So’nggi yangiliklar

12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  0 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  0 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  1 10:20Неймар яна жароҳат олди  3 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  1 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  9 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  13 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  2 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  6 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  10 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  5

SHuhrat Fayziev: "Bu maydonda kombinacion o'yin ko'rsatish qiyin" Yangiliklar

SHuhrat Fayziev: "Bu maydonda kombinacion o'yin ko'rsatish qiyin"

Superliga 19-turidan o'rin olgan "Andijon" - "So'g'diyona" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi SHuhrat Fayziev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




O'yin haqida

Andijonda qiyin o'yin bo'lishini kutgandik. Jamoamizda muammolar ko'p. Mitrovich va Jo'rabekov diskvalifikaciyaga uchragan bo'lsa, ayrim futbolchilar kasal bo'lib qolishgan. Bundan tashqari, bosh murabbiyimiz ham biroz betob.

Yigitlar oxirigacha o'ynaganliklari uchun rahmat deyman.

Maydon holati unchalik yaxshi emas, bu maydonda kombinacion o'yin ko'rsatish qiyin va uzun paslar bilan o'ynashga to'g'ri keladi.

Maydon yaxshi emas deb hisoblaysizmi?

Ha, notekis joylari ko'p. Erlatib o'ynash qiyin, shu bois uzun paslar bilan o'ynashga to'g'ri kelyapti.

"Andijon"ning o'yinini qanday baholaysiz?

Hamidullaev kelgach, jamoa ijobiy tomonga o'zgargan. Ular oxirgi o'yinlarda 5 ochkoga ega bo'lishdi. Bekobodda va Namanganda yaxshi o'yin ko'rsatishdi. SHuningdek, "Buxoro"ni yutishdi.

Hakamlardan ko'pchilik norozi bo'ldi. SHu bo'yicha nima deysiz?

Bu mening vakolatimga kirmaydi. Buni maxsus qo'mita muhokama qilib, ko'rib chiqishi mumkin.

Natijadan qoniqdingizmi?

Qiynalib bo'lsa-da, ochko oldik. Yoki yutib ketishimiz ham mumkin edi, yaxshi vaziyatlar bizda ham, "Andijon"da ham bo'ldi.

Jamshid Boltaboev birinchi bo'limda maydon markazida to'p tepdi, ikkinchi bo'limda qanot himoyasiga o'tkazildi. Bunga nima sabab bo'ldi?

Aytib o'tganimdek, bunga sabablar ko'p. SHunaqa qilishga to'g'ri keldi. Zaxiradan ko'rib turganingizdek, yosh yigitlar joy olishgan.

Ulug'bek Baqoevning holati qanday?

Uning holati yaxshilanmoqda. O'ylaymanki, u "Paxtakor" bilan o'yingacha qaytadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика