So’nggi yangiliklar

16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  1 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  4 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  2 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  0 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  9 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  5 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  14 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  3 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  3 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  14 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  11 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0

SHuhrat Maqsudov: "Bosh murabbiyni ishdan olish yoki tayinlash muxlislarning ishi emas" Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "Bosh murabbiyni ishdan olish yoki tayinlash muxlislarning ishi emas"

Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Olimpik" (1:5) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Bunaqangi o'yin, bunaqa natija uchun birinchi navbatda muxlislardan uzr so'raymiz. Men o'zim ham tushunolmay qoldim, yigitlarda bugun hech narsa o'xshamadi. "Neftchi" bilan o'yinning ertasigayoq "Olimpik" bilan bahsga tayyorgarlik ko'rishga kirishgandik. Hech qaysi futbolchimizning o'yini chiqmadi. Jamoa yutsa, demak, hamma yutadi. Mag'lubiyat uchun murabbiy aybdor. Lekin biz bugun butun jamoa yutqazdik. "Olimpik"ni haqqoniy g'alaba bilan tabriklayman.

- "Bunyodkor"ning ayni paytdagi natijalari murabbiyning istefosiga sabab bo'ladigan darajada emas. Nima deb o'ylaysiz, muxlislar tomonidan sizning istefongiz talab qilinishi to'g'rimi?

- O'zingiz aytib turibsiz, jamoaning natijalari yomon emas. Birgina mag'lubiyat uchun shunday harakatni amalga oshirgan bo'lsalar, bilmadim, ochig'i, etibor qaratganim yo'q. Jamoa bosh murabbiyini ishdan olish muxlislarning ishi emas. Takror aytaman, "Bunyodkor"ning haqiqiy muxlislaridan uzr so'rayman. Men vada berganman, biz avvalgi "Bunyodkor"ni qaytarish harakatidamiz.

- Muxlislar orasida ularni sizga qarshi yo'naltirib turgan shaxslar bor deb o'ylaysizmi?

- Iltimos, bunday provakacion savol bermanglar. Jurnalist madaniyatga rioya qilgan xolda savol berishi lozim. Bu kabi savolarga javob berishni istamayman, futbol haqida so'ranglar, bemalol javob beraman.

Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика