So’nggi yangiliklar

11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  22 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4

SHota Arveladze: "Mavsumni g'alaba bilan boshlashga urinamiz" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Mavsumni g'alaba bilan boshlashga urinamiz"

"Al-Garafa" - "Paxtakor" uchrashuvidan oldin matbuot anjumanida ishtirok etgan SHota Arveladze savollarga javob qaytardi.

SHota Arveladze ("Paxtakor" bosh murabbiyi): - Uchrashuv haqida fikr bildirishdan avval Xitoyda o'tkazilgan Osiyo chempionatida g'olib chiqqan O'zbekiston olimpiya terma jamoasini, bu yo'lda mehnat qilgan barcha insonlar va ishqibozlarni tabriklayman.

O'yinga kelsak, bu bir bellashuvdan iborat to'qnashuvdir. Ikkinchi imkoniyat berilmaydi. Maqsadimiz g'alaba qozonish va bunga bor kuchimiz bilan intilamiz.
"Al-Garafa" bilan murabbiylik faoliyatimda to'qnash kelmaganman. Ularda yaqinda murabbiy o'zgardi, yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolandi. Raqibni imkon qadar o'rganib chiqdik.

Futbolda har qanday holat sodir bo'lishi mumkin. Raqibimiz o'yinlarini tahlil qilib chiqdik. Bu biz uchun mavsumdagi birinchi rasmiy uchrashuvga aylanadi. Bahsga hozirlik ko'rish uchun tayyorgarlik jarayonini o'tkazdik. Rasmiy o'yinlar amaliyoti borligi "Garafa"ga kichik ustunlik berar, ammo biz mavsumni yangi kuch hamda g'alaba bilan boshlash yo'lida borimizni beramiz.

Tarkibimizda jarohat bo'yicha muammo yo'q. Kecha tunda Xitoydagi Osiyo chempionatida ishtirok etgan futbolchilardan uch nafari Doxaga etib kelishdi va safimizga qo'shilishdi.

Reyting: +68   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика