtakor” futbol maktabi direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan SHuhrat Rahmonqulov bilan suhbatlashib, bu borada fikrlarini bilishga qiziqdik.

- Bilasizmi, qura biz uchun omadliroq keldi degan bo'lardim. Ammo bu bilan JCHga chiqishimiz aniq deb bo'lmaydi. Boisi har bir o'yin biz uchun murakkab kechishi hozirdan malum. Osiyoning har bir davlatida bugungi kunda futbol jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Har bir raqibni hurmat qilish kerak. Boz ustiga 3-bosqichda kuchsiz jamoaning o'zi bo'lmaydi. Raqiblarimizning barchasi jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun, jiddiy kurashadi. Bu tabiiy xol.

- O'ynasa bo'ladigan raqiblar. Futbolda ko'p narsa omadga ham bog'liq. Taqvim ham biz uchun qulay kelganini aytish lozim. Barchasi o'z qo'limizda. Yigitlarga ishonaman, ular xalqimiz orziqib kutgan damlarni tuhfa eta oladilar.

- “A” guruhida favorit deya Janubiy Koreya bilan O'zbekiston milliy terma jamoalarini aytgan bo'lardim.

- Fursat foydalanib Samvel Babayan boshchiligadig murabbiylar shtabiga va butun milliy terma jamoaga nomzod bo'lgan futbolchilarga navbatdagi hal qiluvchi bosqich o'yinlarida omad va muvaffaqiyat tilab qolaman. Nasib qilsa O'zbekiston 2018 yili Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionati ishtirokchisiga aylanadi.


Islombek Rustambekov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика