So’nggi yangiliklar

10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  0 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  1 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  2 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  0 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  10 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  3 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  12 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  3 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  9 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  17 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  2 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1

SHota Arveladze: “Mag'lubiyatga haqli emasdik” Yangiliklar

SHota Arveladze: “Mag'lubiyatga haqli emasdik”

Kecha Superliga 19-turi doirasidagi “Navbahor” – “Paxtakor” (1:0) uchrashuvidan keyin matbuot anjumanida ishtirok etgan mehmonlar ustozi SHota Arveladze o'yin borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- "Muxlislar to'la stadionda o'ynash hamisha maroqli. Biz bunday holatni kam ko'ramiz. Ammo shunday bahsga maydon xalal berdi. Lekin bunga ishqibozlar aybdor emas. Ular o'z sevimli jamoalariga muxlislik qilishadi. Biz mag'lubiyatga loyiq emasdik va yaxshi o'yin namoyish etdik. Boisi, shogirdlarim ko'plab xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi".

- "O'z darvozamizdan to'p o'tkazib yuborganimizdan so'ng o'n daqiqacha o'zimizni yo'qotib qo'ydik. Keyin oxirgi daqiqalarda ham qulay vaziyatlarga ega bo'ldik, ammo ulardan samarali foydalana olmadik. CHet ellik hakamlar borasida nima deyishim mumkin? Gollandiyada Belgiyadan, Angliyada esa Ispaniyadan o'z chempionatlariga hakam taklif etilganini ko'rmaganman".

- "Bu erda men “Paxtakor” boshqaruviga kelgunimcha chet eldan hakam taklif etishga sabab bo'ladigan nimalar ro'y berganini bilmayman. Buni yaxshilash yoki yomonlash niyatida emasman. Bugungi uchrashuvda faoliyat yuritgan hakamlar Rossiyadagi jahon chempionati bahslarini boshqargan yuqori saviyali hakamlar sanaladi. Bu erda ilgari ro'y bergan holatni sizlar mendan ko'ra, yaxshiroq bilasizlar".

- "Bugungi bahsda “Navbahor” tarkibida sobiq “paxtakorchilar” to'p surishdi. Klub va futbolchi o'rtasidagi shartnoma ikki tomonning o'zaro roziligiga ko'ra bekor qilinadi. Kimdir shartnoma borasida kelisha olmaydi, ayrim futbolchilarni maosh, boshqalarini esa o'yin amaliyoti kamligi qoniqtirmaydi. SHu sababli, o'yinchilar o'z jamoalarini almashtiradi. Bunga yorqin misol sifatida Krishtianu Ronalduni keltirish mumkin. Jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri “Real” bilan qandaydir masalada kelisha olmay “Yuventus”dan qo'nim topdi".

- "Bugungi uchrashuvda sobiq “paxtakorchilar”ning emas, ko'proq o'z shogirdlarimning o'yinini kuzatdim. Bugungi mag'lubiyatga “Navbahor” jamoasi sababchi. Boisi, mezbonlar yaxshi o'yin namoyish etishdi".

Azim Ahmedov (“Paxtakor” yarim himoyachisi):  - "Biz bugun qiyin o'yin bo'lishini bilardik va shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Uchrashuv davomida ko'plab qulay vaziyatlarga ega bo'ldik, biroq foydalana olmadik. Qisqasi, omadimiz kelmadi. ”Navbahor” esa o'z imkoniyatidan foydalandi va g'alaba qozondi.Ushbu g'alaba bilan jamoa muxlislarini tabriklayman. Menimcha, bunday muxlislarga ega jamoa CHempionlar Ligasida o'ynashga haqli". 

"Navbahor" PFK matbuot xizmati. 

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика