So’nggi yangiliklar

12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  0 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  2 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  1 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  2 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  3 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  6 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  1 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  4 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4

SHuhrat Muhammadiev futbolga kirib kelgan maktabiga tashrif buyurdi FOTO Yangiliklar

SHuhrat Muhammadiev futbolga kirib kelgan maktabiga tashrif buyurdi FOTO

8 dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasi qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan, SHuhrat Muhammadiev SHahrisabz shahridagi “Hisor” markaziy stadionida joylashgan “SHo'rtan” PFK taassafurdagi Bolalar va o'smirlar futbol maktabiga tashrif buyurdi.

Maktabda tahsil olayotgan yosh iqtidor egalari bilan qizg'in suhbat va o'zaro savol-javoblar bo'ldi. Maktab tarbiyalanuvchilari chempion bilan esdalik uchun suratlarga tushishdi. O'zbekiston chempioni maktabdagi  bir qator ijobiy o'zgarishlar va  yosh futbolchilarning  o'quv-mashg'ulotlari bilan yaqindan tanishdi.

Maktabda bayramga bag'ishlab o'tkazilayotgan guruhlar o'rtasidagi musobaqani bevosita maydonda kuzatdi. SHundan so'ng, birinchi ustozi Otabek Hatamov va bir qator futbol ishqibozlar bilan ham samimiy suhbatlashishdi. Uchrashuv so'nggida, maktab mamuriyati va maktab tarbiyalanuvchilari  etibor uchun o'z tashakkurini izhor qilishdi.

“Bolalikdagi futbol saboqlarini mana shu maskanda, tajribali ustozlarimdan talim olganman, maktabga qaytganimdan baxtiyorman, qachonlardir hayotimdagi futboldagi birinchi qadamlarni shu erda tashlaganman” - deydi futbolchi.


- Yurtimizda bolalar futbolini rivojlantirish, bolalar va o'smirlar orasida futbolni yanada ommalashtirish  borasida O'zbekiston Futbol Federaciyasi bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. SHunday chora-tadbirlar bolalar,o'smirlar va yoshlar ishtirokida turli musobaqalar va mana shunday tadbirlar tashkil etilishi yosh futbolchilarning faol ishtirok etishi yo'lga qo'yilmoqda.

Bugungi bayramona tadbirda yosh futbolchilar  o'zlari havas qilgan va  mana shu maktabda kamol topgan iqtidorli yosh futbolchi SHuhrat Muhammadiev bilan dildan suhbatlashdi.
Bolalar va o'smirlar futboliga  bo'lgan etiborni keskin suratda oshirishayotgan O'zbekiston Futbol Federaciyasining qilayotgan ezgu ishlari taqsinga loyiqdir - deydi “SHo'rtan”PFK qoshidagi SHahrisabz bolalar va o'smirlar  futbol maktabi direktori Suhrob Azizov.


Eslatib o'tamiz, SHuhrat Muhammadiev futboldagi faoliyatini 2000 yil SHahrisabzning “Hisor” jamoasining  yoshlar jamoasida boshlagan 7 yil davomida jamoa va 2003 yil “SHo'rtan” PFK qoshida ochilgan BO'FM  mashg'ulotlarida qatnagan. Birinchi ustozi Otabek Xatamov.

2007 yil  viloyat ichki chempionatida  ishtirok etayotgan “Hisor ”jamoasini o'y uchrashuvlaridan biri bevosita maydonda  kuzatgan futbol jonkuyari, viloyat futbolining rivojlanishida o'chmas iz qoldirgan Nuriddin Zayniev (rahmatli) “Hisor”jamoasi tarkibidagi 4  nafar Jasur Pardaev, Bobur Pirimov,Temur Jumang'ulov, SHuhrat Muhammadievni “Nasaf” jamoasiga tavsiya qiladi.

SHuhrat Muhammadievning katta professional futbolga kirib kelishiga Nuriddin Zayniev sabab bo'ladi.


Faxriddin CHoriev.  

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика