So’nggi yangiliklar

20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  0 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  6 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  1 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  93 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  6 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  1 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  15 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  11 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  2 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  53

Shoh soxta ekan (shekilli) Yangiliklar

Shoh soxta ekan (shekilli)

"Paxtakor" deganda barchaning ko'z oldiga O'zbekiston bayroqdori, ketma-ket titullar yutadigan jamoa keladi.

Klub avval ham qanday holatda bo'lmasin doim chempionlik yo'lida harakat qilib kelgan. Bu "sherlar"ning DNKsida bor. O'tgan yildan so'ng klub chempionlikni o'ziga qaytarish maqsadida kuchayishga extiyoj sezayotgandi. Avvaliga siyosat o'zgartirildi va o'z tarbiyalanuvchilariga etibor qarata boshladi. Lekin mavsum yakunlangach portugaliyalik murabbiylar shtabi va ketidan legionerlar "Paxtakor"da paydo bo'ldi. Pedru Moreyraning Fonsekaning shtabida ishlaganidan xabar topdik. Resan, Flamarion nomlari ham begona emas. Riaskos faqat 2 ta o'yindagina o'zini ko'rsata oldi. To'g'ri, klubda asosiy jamoadan tashqari infratuzilma borasida ijobiy ishlar boshlangan. Lekin har birining o'z yo'li bor. Superliganing 4-turidan so'ng esa "Paxtakor" allaqachon 3 ta mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'ldi.

Aldamchi birinchi taassurot


Elit OCHLda "Al Saad" va "Al Hilol" ustidan qo'lga kiritilgan g'alabalar fonida chamasi Morreyraga haddan tashqari yuqori baho berib yubordik. G'alabaning otasi ko'p deganlaridek bu yutuqlar xato va kamchiliklarni yuzaga chiqara olmadi. Biz portugaliyalikning ishini chiroyli mengzadik, legionerlar bilan bu yil chempionlik uchun asosiy favorit qatoriga olib chiqdik. Lekin ilk taassurot har doim ham keyingisi shunday bo'lishini anglatmas ekan. Umuman o'zimda eyforiya ham yo'q ichimda xotirjamlik yotardi. Menga "Bunyodkor"ning 2015, 2016, 2017 yil OCHLda qatnashgan yillari yodimga tushaverdi. Esimda "qaldirg'ochlar" pley-offdan yuqori ishtiyoq bilan eson-omon o'tib olar, uyog'iga esa chappasi boshlanardi. Barqarorsizlik, zich taqvim, futbolchilarda mahorat etishmasligi kabi omillar yuzaga qalqib chiqqan. "Paxtakor"da ayni paytda shunday vaziyat. Barqarorsizlik hukmronlik qilmoqda. Superliga esa oddiy chempionat emas. O'zbekistonga kelayotgan xorijlik murabbiylardagi asosiy muammo moslashishning qiyinligidadir. Shota Arveladzening "Paxtakor"ga kelgan ilk yillari esingizdami? "Qizilqum" bilan durang, "Nasaf"ga yirik hisobdagi mag'lubiyat, "Bunyodkor" bilan o'ta qiyin g'alaba va hokazo. Moreyra imkon qadar tezroq chempionat tempiga moslashib olishi lozim. Buni enga olgan mutaxassislargina keyinchalik ishlab keta olishlari mumkin. Bu undan yanada ko'proq izlanishni talab qiladi. Xullas janob Pedru Moreyra otni qamchilang. Siz qanday chempionatga kelganingizni his qiling, bu o'yinlar siz ochko olishingiz kerak bo'lgan o'yinlar edi. "Nasaf", "Neftchi", "Navbahor", "Andijon", "Bunyodkor" tish qayrab turibdi.




Tarixdagi eng yomon startlardan birini amalga oshirildi


Raqamlar oddiy gaplarga qaraganda doim haqiqatni va aniqlikni gapiradi. "Sherlar" o'z tarixidagi eng yomon startlardan birini amalga oshirdi. Shunga o'xshash vaziyat 2000 yilda sodir bo'lgan. 2000 yilgi mavsumning dastlabki 4 ta turida 1 ta durang, 3 mag'lubiyat qayd etilgan va yakunda 7-o'rin bilan yilni tugatgan. Shundan so'ng "sherlar" gegemonligi boshlanib ketgan va bu 2008 yilgacha davom etgan.

1993 yil mavsum davomida 3 ta mag'lubiyat
1998 yil mavsum davomida 2 ta mag'lubiyat
2003 yil mavsum davomida 3 ta mag'lubiyat
2004 yil mavsum davomida 1 ta mag'lubiyat
2005 yil mavsum davomida 3 ta mag'lubiyat
2006 yil mavsum davomida 3 ta mag'lubiyat
2007 yil mavsum davomida 0 ta mag'lubiyat
2008 yil mavsum davomida 2 ta mag'lubiyat
2009 yil mavsum davomida 2 ta mag'lubiyat
2010 yil mavsum davomida 3 ta mag'lubiyat
2014 yil mavsum davomida 0 ta mag'lubiyat
2015 yil mavsum davomida 3 ta mag'lubiyat
2019 yil mavsum davomida 1 ta mag'lubiyat
2020 yil mavsum davomida 3 ta mag'lubiyat
2022 yil mavsum davomida 2 ta mag'lubiyat



Superligadagi o'yinlar


Moreyra aytganidek "Paxtakor" to'pni nazorat qilyapti. Lekin bu nafar keltirayotgani yo'q. Jamoa 60 foizdan ortiq to'pga egalik qilyapti. Oldinda esa samara kuzatilmayapti. Jamoa 4 ta o'yinda 5 ta gol o'tkazdi, 5 ta gol (1 ta o'yinda) urdi. Qolgan uchrashuvlarda oldinda keskinlashtiruvchi harakatlar amalga oshirayotgani yo'q. Deylik "So'g'diyona" darvozasiga birorta aniq zarba berilmadi, "Dinamo"ga 3 ta, OKMK darvozasiga 1 ta aniq zarba yo'llangan. Yani raqiblarga o'z o'yinini o'tkazmayapti, balki ularning tanlagan qarshi uslublari samara keltirmoqda. "Mashal"dan tashqari hech bir o'yinda yaqqol ustunlik ko'zga tashlanayotgani yo'q. Faqat to'p nazoratidagina farq sezilyapti. Tarkibda Abdulla Abdullaev, Sardor Sobirxo'jaev, Xojiakbar Alijonov, Abdurauf Bo'riev, Diyor Xolmatov, Muhammadali O'rinboev kabi terma jamoa futbolchilari bor, qolaversa akademiyasi faol jamoaga bu yarashmaydi. Maydon tashqarisidagi ishlar maromida, lekin ichkarini vaqtida to'g'irlanmasa birinchi davra qurbon qilinishi hech gap emas  




"Sherlar"ni nima kutyapti?

O'zbekiston kubogi. Guruh bosqichi. 1-tur.
09.04.2025. "Paxtakor" - OKMK

Superliga 5-tur
13.04.2025. "Paxtakor" - "Andijon"

Superliga 6-tur
"Neftchi" - "Paxtakor"


Yuqorida Moreyraga ogohlik qo'ng'irog'i allaqachon kelganiga shama qilib o'tib ketdim. Ertaga uning shogirdlari O'zbekiston kubogida OKMKga qarshi maydonga chiqadi. Endi keyingi raqiblarga qaraymiz. "Paxtakor" kurashuvchan jamoaga aylangan "Andijon"ni qabul qiladi. Keyin esa Farg'onaga "Neftchi" maydoniga safar uyushtiradi. Mana shu o'yinlarda portugaliyalik mutaxassis chuqurdan chiqib olishi kerak. Xullas, maydon sizga janob Pedru Moreyra. Marhamat, nimalarga qodir ekanligingizni ko'rsating.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика