So’nggi yangiliklar

12:59Италияда жамоа Б Серияга тушиб кетса футболчиларнинг маоши автоматик тарзда сезиларли даражада камаяди  0 12:19"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" ҳужумчиси бўйича келишувга эришди  1 11:49Мураббий илк бор ҳакамларни тайинлаш қўмитасига киритилди   1 11:32"Реал" тарбияланувчиси энди асосий жамоа билан шуғулланади ва 9-рақамни олади  1 10:42Рахим Стерлинг фаолиятини бошқа бир Лондон клубида давом эттириши мумкин  3 10:10АПЛнинг 4 та клуби ПСЖ ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  5 09:06Шукрон Йўлдошев: “Жамоамизни муҳим баҳс кутиб турибди”  1 08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  1 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  5 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  5 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  4 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  3 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили"  13

"SHo'rtan" bugun ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi Yangiliklar

"SHo'rtan" bugun ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi

G'uzor shahridagi klub bazasida mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Muxtor Qurbonov shogirdlari bugun ikki tarkibga bo'lingan holda, Muborakning “Mashal” jamoasi o'rinbosarlariga qarshi ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazdi.
Uchrashuvlar klub qoshidagi futbol maktabi maydonida bo'lib o'tdi.

Dastlabki nazorat uchrashuvi 3:3 hisobida durang natija bilan yakun topdi.

Birinchi uchrashuvda “SHo'rtan”dan quyidagi o'yinchilar maydonga tushishdi: Eldor Tojiboev, SHaxzod Mannonov, Nurali Sadarov, G'ulom Rahmonov, Jamol Otaqulov, Olim Karimov, SHaxzod Husanov, Jamshid Hoshimov, Botir Qodirqulov, Dinmuhammad Xudoyberdiev, Elyor Intizomov.

Zahiradan maydonga tushganlar: Roman Abdulov, Islom Karimov, Husniddin G'ofurov.

“SHo'rtan”ning gollariga Dinmuhammad Xudoyberdiev, Elyor Intizomov va Jamshid Hoshimovlar mualliflik qilishdi.

“Mashal” jamoasidan gollarni Muxammadali Yusupov, SHokir Yo'ldoshev va Sanjar Eshmatovlar kiritishdi.

Ikkinchi nazorat uchrashuvida “SHo'rtan”dan maydonga tushganlar: Roman Abdulov, Husniddin G'ofurov, SHavkat Nasibullaev, Mirzakamol Kamolov, Umar Eshmurodov, Mamur Sultonov, Murod Rajabov, Araek Babaev, G'ulomhaydar G'ulomov, Samandar SHodmonov , Viktor Klishin

Zahiradan maydonga tushganlar: SHaxzod Mannonov, Eldor Tojiboev, Islom Karimov

Ikkinchi nazorat uchrashuvida 6:0 hisobi qayd etildi. “SHo'rtan”ning gollariga Viktor Klishin (3ta), Samandar SHodmonov, Husniddin G'ofurov va Murod Rajabovlar mualliflik qilishdi.

Demak, ayni paytda “SHo'rtan” jamoasi ko'rigida Mirzakamol Kamolov, Samandar SHodmonov, Mamur Sultonov, Murod Rajabov, Dinmuhammad Xudoyberdiev, Nurali Padarov kabi futbolchilar bor. SHuningdek jamoaga sobiq “SHo'rtan” azosi Asror Aliqulov ham qaytgan, ushbu tajribali o'yinchini biroz jarohati borligi tufayli bugun maydonga tushirilmadi.

Hozirgi yig'inda yana bir o'yinchi – Abbos Omonov ham bor. Bugungi uchrashuvda murabbiylar uning betobligi uchun xizmatidan foydalanishmadi.

“SHo'rtan” jamoasi navbatdagi nazorat uchrashuvini 26 dekabr kuni Qarshi shahrida “Nasaf” jamoasiga qarshi o'tkazadi va shundan so'ng yana G'uzorda mashg'ulotlar davom ettiriladi.

Tayyorgarliklarning dastlabki bosqichi 28 dekabr kuni yakunlanadi va futbolchilarga yangi yil bayrami munosabati bilan yanvar oyi boshigacha dam olish kunlari beriladi.

“SHo'rtan”ning tayyorgarliklari ikkinchi bosqichi Toshkentda 3 yanvar kunidan boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика