"Sho'rtan"ning sobiq ustozi va Kapadzening yordamchisi - Dmitriy An "Neftchi" (Qo'chqor-ota)da kimlar bilan ishlayapti?
05 fev 08:00
Yangiliklar
"Sho'rtan"ning sobiq ustozi va Kapadzening yordamchisi - Dmitriy An "Neftchi" (Qo'chqor-ota)da kimlar bilan ishlayapti?
Xabaringiz bor, qo'shni mamlakat Qirg'iziston klubida o'zbekistonlik mutaxassis Dmitriy An ish boshlagan.
Unga murabbiylar shtabida Superliga klublarida ishlagan bir qator mahalliy mutaxassislar ko'maklashmoqda.
Artyom Davletov — avval Timur Kapadze bilan "Olimpik" va O'zbekiston otjda birga ishlagan.

Timur Babaxanov — "Bunyodkor" akademiyasida, "Andijon", "So'g'diyona" jamoalarida faoliyat olib borgan. Bundan tashqari darvozabonlar bilan belaruslik Vitaliy Varivonchik ishlayapti. U 2012-2013 yillarda "Sho'rtan"da Kriushenkoga yordam bergan.
Klub tarkibga o'zbekistonlik to'pteparlar Javohir Alijonov, Sarvar Ablaev, Sardor Xursandov, Dadaxon Yusupov, Sobit Sindarovni qo'shib oldi. Jamoa ayni vaqtda Antaliyada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar