So’nggi yangiliklar

12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  2 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  2 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  3 10:20Неймар яна жароҳат олди  4 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  1 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  9 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  13 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  2 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  7 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  10 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  5

SHota Arveladze: "Xojimat Erkinov yosh bo'lgani uchun emas, haqli bo'lgani uchun maydonga tushmoqda" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Xojimat Erkinov yosh bo'lgani uchun emas, haqli bo'lgani uchun maydonga tushmoqda"

Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Qizilqum" (3:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi SHota Arveladze o'z fikrlarini bildirdi.




- Oxirgi marta "Paxtakor" stadionida 17 iyul oyida o'ynagandik. Rosa uch oydan keyin yana o'z maydonimizda harakat qildik. OCHL, terma jamoa, o'yinlar, hissiyotlar... 18 kun davomida 11 nafar futbolchimiz biz bilan birga emasdi. Yigitlarga tig'iz taqvimga qaramay, yaxshi o'yin namoyish etishayotgani uchun rahmat aytaman. Endi barcha etiborimiz chempionat o'yinlariga qaratiladi. 10ta o'yin qoldi, har bir o'yin juda ham muhim ahamiyatga ega. Biz bu mavsum deyarli har uch kunda o'ynayapmiz, bundan keyin xam taqvimimiz shunday. O'yinni yaxshi boshladik, gol urdik. Keyin esa baribir kichik xatolarga yo'l qo'ydik. Futbolda bo'shashsang darhol gol o'tkazib yuborasan. CHarchoq o'z tasirini ko'rsatadi. Ikkinchi bo'limda hujumlarni kuchaytirdik va vaziyatlardan ikkitasidan unumli foydalandik. Yaxshi va muhim g'alaba. Oldinga intilishda davom etamiz", - deydi Arveladze. 

- OCHL va terma jamoa o'yinlaridan keyin futbolchilarda charchoq alomatlari sezilib turdi. Sababi braklar juda ham ko'p edi.

- Terma jamoa safaridan futbolchilar o'tgan kuni tunda qaytib kelishdi. Bungacha Qatarda, keyin BAAda engil bo'lmagan sharoitda istiqomat qilishdi. Faqat men matbuot anjumanlariga bordim, balki o'sha erda kimdir menga virus yuqtirgan. O'sha odamni hali topganim yo'q (kuladi). Bunday paytda to'g'ri ovqatlanish, mashq qilish, tiklanish zarur. Ular buni juda yaxshi uddalashmoqda. Keyingi o'yinlarga yanada yaxshiroq holatda bo'lamiz deb o'ylayman.

- Kubok o'yinlarini qanday formatda o'tkazish tarafdorisiz?
- Hozircha O'zbekiston Kubogining qanday formatda o'tishini bilmaymiz. "Paxtakor" bu yil 30ta o'yin o'tkazdi, qolganlar 19-20ta o'yin o'tkazishgan. Biz uchun hech bo'lmasa bitta o'yin kam bo'lsa ham yaxshi. SHunda o'yinlar orasidagi vaqt biroz ko'p bo'ladi. Dam olish, tiklanishga ko'proq vaqt bo'ladi. Qolaversa, yigitlar kelasi mavsumda ham "Paxtakor" va terma jamoalar uchun o'ynashadi. SHu sababli pley-offdan iborat uchrashuvlar vaziyatga nisbatan ideal bo'ladi deb o'ylayman.

- Yosh futbolchilarga ko'proq imkoniyat berishni boshladingiz. Bu mavsum oxirida yoshlarga yanada ko'proq imkoniyat berishingizni anglatadimi?
- Barcha o'yinlar 3 ochko beradi. Istalgan raqib bizga ikki karra kuch bilan o'ynaydi. SHu bois oson o'yinlar bo'lmaydi. Masalan, Xojimat Erkinov terma jamoada ham o'ynamoqda, OCHLda o'ynadi. U yosh bo'lgani uchun emas, haqli bo'lgani uchun maydonga tushmoqda.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика